Xiaomi Black Shark – suyuqlikli sovitish tizimi, maxsus geympad va o‘yin rejimiga ega haqiqiy geymerofon!

Xiaomi’ning «Qora Akula»si – haqiqiy geymerlar uchun ataylab chiqarilgan, har qanday «og‘ir» o‘yinlarni qizib ketmasdan uzluksiz 5 soatgacha o‘ynash mumkin bo‘lgan, maxsus geympadga ega qudratli smartfondir.

Black Shark raqibi – Nubia Red Devil smartfonining ham taqdimot sanasi aytildi

ZTE Nubia’ning ushbu «Qizil Iblis» geymerofoni o‘z yurtdoshi bo‘lgan Xiaomi kompaniyaning «Qora Akula»siga qarshi maydonga tushadi.

Xiaomi’ning qudratli Black Shark smartfonini taqdimotidan bir kun avval «jonli» videoda ko‘rsatishdi!

Xiaomi Black Shark smartfonining orqa paneli «X» shaklidagi dizaynga ega, asosiy kamerasi ikkita ob’yektivli qilib ishlangan. Ekran ostida tugmachaga daktiloskopik datchik joriy etilgan.

Nubia o‘yinbop smartfonlari uchun Red Magic brendini taqdim etdi

Yaqin kelajakda Red Magic brendi doirasida ko‘plab miqdorda har xil elektron gadjetlar ishlab chiqariladi, ular geymerlarning mobil o‘yinlardan to‘laqonli zavq olishlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘ladi.

Kun fotosi: ajraluvchi kontrollerga ega Black Shark o‘yin smartfoni

Bugun sirli geymerfonning ilk jonli suratlari paydo bo‘ldi.

Xiaomi o‘z geymer-smartfoni – Black Shark’ning ilk reklama tizerini chiqardi!

Xiaomi korporatsiyasining ushbu mahsulotini ishlab chiqarish uchun mas’ul Black Shark kompaniyasi, nihoyat, smartfonning ilk eskizini taqdim etdi.

Bizni laqillatishibdi: Xiaomi Black Shark rasmlari feyk ekan!

«Qora akula»ni tayyorlayotgan Xitoy brendi rahbarining ta’kidlashicha, aslida bu smartfon o‘sha suratlarda tasvirlanganidan anchagina ko‘rkam emish.

Xiaomi’ning 13 apreldayoq taqdim etiladigan «Qora akula» smartfonini batafsil tomosha qilamiz!

Har tomonlama olingan rasmiy suratlardan ko‘rinib turishicha, Black Shark qurilmasi smartfon bo‘lishdan tashqari, Nintendo Switch yoki PS Vita kabi ixcham o‘yin pristavkasi vazifasini ham bajaradi.

Xiaomi "bayroqdor" o‘yin-smartfoni haqida e’lon qildi

So‘nggi ikki oydan buyon ijtimoiy tarmoqlarda Xiaomi kompaniyasi Blackshark nomli kuchli o‘yin-smartfonining tayyorlayotgani haqida xabarlar qizg‘in muhokama qilib kelinmoqda.

Xiaomi’ning qudratli Blackshark smartfoni Geekbench’da imtihon topshirdi

Baquvvat Snapdragon 845 protsessoridan tashqari, Black Shark simsiz aloqaning eng so‘nggi – Wi-Fi 802.11ac (2,4 GGs + 5 GGs), Bluetooth 5.0 LE, A-GPS, GLONASS va NFC modullari, 8/256 GB xotiraga ham ega.

Xiaomi’ning hali taqdim etilmagan geymer-smartfoni AnTuTu’da rekord o‘rnatdi!

BlackShark bu sinovda 270680 ball to‘plagan! Bu esa Razer Phone natijasidan salkam yuz ming ochkoga yuqori, deganidir. Snapdragon 845 protsessorli Galaxy S9 flagmani esa 265000 ball olgan.

Xiaomi kuchli flagmanlar «kushandasi»ni tayyorlamoqda

Shu yilning fevralida Xiaomi kompaniyasi Black Shark nomli bo‘linmasini ishga tushirgan edi. Kuni kecha bu bo‘linma smartfon bozoridagi eng kuchli flagmanlarga qarshi smartfonlar ishlab chiqarishi ma’lum bo‘ldi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш