Eng kuchli hamyonbop smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2020 yil iyun)

  •   DiMaX
  •  2239
  •  03.07.2020 12:07

Eng kuchli hamyonbop smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2020 yil iyun)

AnTuTu servisi iyundagi eng baquvvat flagmanlar reytingidan tashqari, o‘rta narx toifasidagi eng zo‘r smartfonlarni ham e’lon qildi. Unda ham faqat xitoylik foydalanuvchilarning ushbu servisdagi tekshiruvlari asosidagi natijalar aks ettirilgan.

O‘QING: Atigi 270 dollarlik, lekin eng katta ekranli 5G-smartfon namoyish qilindi!

Eng zo‘r flagmanlarning barchasi Qualcomm Snapdragon 865 protsessoriga tayangan bo‘lsa, hamyonbop smartfonlar reytingida rang-baranglik mavjud. Ya’ni bu ro‘yxatda Huawei kompaniyasining HiSilicon brendi ostidagi Kirin chipsetlari hamda MediaTek kompaniyalarining protsessorlari asosidagi modellar ko‘proq, Qualcomm platformasidagi bittagina smartfon mavjud.

Demak, o‘rta narx toifasida Dimensity 820 protsessorli Redmi 10X Pro smartfoni 402 092 ball bilan shohsupaga ko‘tarilgan. O‘tgan oydagi reyting yetakchisi – Dimensity 1000 chipsetining Dimensity 1000L modifikatsiyasi asosidagi OPPO Reno 3 5G modeli bu gal 400 289 ball bilan ikkinchi o‘ringa tushgan. Dimensity 820 protsessoriga tayangan Redmi 10X esa 398 440 ball bilan kuchli uchlikni yakunlab bergan.

Hamyonbop smartfonlar TOP-o‘ntaligiga yana Honor 30, Huawei Nova 7 Pro, Nova 7 (barchasi Kirin 985 protsessorli); Honor X10, Honor 30S va Huawei Nova 7 SE (hammasi Kirin 820 chipsetli) hamda Snapdragon 765G bazasidagi OPPO Reno 4 Pro smartfonlari kirgan.

Eslatib o‘tamiz, yuqoridagi va oldinroq e’lon qilingan eng kuchli flagmanlar reytinglari aynan Xitoydagi foydalanuvchilarning AnTuTu’dagi tekshiruvlari natijalari asosida shakllantirilgan. Bu ikki narx toifasidagi smartfonlarning global reytinglari hali endi chiqadi, Terabayt.Uz’ni kuzatishda davom eting.

O‘QING: Yer yuzidagi eng tezkor smartfonlar (AnTuTu global reytingi, 2020 yil may)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!