AQSh allaqachon 3G tarmoqlarini ham yopyapti

  •   DiMaX
  •  580
  •  27.04.2021 14:50

AQSh allaqachon 3G tarmoqlarini ham yopyapti

Yer yuzida allaqachon 6G tarmog‘ining davri kelmoqda, hattoki 5G texnologiyasiga yaqindagina o‘tgan Apple ham allaqachon 6G ustida ishlamoqda. Turli mamlakatlarda uyali aloqa operatorlari eski standartlardagi mobil tarmoqlarda xizmat ko‘rsatishni to‘xtata boshladi.

O‘QING: Chetroq tur, 5G! Bu yoqda 6G tayyor bo‘lyapti...

AQShdagi taniqli Verizon operatori o‘zining 3G tarmog‘ini yopishini e’lon qildi. Aytish kerakki, ayni mazkur kompaniyaning tarmog‘idagi 3G uyali aloqasi bizdagidek emas, balki aslida ikkinchi avlod hisoblanuvchi CDMA2000 texnologiyasiga asoslangan. Lekin AQShda uni uchinchi avlod standarti, deya qabul qilishgan va, nima bo‘lgan taqdirda ham, operator uni 2022 yilning dekabrida to‘liq to‘xtatmoqchi. Darvoqe, mazkur tarmoqqa ulanish 2018 yiliyoq yopilgan va hozirda Verizon abonentlarining atigi bir foizi undan foydalanmoqda.

Ummon ortidagi boshqa operatorlan ham haqiqiy 3G tarmoqlarini tez orada tugatishmoqchi. Jumladan, AT&T mazkur standartda xizmat ko‘rsatishdan 2022 yilning fevralida voz kechishni mo‘ljallagan. T-Mobile esa undan ham avval – kelasi yil yanvarda uchinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini uzib qo‘ymoqchi.

O‘QING: 3G va 4G'ning nima farqi bor?

Darvoqe, 2019 yilning boshida LG kompaniyasi 6G tarmog‘ini yaratishga kirishgan, keyinroq Huawei ham 6G tadqiqotlarini boshlab yuborgan. Shuningdek, bosh direktor Ley Szyun rasman ma’lum qilishicha, Xiaomi ham allaqachon oltinchi avlod uyali aloqa tarmog‘i – 6G ustida ishlamoqda.

Xitoyning yana bir dadil kompaniyasi – Vivo ham Yevropa ittifoqining Intellektual mulk tashkilotiga 6G tarmog‘i bilan bog‘liq patent uchun ariza topshirgan. Samsung kompaniyasi ham 6G qachondan boshlab joriy qilinishini aytgan.

Shuningdek, biz dunyo bo‘yicha simsiz 5G-internet tezligi reytingi hamda turli smartfonlarda 5G tezligi testi natijalarini e’lon qilganmiz. O‘zbekistonda 2G, 3G, 4G va 5G texnologiyalari asosida tezkor internetga ulash qanday ketayotganligi haqida esa mana bu xabarimizdan ma’lumot olishingiz mumkin.

O‘QING: O‘zbekistonda ilk 5G tijoriy tarmog‘i ishga tushdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.