Besh modulli inqilobiy kameraga ega Nokia smartfoni ilk «jonli» suratda!

Bu ishlanma uchun maxsus «penta-kamera» («beshtalik kamera»), shuningdek, «revolver kamera» atamalarini qo‘llashyapti.

EKSKLYuZIV: ishlayotgan holatdagi Mi Mix 3 ilk «jonli» videoda!

Mi Mix 3 flagmanida old kamera va boshqa datchiklar ekran ortidan surilib chiquvchi panelda joylashgan. Ushbu 5G-smartfonning slayder tuzilmasi qanday ishlashini «jonli» tomosha qiling!

Samsung direktori so‘z berdi: buklama smartfon shu yiliyoq chiqadi!

Samsung mobil bo‘linmasi bosh direktori DJ Koh so‘zlariga ko‘ra, buklama smartfon shu yilning noyabrida San-Fransisko shahrida dasturchilar uchun tashkillashtiriladigan konferensiyada taqdim etilishi mumkin.

TOP-10: Dunyodagi eng tezkor Android-smartfonlar (AnTuTu talqini, 2018 yil, sentyabr)

Meizu 16 flagmani eng kutilmagan syurpriz bo‘lgan – u birato‘la ikkinchi o‘ringa chiqib, bir necha oydan beri yetakchilikni qo‘ldan bermayotgan Xiaomi’ning «Qora akula»siga salkam yetib olgan!

Uch kamerali Meizu 16X smartfoni TENAA’da «qo‘lga tushdi»

TENAA’dagi ma’lumotlarga qaraganda, Meizu 16X modelining 6 dyuymlik ekrani tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda, tasvir aniqligi esa Full HD+ formatida (2160x1080 pikselli).

5G-poyga: Xiaomi hali taqdim etilmagan Mi Mix 3 smartfonida allaqachon 5G tarmog‘ini ishlatib ko‘rsatdi! («jonli» surat)

Xiaomi kompaniyasi Mi Mix 3 flagmanida 5G tarmog‘ining N78 (20 MGs), shuningdek N257 (100 GGs) chastotalarini sinab ko‘rmoqda. «Xitoycha Apple» o‘z 5G-smartfonini 2019 yili taqdim etishini ham tasdiqlagan.

Eng ko‘p radiatsiya nuri tarqatuvchi smartfonlar reytingi bilan tanishing! (2018 yil, sentyabr)

Statista nashri kuni kecha e’lon qilgan reyting turli smartfon modellarining radiatsiya nurlari tarqatish darajasini ko‘rsatadi. Unda yuqori o‘rinlarni xitoylik smartfonsozlar mahsulotlari egallagan.

5G-poyga: OnePlus 7 taqdimot sanasi rasman aytildi

OnePlus kompaniyasi Weibo tarmog‘i orqali ma’lum qilishicha, 2019 yil 15 yanvarda u rasmiy taqdimot marosimi o‘tkazadi. E’lon qilingan tasvirda faqatgina sana aks ettirilgan OnePlus qurilmasi bor, xolos.

IFA 2018: Eng qudratli – 7 nanometrlik ilk protsessorni Huawei taqdim etdi!

O‘tgan yilgi Kirin 970 – neyronli hisoblash modulli ilk chip bo‘lgan bo‘lsa, Kirin 980 modelida naq ikkita NPU qo‘llangan. Shuning evaziga u bir daqiqada 4600 tagacha tasvirlarni taniy oladi.

Nihoyat, Xiaomi prezidenti Mi Mix 3’ni «jonli» ko‘rsatdi va taqdimot vaqtini aytdi!

Xiaomi Mi Mix 3 old panelini «kemtik»siz displey deyarli butkul egallagan. Qo‘sh modulli selfi-kamera hamda tegishli datchiklar esa ekran paneli ortidagi – yuqoriga surilib chiquvchi modulda joylashtirilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш