iPhone 12’lar haqida o‘nta qiziqarli fakt

  •   DiMaX
  •  2110
  •  20.01.2021 14:43

iPhone 12’lar haqida o‘nta qiziqarli fakt

Apple korporatsiyasining o‘n ikkinchi avlod smartfonlari juda yaxshi sotilmoqda va bunga bir necha sabablar bor. Quyida ushbu turkum vakillariga tegishli o‘nta qiziqarli ma’lumotni e’tiboringizga havola etmoqdamiz.

O‘QING: iPhone 12’ning tannarxini hisoblashdi: Apple uni ikki baravardan oshiq narxda pullayapti!

  1. Ayfonlarning eng ulkani

iPhone 12 Pro Max modelining ekrani diagonaliga 6,7 dyuymlik o‘lchamga ega. Ushbu qurilma kupertinoliklarning eng yirik smartfoni bo‘lgan.

O‘QING: Apple iPhone 12 Pro Max'ning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishamiz

  1. Mini-ayfon chindan ham mini

iPhone 12 mini esa aksincha – ayfonlar tarixida eng kichkina korpusga ega. Bundan tashqari, u dunyodagi eng ixcham 5G-smartfon ham hisoblanadi.

O‘QING: Apple iPhone 12 mini'ning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishamiz

  1. iPhone 4’dan ilhomlanib...

iPhone 12 turkumining dizayni – korpusining qirralari iPhone 4 modeliga o‘xnatib ishlangan.

Umuman olganda, to‘rtinchi avlod ayfon eng chiroylilaridan biridir.

O‘QING: Apple iPhone 12 Pro'ning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishamiz

  1. Bu gal barchasi OLED

Tarixda ilk bor ayfonlarning bitta turkumiga mansub barcha modellar OLED-displey bilan chiqarilgan.

O‘QING: Apple iPhone 12'ning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishamiz

  1. Quvvatlagich va quloqchin yo‘q

iPhone 12 smartfonlari jamlanmasiga ushbu ikki aksessuar qo‘shilmagan. Lekin buni masxara qilgan raqobatchilarning o‘zlari ham keyin shu yo‘lni tutishmoqda.

O‘QING: iPhone 12’lar qadog‘idan aksessuarlarni olib qolish bilan Apple qancha pul tejadi?

  1. LiDAR datchigi bor!

iPhone 12 hamda 12 Pro Max modellari lazer yordamida masofani aniqlovchi LiDAR moduliga ega ilk ayfonlardir.

O‘QING: Apple iPhone 12, 12 mini, 12 Pro va 12 Pro Max: modellar o‘rtasidagi farq nimada?

  1. ProRAW formati

Premial ayfonlar ProRAW formatida qoyilmaqom suratlar olishga qodir.

O‘QING: Turli hududlarda eng ommabop smartfon brendlari qaysilar?

  1. iPhone 12 o‘ta ommalashyapti

Kupertinoliklar kutganidek, iPhone 12 turkumi o‘ta xaridorgir chiqdi. Tahlilchilarga ko‘ra, hattoki ular orasida eng kam sotilayotgan iPhone 12 mini modeli ham Samsung Galaxy S21 turkumining barcha vakillaridan ko‘proq talabgir bo‘ladi.

O‘QING: Ikkita rusumdagi iPhone arzonlashib, yana ikkitasi savdodan olib tashlandi

  1. Beshinchi avlod mobil internet

Garchi dunyoning ko‘p mamlakatlariga 5G aloqa standarti yetib bormagan bo‘lsa-da, yangi ayfonlarning ushbu texnologiyaga ega ekanligi baribir yaxshi.

O‘QING: TOP-10: Eng xaridorgir 5G-smartfonlar reytingida kutilmagan lider!

  1. Magnitli zaryadka

MagSafe quvvatlagichi ham o‘n ikkinchi avlod ayfonlarning o‘ziga xosliklaridan biridir.

O‘QING: iPhone 12’lar uchun MagSafe Charger – magnitli quvvatlagich va MagSafe Duo Charger dok-stansiyasi taqdim etildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.