AliExpress’dagi eng ommabop o‘yin smartfonlari (2021 yil may)

  •   DiMaX
  •  710
  •  18.06.2021 17:58

AliExpress’dagi eng ommabop o‘yin smartfonlari (2021 yil may)

Avvalroq «Yandeks.Market» talqiniga ko‘ra Rossiyada eng ommabop 10 smartfon va uchta brend reytingini chiqargan edik. Yaqinda esa «AliExpress Rossiya» vakillari 2021 yilning boshida rossiyaliklar eng ko‘p xarid qilgan smartfonlar ro‘yxatini taqdim etishgan. Unga ko‘ra, rossiyaliklar eng ko‘p olayotgan o‘nta smartfonning dastlabki beshtasi bittagina kompaniyaga tegishli ekan!

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (23-hafta)

«AliExpress Rossiya» tahlilchilari keyingi paytlarda xaridorlar ko‘proq mobil geyming uchun tovarlar xarid qilishayotganiga e’tibor qaratishgan. Rossiyaliklar geymerofonlardan tashqari, yana mobil geympadlar va kulerlarni, yana VR-ko‘zoynaklarni ham ko‘p sotib olishmoqda.

Joriy yilning may oyida eng xaridorgir bo‘lgan o‘yin smartfonlari esa quyidagilardir:

  1. ASUS ROG Phone 5 – ushbu smartfon mart oyida uchta versiyada taqdim etilgan. Ularning barchasi eng ilg‘or Snapdragon 888 protsessori bazasiga qurilgan. Smartfonlar avtonomligini har biri 3000 mA/soatlik bo‘lgan ikkitadan akkumulyatorlar ta’minlaydi.
  2. Nubia Red Magic 6 – mazkur geymerofon ham martda chiqqan va Snapdragon 888 chipsetiga tayangan. 5050 mA/soatlik batareyasi 66 vattlik tezkor zaryad oladi.
  3. Xiaomi Black Shark 4 – mart so‘ngida namoyish etilgan bu gadjetning «elektron yuragi» – Snapdragon 870 protsessori. Akkumulyator sig‘imi esa 4500 mA/soatlik bo‘lib, 120 vattlik tezkor quvvatlanish imkoniyatiga ega – 100% zaryad olishi uchun bor-yo‘g‘i 14 daqiqayu 50 soniya vaqt sarflaydi.

Ushbu smartfonlarning uchalasi ham 6 dan to 8 gigabaytgacha tezkor xotira hamda yuqori aniqlikdagi AMOLED-ekran bilan jihozlangan.

O‘QING: Mashhur «ustabuzarmon» 2021 yilning sinmaydigan va bukilmaydigan yagona o‘yin smartfonini e’lon qildi (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.