Jahondagi eng zo‘r ikkita Android-smartfon bir kunda chiqyapti!

  •   DiMaX
  •  1751
  •  09.07.2020 18:03

Jahondagi eng zo‘r ikkita Android-smartfon bir kunda chiqyapti!

Avvalroq xabar berganimizdek, 8 iyul kuni Qualcomm kompaniyasi navbatdagi flagmani – Snapdragon 865+ protsessorini taqdim etdi. Uning ilk bora ASUS ROG Phone 3 hamda Lenovo Legion geymerofonlarida qo‘llanishi ham ma’lum.

O‘QING: Hali chiqmagan Snapdragon 865 Plus flagman protsessori ilk bor AnTuTu’da imtihon topshirdi!

Asus kompaniyasi 2018 yilning iyunida o‘zining ROG Phone nomli ilk o‘yinbop smartfonini taqdim etgan. O‘tgan yilning iyulida chiqqan ikkinchi avlod – ROG Phone II (ROG Phone 2) geymerofoni esa hozirgacha eng zo‘r smartfonlar reytinglaridan tushmay kelayotir.

Mazkur turkumning uchinchi avlod vakili – Asus ROG Phone 3 geymerofonining 22 iyulda namoyish etilishi haqida insayderlar xabar berishgan edi. Endi esa ishlab chiqaruvchining o‘zi bu ma’lumotni rasmiy poster orqali tasdiqladi:

Demak, onlayn tarzda o‘tkaziluvchi Asus ROG Phone 3 taqdimoti 22 iyul kuni, bir vaqtning o‘zida Xitoy, Hindiston, Italiya va AQShda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, bu flagman shu paytgacha Geekbench servisida tekshirib ko‘rilgan, TENAA uning texnik jihatlarini oshkor etgan, yaqindagina AnTuTu servisida jahon rekordini yangilagan ham edi, lekin...

O‘QING: «Qirol o‘ldi. Yashasin qirol!» – jahon rekordchisini AnTuTu’da tor-mor etishdi!

Ma’lum bo‘lishicha, Asus ROG Phone 3’dan kuchli chiqqan Lenovo Legion geymerofonining namoyishi ham ayni shu sanaga belgilanibdi!

Aytish kerakki, bu – Lenovo kompaniyasining ilk o‘yinbop telefoni bo‘lib, «barcha ko‘zlari belida» joylashgan yagona smartfondir. Lekin ishlab chiqaruvchi ushbu modeli bilan barcha geymerofonlarni yakson etishga so‘z bergan.

O‘QING: Bu rekordchi flagman atigi 15 daqiqadayoq to‘liq quvvatlanib ulguradi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!