Yana 11 rusumdagi Xiaomi va Redmi smartfonlariga Android 11 bazasidagi MIUI 12 proshivkasi keladi!

  •   DiMaX
  •  2491
  •  12.12.2020 10:03

Yana 11 rusumdagi Xiaomi va Redmi smartfonlariga Android 11 bazasidagi MIUI 12 proshivkasi keladi!

Xiaomi yettita rusumdagi smartfonlariga Android 11 operatsion tizimi bazasidagi proshivka tarqatayotgani va yana bir nechtasi uchun apdeyt tayyorlayotgani haqida yozgandik. Keyinroq kompaniya yana 16 xil modeldagi mobil qurilmasi uchun shunday proshivkalarni testdan o‘tkazayotgani rasman e’lon qilgan.

O‘QING: 31 xil Xiaomi va Redmi smartfoniga allaqachon MIUI 12 tarqatilmoqda!

«Xitoycha Apple» endi 2019 yili taqdim etilgan, Xiaomi va Redmi brendli bir qator smartfonlari uchun Android 11 asosidagi MIUI 12 grafik qobig‘ini tayyorlayotganini rasman e’lon qildi. Ularning ro‘yxati esa quyidagicha:

  1. Redmi K20 Pro
  2. Redmi K30S Ultra
  3. Redmi Note 8
  4. Redmi Note 8 Pro
  5. Xiaomi Mi 9
  6. Xiaomi Mi 9 Lite
  7. Xiaomi Mi 9 Pro
  8. Xiaomi Mi 9 SE
  9. Xiaomi Mi 9T Pro
  10. Xiaomi Mi CC9
  11. Xiaomi Mi CC9 Meitu Edition

Eslatib o‘tamiz, biz hali rasman namoyish qilinmagan – MIUI 13 grafik qobig‘ining interfeysidan olingan dastlabki skrinshotlarni, shuningdek, birinchi videolavhani va unga yangilanuvchi smartfonlar ro‘yxatini ham chiqarganmiz. Lekin Xiaomi undan ham oldin oraliq talqindagi – MIUI 12.5 grafik qobig‘ini chiqaradi; undagi ayrim o‘zgarishlar ro‘yxati bilan mana bu xabarimizda tanishish mumkin.

Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Xiaomi aytadiyam, qaytadiyam: to‘rtta Redmi smartfoniga MIUI 12 kelmaydigan bo‘ldi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!