Inha universitetini bitirgan yosh yurtdoshimiz Facebook’da muhim lavozimda ish boshladi

Facebook kompaniyasiga, shu ijtimoiy tarmoqdan tashqari, Whatsapp va Instagram kabi servislar, ularning ilovalari ham qarashli. Yosh mutaxaassis shu dasturlarga yangi imkoniyatlar qo‘shilishi uchun mas’ul bo‘ladi.

Online-maktab darslari uzatiladigan telekanallar va ijtimoiy tarmoqlar

Televizion darslar 14 sentyabrdan boshlab O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 3 ta telekanalida dushanbadan shanbagacha har kuni soat 8:30 dan boshlab Online-maktab turkumida namoyish etib boriladi.

TikTok’ka Amerikadagi biznesini sotish uchun Tramp to‘rt kun muhlat berdi

«Men ular uchun belgilangan muddatni uzaytirmayman. 15 sentyabr va tamom <...> Keling, nima bo‘lishini ko‘rib chiqaylik. Xizmat yo yopiladi yoki sotiladi», – dedi u jurnalistlarga.

«VKontakte»da 128 kishilik bepul videoqo‘ng‘iroq ishga tushdi: akkauntingiz bo‘lishi ham shartmas!

Qo‘ng‘iroq tashkilotchisi videosuhbat havolasini o‘ziga qulay bo‘lgan istalgan usulda kerakli odamlarga yuborishi mumkin. Uni qabul qilgan kishi esa videochatga qo‘shilish uchun o‘z ismini ko‘rsatishi kifoya.

Android’da avvaldan bo‘lgan YouTube funksiyasi, nihoyat, iPhone va iPad’larga ham yetib keldi! (+video)

Hozirda u kam sonli foydalanuvchilarga taqdim etilgan va faqatgina onlayn-translyasiyalarda ishlaydi. Ya’ni, bu holatni mazkur funksiyaning sinovdan o‘tkazilishi deya baholash mumkin.

Tramp bilan mojarolar tufayli TikTok rahbari iste’foga chiqdi

Top-menejer may oyida TikTok rahbarligiga tayinlangan edi. Bungacha u Walt Disney'da Disney+ striming xizmatini muvaffaqiyatli boshqargan.

TikTok ilk bor foydalanuvchilar statistikasini e’lon qildi: tengi yo‘q o‘sish!

Unda aynan AQShdagi yuzerlar alohida ajratib ham ko‘rsatilgan: 2018 yilning yanvaridagi holatga qiyoslaganda, amerikalik yuzerlarning oylik faol auditoriyasi naq 800 foizga o‘sgan!

TikTok servisi Trampni sudga berdi

TikTok vakillarining ta’kidlashlaricha, amerikalik foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari AQSh hamda Singapurdagi serverlarda saqlanadi va ularga Xitoy hukumatining «qo‘li yetmaydi».

Facebook’da ekstremistik oqimga targ‘ib qilgan shaxslarni DXX qo‘lga oldi

Mazkur fuqaro o‘g‘li, jiyani, sinfdoshi va tanishlarini – jami 6 kishini o‘z virtual guruhiga qo‘shgan. Suriyadagi jangarilar bilan virtual aloqa bog‘lab, Rossiyadagi tanishlari orqali ularga pul jo‘natgan.

235 million nafar Instagram, YouTube va TikTok yuzerlarining shaxsiy ma’lumotlari chiqib ketdi

Tarqalib ketgan 192 milliondan ortiq ma’lumotlar Instagram foydalanuvchilariga tegishli, 42 millioni – TikTok foydalanuvchilariga, 4 millioni esa YouTube'chilarga tegishli.

Apple ham, Microsoft ham emas: Tramp boshqa kompaniya TikTok’ni xarid qilishini ma’qulladi

Garchi AQSh prezidenti TikTok’ni aynan u sotib olishini istayotgan bo‘lsa-da, ByteDance internet-kompaniyasi hali mazkur biznesini kimga sotish borasida bir qarorga kelgani yo‘q.

TikTok’ning keragiyam yo‘q – hindlar uning analogini chiqarishdi!

«HiPi ishga tushirilishining Hindistonda TikTok bloklanishiga umuman aloqasi yo‘q. Biz HiPi ustida bir yildan beri ishlab kelmoqdamiz», – deydi Zee5 rahbari Tarun Katial.

Tramp talablarni oshirib, TikTok’ka yana 45 kun muhlat berdi

Yangi qarorda avvalgilarida tilga olinmagan yangi talablar ham bor. Jumladan, amerikalik yuzerlardan olingan har qanday ma’lumotni TikTok’dan o‘chirib tashlash va buni bajarganligi haqida xabar berish.

TikTok uchun «jang»ga Hindistonning eng qimmat kompaniyasi ham qo‘shildi

Mazkur mamlakat Xitoydan tashqaridagi eng katta TikTok bozori bo‘lib, unda 200 million foydalanuvchisi va 2000 ga yaqin ByteDance xodimlari bor.

Ijtimoiy tarmoqda reklama uchun soliq to‘laysiz!

Tarmoqlarda reklama faoliyati bilan shug‘ullanayotgan va individual tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar 12 foiz miqdorida daromad solig‘ini to‘laydi (2020 yil 1 iyulgacha olgan daromadi bo‘yicha).

TikTok taslim bo‘lmaydi: u Tramp ma’muriyatini sudga bermoqchi!

Mazkur da’vo arizasida, prezident Tramp tomonidan imzolangan qaror mamlakat konstitutsiyasiga zid ekanligi, chunki u TikTok’ning biror munosabat bildirishi uchun ham imkon qoldirmayotgani aytilgan.

Mark Sukerbergning boyligi ilk bor 100 milliard dollardan oshdi

Undan tashqari, hozirgi kunda klubda atigi ikki nafar yuz milliardlik milliarder bor: Amazon bosh direktori Jeff Bezos (190 mlrd dollar) va Microsoft korporatsiyasi muassisi Bill Geyts (120 mlrd dollar).

Forbes ilk bor eng serdaromad TikTok yulduzlarini e’lon qildi

Reytingga kirgan TikTok yulduzlarining har biri so‘nggi 12 oy mobaynida 1 million dollardan oshiq daromad qilgan. G‘oliba esa o‘zining barcha vaqtini TikTok’ka bag‘ishlash uchun universitetni tashlagan!

Facebook hattoki Donald Trampni ham ayab o‘tirmadi!

Tramp shtabining vakili Kortni Parellaning ma’lum qilishicha, prezident intervyuda faqatgina «bolalar koronavirusga kamroq uchrashi to‘g‘risidagi faktni ma’lum qilgan».

TikTok talash bo‘lyapti – unga Apple ham talabgor!

Microsoft ushbu servisning faqat AQShdagi biznesini sotib olish uchun muzokara boshlagan edi. Lekin Donald Tramp undan ma’lum ulushni emas, balki butun dasturni sotib olishga chaqirdi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш