Apple hayratda: Redmi uning gadjetiga atigi 11 dollarlik raqib taqdim etdi!
Xiaomi kompaniyasi bugun o‘zining yangi mahsuloti uchun Youpin kraudfanding platformasida mablag‘ to‘plashni boshladi. Bu – arzonchi Redmi brendi ostidagi AirDots 2 butkul simsiz quloqchinidir.
O‘QING: Loviyasimon simsiz quloqchin – Galaxy Buds Live ikkita promo-rolikda
Youpin orqali jamoaviy mablag‘ to‘plash ishiga qo‘shilib, oldindan buyurtma berganlarga Redmi AirDots 2 garniturasi atigi 11 dollarga tushadi. Chakana savdoga chiqqach esa bu aksessuar sal qimmatroq – 14 dollardan boshlanuvchi narxlarda sotiladi.
To‘g‘ri, nomlanishi Apple korporatsiyasining AirPods quloqchinlari nomiga o‘xshab ketsa-da, Redmi AirDots 2 sifatiga ko‘ra u bilan raqobatlasha olmaydi. Ammo narxiga va brendning ishonch qozonib ulgurganiga ko‘ra, bu quloqchin ham xit bo‘lishi aniq.
O‘QING: Original AirPods'ni soxtasidan qanday farqlash mumkin?
Eslatib o‘tamiz, «Xitoycha Apple»ning mazkur brendi original Redmi AirDots garniturasini yaxshilab, Redmi AirDots S modelini ham taqdim etgan. Qizig‘i shundaki, endi uning ikkinchi avlodi – Redmi AirDots 2 tavsifiga qarasak, texnik xususiyatlarida farqi yo‘q.
Redmi AirDots 2 modeli ham o‘sha-o‘sha Bluetooth 5.0 interfeysi orqali ulanadi, quloqchin diametri ham o‘zgarmagan – 7,2 millimetrlik, har bir tomoni 4,1 gramm tosh bosadi. Devaysda DSP darajasida shovqin to‘sish texnikasi qo‘llangan va ovozli yordamchi joriy etilgan. Uning avtonomligi haqida Xiaomi hech narsa demagan bo‘lsa-da, yangi mahsuloti bu jihatidan original Redmi AirDots’dan qolishmaydigan bo‘lishi aniq.