Eng, eng, eng... mobil o‘yinlar uchta reytingda (App Annie, 2020 yil)

  •   DiMaX
  •  2105
  •  27.02.2021 13:02

Eng, eng, eng... mobil o‘yinlar uchta reytingda (App Annie, 2020 yil)

Valve kompaniyasi o‘zining Steam Awards 2020 tanlovi doirasida o‘nta yo‘nalishda yilning eng zo‘r o‘yinlarini e’lon qilgan edi. taqrizlar agregatori – Metacritic resursi ham bu borada o‘z reytingini chiqarib, 2020 yilning eng zo‘r beshta o‘yinini aytgan.

O‘QING: Eng zo‘r o‘yinlarning o‘nta reytingi: bunga qo‘shilmaslik qiyin!

App Annie tadqiqot kompaniyasi mobil o‘yinlar bozorini tahlil qilib, 2020 yil davomida geymerlar orasida ulardan qaysilari ko‘proq ommalashganini e’lon qildi. Tekshiruvlar natijalarini u uchta reytingda ko‘rsatib bergan.

  1. Eng ko‘p foydalanuvchilar bazasiga ega o‘yinlar:
  2. PUBG Mobile
  3. Candy Crush Saga
  4. Ludo King
  5. Among US
  6. Free Fire
  7. ROBLOX
  8. Call of Duty: Mobile
  9. Subway Surfers
  10. Minecraft Pocket Edition
  11. Pokemon Go!

Tadqiqotning ko‘rsatishicha, bultur foydalanuvchilar Android hamda iOS tizimli qurilmalariga kuniga o‘rtacha 4,2 soat vaqtlarini bag‘ishlashgan.

O‘QING: Jo Bayden prezidentlikning ilk dam olish kunlarini nabirasi bilan shu o‘yinga bag‘ishladi!

App Annie hisob-kitoblariga ko‘ra, 2020 yil davomida mobil ilovalar va o‘yinlarga jami 143 milliard AQSh dollari miqdorida pul sarflashgan. Aynan o‘yinlarga qurbon qilingan pullarning asosiy qismini esa ikkinchi top-o‘ntalikdagi o‘yinlar tashkil etmoqda.

  1. Geymerlar eng ko‘p pul sarflagan o‘yinlar:
  2. Honour of Kings
  3. Pokemon Go
  4. ROBLOX
  5. Monster Strike
  6. Coin Master
  7. Game For Peace
  8. PUBG Mobile
  9. Fate\Grand Order
  10. Candy Crush Saga
  11. Gardenscape — New Acres

Mobil o‘yinlar haqidagi salbiy fikrlarga qaramasdan, ularga sarflanayotgan pullar miqdori oshib bormoqda.

O‘QING: Boylar ham o‘ynaydi: Ilon Maskning sevimli videoo‘yinlari qaysilar?

Pandemiya tufayli 2020 yil mobaynida turli ilovalar qatori, mobil o‘yinlarning ham omadi chopgan.

  1. Eng ko‘p yuklab olingan o‘yinlar.
  2. Free Fire
  3. Among Us!
  4. Subway Surfers
  5. PUBG Mobile
  6. Gardenscape — New Acres
  7. Hunter Assassin
  8. Brain Out
  9. My Talking Tom friends
  10. Tiles Hop: EDM rush
  11. Ludo King

Eslatib o‘tamiz, oldinroq biz Golden Joystick 2020 marosimida 25 ta nominatsiya bo‘yicha taqdirlangan eng zo‘rlarini, shuningdek, smartfon egalari 2020 yilda eng ko‘p pul sarflagan o‘yinlar ro‘yxatini e’lon qilganmiz.

Bulardan tashqari, Google Play talqinida 2020 yilning eng zo‘r Android-o‘yinlari hamda Apple’ning turli gadjetlari uchun 2020 yilgi eng zo‘r o‘yin va ilovalar reytinglari ham sizni befarq qoldirmasa kerak.

O‘QING: Geymer lavozimida ish bor – maoshi yiliga 41 ming dollar!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!