Atigi 100 dollardan boshlanuvchi Redmi 7 Pro smartfonining ham taqdimot vaqti yaqin!

Redmi 7 Pro modeli Snapdragon 660 chipiga, 3-6 GBlik tezkor va 64-128 GBlik doimiy xotiraga ega. Bosh kamerasi 20+8 MPlik, selfi-kamera 8 MPlik bo‘lib, yuzni tanish orqali tizimni qulfdan chiqara oladi.

Survival Game’ni qarshi oling: Xiaomi ham PUBG va Fortnite kabi o‘yin taqdim etdi!

Boshqalardan farq qiluvchi jihati shundaki, Xiaomi Survival Game ozmi-ko‘pmi mazmunli syujetga, shuningdek, kelajak qurollari va harakatlanish vositalari ko‘rinishidagi ilmiy-fantastik mundarijaga ega.

Vivo Apex 2019 – umuman tirqishsiz va tugmachasiz smartfonni ilk suratlarda ko‘ramiz!

«Suv tomchisi» nomli ushbu telefonni o‘z qo‘llarida ushlab ko‘rgan kishilarning aytishlaricha, u xuddi «metall sovun»ga yoki hamma tomonidan silliqlangan toshga o‘xshab ketarmish.

Tez kunlarda O‘zbekistonda: MDC M5 – hamyonbop 4G-smartfon!

MDC M5 korpusi metalldan ishlangan, ya’ni tashqi ta’sirlarga chidamli. Akkumulyator hajmi 3300 mA/soat ekanligini hisobga olsak, qurilmadan kun davomida bemalol faol tarzda foydalanish mumkin.

Terashop.uz’da yangilik: Sony, Philips, HTC va Nokia telefonlarining narxlari (2019 yil 21 yanvar) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab yetkaziladi!

Ro‘yxat narxlarning o‘sib borish tartibida tuzilgan bo‘lib, har birining yonidagi «Sotib olish» yozuviga o‘rnatilgan havola orqali uning xarid sahifasiga o‘tib, onlayn buyurtma qilishingiz mumkin.

Video: Olimlar 300 million yillik jonivorni «tiriltirishdi»!

Orabates pabsti skeleti 3D-printerda chop etib terilgan va robotlashtirilgan mexanizm bilan birlashtirilgan. Saqlanib qolgan izlarga qarab, bu robotga xuddi originalidek yurishni o‘rgatishgan.

Galaxy S10+’ning global versiyasi Geekbench testida Samsung’ni sharmanda qildi!

Snapdragon 855 protsessorli Galaxy S10+ yakka yadroli va ko‘p yadroli testlarda tegishlicha 3413 hamda 10256 ball olgan. Buni qarangki, ushbu flagmanning Exynos 9820 protsessorli versiyasi yana past ball oldi!

Rasman namoyish etilmagan Android 10 Q tizimining ishlashini «jonli» videoda ko‘ramiz!

XDA Developers resursi allaqachon Android 10.0 Q beta-versiyasi o‘rnatilgan smartfonni sinab ko‘rgan. Undagi asosiy o‘zgarishlarni «jonli» videoda ko‘rishingiz mumkin.

Video: «Haqiqiy temir odam» ming ot kuchiga ega Daedalus Mark 1 reaktiv kostyumida uchib ko‘rsatdi

Daedalus Mark 1 deb nomlangan ushbu kostyum oltita reaktiv dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, naq mingta ot kuchiga ega. Bunday libosni kiygan odam soatiga 80 kilometrgacha tezlikda ucha oladi.

150 dollarlik Redmi Note 7 qaysi reytingda 1800 dollarlik Galaxy Fold buklama smartfonidan ustun keldi?

Buni qarangki, mazkur reytingning ikkinchi pog‘onasini «xitoycha Apple»ning hali rasman namoyish etilib ulgurmagan yana bitta – Redmi Note 7 Pro modeli zabt etgan!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш