Redmi K20 Pro allaqachon Terashop.uz’da! Xiaomi smartfonlarining narxlari (2019 yil 6 sentyabr)

Terashop.uz’da barcha Xiaomi smartfonlariga tegishli muddatli rasmiy kafolat beriladi va O‘zbekiston bo‘ylab barcha viloyatlar markazlariga yetkazib berish bepul!

Yangi flagmanlar taqdimoti oldidan ayrim Xiaomi smartfonlari ancha arzonlashdi

Naq 108 megapiksellik kamerali Xiaomi Mi Mix 4 hamda dunyodagi eng arzon 5G-smartfon – Xiaomi Mi 9S shu oydayoq namoyish etiladi. Shuning uchun kompaniya hozirgi flagmanlari narxlarini tushirmoqda.

Google Pixel 4'ning yangi "jonli" videolari bilan tanishing

Yaqinda taqdim qilinishi kutilayotgan, Google'ning yangi displey yechimiga ega, Pixel 4 XL smartfoni tasvirlangan ikki video internetda tarqaldi.

900 yil avval loydan yasalgan uyali telefon topildi – ekrani va tugmachalarida shumercha yozuviyam bor!

Qadimshunoslar topgan loydan yasalgan – sopol buyum xuddi hozirgi uyali aloqa telefoniga o‘xshaydi. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, uning yasalganiga to‘qqiz asrcha vaqt bo‘lgan, balki undan ham ko‘proqdir.

Tayyor turing: Apple ixcham va arzon iPhone SE 2 ustida ishlayapti!

Aytish kerakki, 2016 yildan buyon Apple birorta ham arzon smartfon chiqarmagan. iPhone 8 hamda iPhone XR modellari nisbatan hamyonbop bo‘lsa-da, ular hatto ko‘plab ilg‘or Android-smartfonlardan ham qimmat.

Nihoyat, eng «beli baquvvat» hamyonbop – Galaxy M30s namoyish kunini Samsung rasman e’lon qildi!

Galaxy M30s diagonaliga 6.4 dyuymlik, Full HD+ formatidagi AMOLED-displey bilan jihozlangan. Uning «elektron yuragi» esa Galaxy A50 modelida ham qo‘llangan sakkiz yadroli Exynos 9610 protsessori bo‘ladi.

TOP-10: Eng kuchli smartfonlar bilan tanishamiz! (AnTuTu, 2019 yil avgust)

Kuchli o‘nlikning naq to‘rtta pog‘onasini bitta kompaniya smartfonlari egallagan va birinchi marta uning hamyonbop brendi vakili qudratlilar reytingiga kirgan.

Android 10 rasman namoyish qilindi, unga yangilanuvchi smartfonlar ro‘yxati bilan tanishing!

Google Pixel qurilmalari allaqachon Android 10 talqinigacha yangilanishlari mumkin. Boshqa ishlab chiqaruvchilarning turli smartfonlari uchun mazkur apdeyt qachon tarqatilishini esa quyida ko‘rib chiqamiz.

Samsung Uzbekistan харидорларни лақиллатяпти...ми?!

Samsung Uzbekistan компаниясига Note 10 сериясига тегишли смартфонлардан бирини олдиндан буюртма қилиш акцияси доирасида истеъмолчилар томонидан оммавий тарзда катта эътирозлар билдирилмоқда. Facebook’даги Потребители.Уз гуруҳига жойлаштирилган

Telegram dasturchilari Xiaomi va Huawei smartfonlari egalariga zo‘r maslahat berishdi

Butun dunyo bo‘ylab Huawei hamda Xiaomi smartfonlari foydalanuvchilari Telegram texnik ko‘mak xizmatining boshini qotirib yubordilar – mazkur qurilmalarda ushbu messenjerdan bildirishnomalar kelmay qo‘ygan...

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш