Apple butkul yangi operatsion tizimi nomini tasodifan e’lon qilib, so‘ng yashirib qo‘ydi!

Kupertinolik kompaniya vakansiyalari ro‘yxatida ochilgan yangi vakansiyada nomzodning iOS, watchOS, tvOS hamda homeOS tizimlari bilan ishlashi yozilgan. Bu yerdagi so‘nggisi shu paytgacha noma’lum edi...

15 iyulda yirik anons: Xiaomi yangi smartfon, braslet, skuter va boshqa devayslarini namoyish etadi

Rasmiy poster mazkur tadbirda ko‘rsatiladigan ayrim mahsulotlarga ishora qilmoqda. Xiaomi bu kuni aynan nimalarni taqdim etishini ko‘rib chiqamiz...

Rossiyada «Marusya»ni «Kapsula»ga solib sota boshlashdi!

«Kapsula» deb nomlangan mazkur gadjetga «Marusya» ovozli yordamchisi ham joriy etilgan. Ushbu juftlik raqobatchi kompaniyaning «Alisa» yordamchisiga ega bo‘lgan «Yandeks.Stansiya» kolonkalariga javobdir.

O‘n yillikning eng zo‘r o‘nta gadjeti (Time talqini)

Ushbu reyting gadjetlarning ahamiyati hamda atrofdagi olamga ta’siri darajasiga ko‘ra tuzilgan. Undagi har bir devays bizning hayotimizga, fikrlash tarzimizga u yoki bu darajada ta’sir o‘tkazgan.

10 dekabrda Redmi hech kimning xayoliga ham kelmagan mahsulotlarini taqdim etyapti!

Xiaomi o‘sha tadbirda yana Mi Mix 4 hamda Pocophone F2 flagmanlarini ham taqdim etishi kutilmoqda. Ular bilan birga namoyish qilinadigan yangi tur Redmi o‘z raqiblaridan ancha arzon bo‘lishiga shubha yo‘q.

Huawei Sound X aqlli karnayi taqdim qilindi

Kecha Huawei nafaqat MatePad Pro flagmanli planshetini, balki o‘zining birinchi aqlli karnayi — Sound X'ni ham taqdim etdi.

Huawei bilan Google zo‘r reja tuzgandi, lekin Tramp uning «ildiziga bolta urdi»!

Mazkur gadjetning taqdimoti 2019 yilning sentyabrida, Berlin shahrida tashkil etilayotgan IFA ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tadigan edi. Buni anonim qolishni istagan Huawei xodimlaridan biri ham tasdiqlagan.

AliExpress’ning sir tutilgan «aqlli» qurilmasi ilk «jonli» suratda!

Garchi Alibaba Group hozircha o‘z mahsulotini sir tutayotgan bo‘lsa-da, kompaniyaning Rossiyadagi PR-bo‘limi xodimi hali rasman namoyish etilmagan antiqa devays suratini tarqatib yubordi.

55 daqiqada 20 ta anons: 1 aprelda Xiaomi nimalarni taqdim etyapti?

Posterda ko‘zoynak, akkumulyator, soat, «aqlli» kolonka, virtual reallik shlemi, noutbuk va hatto raketa ham tasvirlangan! «ROY» yozuvi esa Xiaomi Mi 9 flagmanining maxsus versiyasiga ishora qilmoqda...

HomePod smart-kolonkasi kamerasiz ham egasining yuzini va qo‘l ishoralarini taniydi!

Kamerasi bo‘lmasa-da, HomePod’dagi maxsus datchiklar egasining qayerda, qancha uzoqlikda turganini aniqlashga, uni yuzidan tanishga yordam beradi va u o‘z sohibidan boshqalarning buyruqlarini bajarmaydi.

Xiaomi 7 dollarlik yangi gadjetini ham «sun’iy ong» bilan ta’minladi!

XiaoAi ovozli yordamchisiga ega bo‘lgan ushbu devaysga 480 mA/soatlik akkumulyator o‘rnatilgan bo‘lib, uning quvvati faol qo‘llashda 4 soatga, kutish rejimida esa naq 45 kunga yetadi!

Facebook «portal» taqdim etdi: ikkita aqlli kolonka, yana ekrani bilan

Facebook kompaniyasi ikkita aqlli kolonka Portal va Portal+’ni turli hajmdagi displeylar bilan namoyish qildi.

Galaxy Note 9 bilan birga Samsung yana ikkita maxfiy qurilma ko‘rsatmoqchi

Yangi qurilmalardan biri 4G, 2,4 GGs diapazonidagi Wi-Fi hamda Bluetooth 4.2 tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, unga boshidanoq Bixby ovozli yordamchisi o‘rnatilishi aytilmoqda.

Aqlli telefonlar: sun’iy ong cho‘ntagimizda

Sun’iy ong allaqachon mashinani boshqarmoqda, Google va Tesla’ning haydovchisiz avtomobillari bunga misol

Xiaomi’dan syurpriz: Mi Mix 2S taqdimotida yana bitta innovatsion devays namoyishi

31 dollarlik yangi gadjet ovozni tanib, nutqni ilg‘ab olish uchun to‘rtta mikrofon va LED-indikatorli boshqaruv paneli bilan jihozlanadi.

Samsung ham «aqlli» kolonka ishlab chiqarishini tasdiqladi

Bixby’ni qo‘llab-quvvatlovchi kolonkaning yaqin orada taqdim etilishini Samsung Electronics kompaniyasining mobil bo‘limi prezidenti Dong Jin Ko tasdiqlagan.

Apple «aqlli» kolonka – HomePod’ni taqdim etdi

Apple kompaniyasi WWDC 2017 konferensiyasida o‘zining ilk uy «aqlli» kolonkasi – HomePod’ni namoyish qildi. U Siri assistentini qo‘llab-quvvatlaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш