Realme X2 Pro chindan ham Geekbench testida Redmi Note 8 Pro’ni «yer tishlatdi»!

Realme X2 Pro eng yuqori versiyada 12 gigabaytlik, LPDDR4X turiga mnsub tezkor xotiraga hamda 256 gigabaytlik UFS 3.0 turidagi ichki xotiraga ega. Benchmarkda ayni shu ilg‘or flagman tekshirilgan.

Eng qudratli smartfonlar o‘ntaligi (AnTuTu, 2019 yil, sentyabr)

AnTuTu benchmarki Android-smartfonlarning samaradorlik testiga ko‘ra kuchli o‘nligini e’lon qildi. Unda joriy yilning sentyabrida mana shu servisda sinab ko‘rilgan modellarning eng qudratlilari aks etgan.

Xiaomi smartfonlaridan oltitasiga barqaror MIUI 11 proshivkasi tarqatilmoqda, orasida arzon modellar ham bor!

Kompaniya MIUI 11 grafik qobiq talqiniga asoslangan proshivkalarni turli smartfonlariga tezkorlik bilan tarqatmoqda. Ular orasida O‘zbekistonda ommabop bo‘lgan hamyonbop modellar ham borligi quvonarlidir.

«Avtonomlik bo‘yicha chempion» – Redmi 8 taqdim etildi: videosi, narxi va jihatlari

Redmi 8 diagonaliga 6,22 dyuymlik, HD+ formatli ekraniga Gorilla Glass 5 himoya shishasi yotqizilgan. Displeyning o‘rta qismidagi kemtikda 8 megapiksellik selfi-kamera mavjud.

Android asoschisi Essential Phone 2’ni namoyish etdi – butunlay o‘zgacha smartfon! (+«jonli» video)

Kompaniyaning ta’kidlashicha, bu – mobil qurilmalar haqidagi tasavvurlarimizni o‘zgartirib yuboruvchi mutlaqo yangi turdagi telefondir. U smartfondan ko‘ra ko‘proq televizorni boshqaruv pultiga o‘xshab ketadi.

«Jonli» video va rasmlar: Redmi 8’ni taqdimotdan avval qadog‘idan olib, ishlatib ko‘ramiz!

SalimBaba Technical nomli YouTube-kanali esa allaqachon uning qadog‘ini ochib, smartfonni yoqib, ishlatib ham ko‘rsatdi. Lavhadagi Redmi 8 ko‘k korpusli, 4 GB tezkor va 64 GB ichki xotirali versiyasidir.

Qachondan boshlab hamma smartfonlar qadoqdan Android 10'da ishlaydi?

2020 yil 31 yanvardan keyin ishlab chiqariluvchi barcha samrtfonlarga Android 10 o‘rnatilib sotuvga chiqarilishi shart.

Yaqin orada 5G-smartfonlar bozorining naq yarmini shu kompaniya egallaydi!

Tahlilchilarning prognozlariga ko‘ra, 5G-smartfonlar bozori keyingi yil rosa qiziydi. Ularning ishonch bilan ta’kidlashlaricha, aynan Xitoyda bunday devayslar savdosi rekord darajaga chiqadi.

Xiaomi va Redmi flagmanlarining «kushandasi» 15 oktyabrda ringga tushadi!

Kompaniya Realme X2 Pro’ni samurayga qiyoslagan. Chindan ham, u eng tezkor va kuchli Android-protsessor – Snapdragon 855 Plus bazasiga qurilgan va ko‘p jihatdan Xiaomi smartfonlarining «kushandasi» bo‘ladi.

«Kelinni kelganda ko‘r...»: iPhone 11’lar bo‘yicha ommaviy shikoyatlar boshlandi

Buni qarangki, rosa maqtalgan smartfonlar xaridorlarning qo‘llariga yetib borgach, foydalanish jarayonida ularning aybi chiqa boshladi. Aniqrog‘i – bu yilgi iPhone 11’larning ekrani tez qirilar ekan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш