Samsung bo‘lajak xit – Galaxy M40’ning taqdimot kuni va yana bir flagmancha xususiyatini rasman e’lon qildi!

Samsung kompaniyasining o‘zi Galaxy M40 namoyish sanasini e’lon qildi. Bugina emas – mazkur «nomigagina arzon» smartfonning flagmanlarga xos xususiyatini ham aytib maqtandi...

Nihoyat, Redmi K20 va K20 Pro taqdim etildi: narx va jihatlari

Shuningdek, yettinchi avlod Redmi smartfonlarining eng arzoni bo‘lgan Redmi 7A narxi ham ushbu marosimda ma’lum qilindi.

Huawei allaqachon o‘z operatsion tizimini ro‘yxatdan o‘tkazdi: u Hongmeng emas, Ark OS ekan!

Bu operatsion tizim smartfonlar, planshet va kompyuterlardan tashqari televizor va avtomobil kabi turli-tuman qurilmalarga mo‘ljallangan. Tag‘in u Android-ilovalarni ham qo‘llab-quvvatlaydi.

iPhone’lar ham tez orada Samsung Galaxy S10’dagi muhim funksiyaga ega bo‘ladi

Keyingi haftada – WWDC 2019 anjumanida iOS 13 operatsion tizimi taqdim etiladi va unda yangi funksiya nisbatan eski modellardagi iPhone’larga ham joriy etilishini e’lon qilishsa kerak.

Ertaga taqdim etilayotgan Redmi K20 rasmiy promo-rolik va yangi jonli rasmlarda!

Xiaomi va Redmi kompaniyalari ertaga taqdim qilinishi rejalashtirilgan Redmi K20 smartfoni atrofida chinakamiga yirik marketing kampaniyasini avjiga chiqarishdi.

100 dollarlik Galaxy A10s (yoki Galaxy A10e) hamda «nomigagina arzon» Galaxy M40 iyunning boshida chiqadi

Galaxy A10s hamda Galaxy M40 modellari birgalikda, kelasi oyning boshidayoq Hindistonda taqdim qilinadi.

Eng xaridorgir smartfonlardan bo‘lgan Galaxy A50 ham arzonlasha boshladi!

Terashop.uz’dagi eng xaridorgir 10 smartfon ro‘yxatiga kirgan Samsung Galaxy A50 smartfoni, butun dunyoda bo‘lgani kabi, ushbu internet-do‘konda ham arzonlashgan.

Xiaomi'ning Redmi Note 7 smartfonlari 129 kun ichida 10 millionlik dovonni zabt etdi!

Bugun “Xitoycha Apple” va uning bosh direktori Ley Szun (Lei Jun) Redmi Note 7 turkumidagi smartfonlar dunyo bo‘ylab 10 milliondan ortiq sotilganini ma’lum qildi. Ushbu natijaga erishish uchun kompaniyaga atigi 129 kun yetarli bo‘ldi.

TeraDayjest – yakunlangan haftaning eng muhim yangiliklari! (Smartfonlar)

Aziz mushtariylarimiz uchun yangi rukn ish boshladi. Ushbu ruknda hafta davomida ulashilgan eng muhim axborotlar jamlanib taqdim qilinadi. Ro‘yxatdagi maqolani o‘qish uchun, undagi oxirgi so‘zga berilgan linkka bosishingiz kerak bo‘ladi.

iPhone SE 2 modeli iPhone 8 bazasida chiqadi – taqdimot vaqti va jihatlari

Barclays tahlilchisiga ko‘ra, iPhone SE’ning ikkinchi avlodi A11 Bionic protsessori bazasida ishlaydi. Ushbu ayfon 12 megapiksellik bosh kameraga ega hamda tezkor quvvatlana oladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш