Xiaomi «mobil kinoteatr»i – Mi Max 3 rekord darajada arzonlashdi

  •   DiMaX
  •  2657
  •  08.07.2019 10:18

Xiaomi «mobil kinoteatr»i – Mi Max 3 rekord darajada arzonlashdi

Afsuski, «Xitoycha Apple» endi Mi Max turkumida smartfonlar ishlab chiqarmaydigan bo‘lgan. Shu va yana bitta seriyadagi smartfonlarning bu yil chiqmasligini Xiaomi bosh direktori Ley Szyun (Lei Jun) rasman aytgan.

O‘QING: Xiaomi rahbari: «Bu ikki smartfonni endi kutmay qo‘yavering!»

Xitoylik smartfonsoz so‘nggi, ya’ni uchinchi avlod – Mi Max 3 fabletini o‘tgan yilning 19 iyulida taqdim etgan va keyinroq sotuvga qo‘ygan edi. Avgust oyi so‘ngida esa u global savdoga ham chiqarila boshlagandi. Terabayt.uz saytida ushbu smartfonning AnTuTu benchmarkida imtihon topshirgani aks ettirilgan «jonli» videosini ham e’lon qilganmiz.

Ishlab chiqaruvchi Mi Max 3 modelini dastlab 245 dollarga teng narxda sota boshlagan bo‘lsa, endi ushbu qurilmaning narxi ancha pasaygan. Jumladan, Xitoyning eng yirik onlayn savdo maydonchalaridan biri – JD.com saytida uning tezkor/ichki xotirasi 4/64 gigabaytlik versiyasi uchun ayni damda 1299 yuan so‘rashyapti. Bu esa taxminan 175 AQSh dollariga tengdir – «mobil kinoteatr» hech qachon bunchalik arzon bo‘lmagan!

Xiaomi Mi Max 3 modeli haqidagi turli ma’lumotlar bilan tanishish uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin. Shuningdek, uni 2 085 000 so‘m evaziga Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni mavjud.

Umuman, u yerda mazkur kompaniyaning turli rusumlardagi telefonlarini atigi 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish imkoni bor. Ulardan aksariyatining narxlari ancha pasaytirilgan, shuningdek, ayrimlarini endi pul o‘tkazish (perechisleniye) yo‘li bilan ham olishingiz mumkin!

O‘QING: Xiaomi Mi Mix 4'da olingan ilk suratni tomosha qilamiz