Telegram’ning o‘nta yirik kamchiligi bor, bilasizmi?

Istalgan bir ilovaning ijobiy tomonlari, imkoniyatlari haqida ko‘plab ma’lumotlar bor. Bugun esa aksincha – Telegram’ning kamchiliklari, aniqrog‘i – unga yetishmayotgan o‘nta funksiya haqida ma’lumot beramiz.

Telegram’dagi ma’lumotlaringiz qanchalik maxfiy?

Qanchalik istasangiz-da, Telegram’dagi bitta maxfiy chatni ikkita turli qurilmangizdan kirib ocha olmaysiz. O‘zingiz ocha olmagach, boshqalar ko‘rishiga yo‘l bo‘lsin!

Smartfondagi ma’lumotlar maxfiyligini saqlash uchun Samsung’dan ajoyib ilova!

Yangi ilova Samsung Max deb nomlangan bo‘lib, u smartfondagi fayllar monitoringini yurgizadi. Shuningdek, bu dastur Wi-Fi himoyasini ham yaxshilaydi.

Qaysi Android-ilovalar batareya quvvatini eng ko‘p sarflaydi?

Qizig‘i – eng «ochofat» dasturlar orasida qurilmaning avtonomligini oshirish maqsadida fondagi jarayonlarni optimizatsiya qilishga mo‘ljallangan ilovaning o‘zi ham bor ekan!

Telegram’da notanish kontaktlar paydo bo‘lyaptimi? Bartaraf etamiz!

Ba’zan Telegram’da kontaktlar safidan allaqachon o‘chirib yuborilgan, yoki hatto umuman notanish kontaktlar paydo bo‘lib qoladi. Quyida shu muammoning sabablarini va undan qutulish yo‘llarini ko‘rib chiqamiz.

Microsoft smartfondan suratlarni Windows 10’ga tezkor ko‘chiruvchi ilova taqdim etdi

Photos Companion ilovasi iOS hamda Android tizimli smartfonlardagi fotosuratlarni Windows 10 tizimida ishlovchi kompyuterga tezkorlik bilan va oson ko‘chirish imkonini beradi.

Barcha smartfonlarga to‘ldirilgan borliq baxsh etuvchi ilova chiqdi

Motion Stills smartfon kamerasi orqali surat yoki videoga olishda real borliqdagi ob’yektlar orasiga virtual ob’yekt – uch o‘lchamli stiker joylash imkonini beradi.

Xushxabar: kuchsizroq smartfonlar uchun yengillashtirilgan Gmail Go chiqdi

Android Go’da ishlovchi kuchsizroq smartfonlar uchun Gmail pochta kliyentining ham moslashtirilgan varianti – Gmail Go ishlab chiqildi va Google Play’ga joylandi.

Har qanday Android-smartfonni endi Windows 10’ga aylantira olasiz!

Android-smartfonni Windows 10’ga aylantiruvchi ilova «jonli» plitkalarni qo‘llab-quvvatlaydi – ular kalendardagi eng dolzarb voqealarni, yangiliklar tasmalarini va boshqalarni aks ettirishi mumkin.

Android uchun Telegram X yangilandi: avtomatik tungi rejim va yangi bosqichdagi xavfsizlik!

Android platformasida ishlovchi gadjetlar egalari Telegram X’ning navbatdagi – 0.20.5.841 BETA talqinini yuklab olishlari mumkin. Unda foydalanuvchilar uchun bir qator yangi imkoniyatlar taqdim etilgan.

Google Chrome’dagi hoziroq o‘chirib qo‘yish kerak bo‘lgan muhim sozlama

Bu sozlamaning o‘chirib qo‘yilmasligi kompyuterning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, internet-trafikning bekor sarflanishiga ham olib keladi.

Facebook izohlarda «dislayk»ni sinab ko‘rmoqda

Facebook’dagi «downvote» tugmachasi ham foydalanuvchilar ko‘proq qanday mavzularga qiziqishlarini o‘rganishda, haqorat va dezinformatsiyaga qarshi kurashishda yordam beruvchi funksiyalardan biridir.

Tungi internetni qulaylashtirish uchun judayam kerakli kengaytma

Chrome brauzeri uchun Midnight Lizard kengaytmasi har qanday sayt interfeysini tungi paytda ko‘rishga, o‘qishga va yozishga qulay tusga keltirib beradi.

Xushxabar: Android uchun Telegram 4.8’da zo‘r imkoniyatlar taqdim etildi!

Telegram 4.8 talqinida avtomatik rejim almashishi, audio va videofayllar strimingi, videolarda Picture-in-Picture rejimi va tagso‘zlarini formatlash, Telegram Login Widget kabi imkoniyatlar taqdim etildi.

«Odnoklassniki» o‘yinlar uchun desktop ilovani taqdim etdi

«OK O‘yinlar» ilovasi foydalanuvchilarga qo‘shimcha servislarni yuklab olmasdan hamda saytning o‘ziga o‘tmasdan turib ijtimoiy tarmoq o‘yinlarini o‘ynash imkonini beradi.

Windows 10 litsenziya kalitini topib beruvchi ilova

Turli sabablarga ko‘ra operatsion tizim litsenziya kalitini yo‘qolib qolishi mumkin. Windows 10 litsenziya kaliti shoshilinch zarur bo‘lib qolsa, uni topish uchun bepul ProduKey dasturidan foydalansangiz bo‘ladi.

Istalgan Android-smartfonga iPhone X ishoralarini o‘rnatsa bo‘ladi!

Gesture Control ilovasi yordamida Android-gadjetga ko‘p vazifalilik, ilovadan chiqish, tezkor sozlamalarga kirish, kiruvchi bildirishnomalar ro‘yxatini ochish kabi ko‘plab ishoralarni o‘rnatish mumkin.

Rekord: WhatsApp auditoriyasi 1,5 milliarddan oshdi

Nihoyat, Facebook endi WhatsApp ilovasidan daromad olish masalasiga jiddiy yondasha boshlaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, buning uchun u mazkur kliyent negizida biznes uchun alohida messenjer ishga tushiradi.

Telegram X’ning Android kliyenti ham yangilandi, yangi imkoniyatlar bilan tanishamiz!

Ushbu yangilanish bilan «yashil robotchali» qurilmalar egalariga bir qator imkoniyatlar taqdim etilgan.

Telegram X’ning iOS-ilovasi yangilandi – yangi imkoniyatlar!

iOS tizimi boshqaruvi ostidagi qurilmalar uchun Telegram X ilovasi 5.0.2 (242) talqiniga qadar yangilandi. Unda foydalanuvchilar uchun bir qator o‘zgarish va yangi imkoniyatlar taqdim etilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш