AQShga bormoqchimisiz? Barcha akkauntlaringizni «ortiqcha» gaplardan tozalang!

Facebook’da qachonlardir AQSh yoki terrorchilik haqida shunchaki kimgadir hazillashib yozganingiz ham siz uchun to‘siq bo‘lishi mumkinligini yodda tuting.

Telegram’dagi shubhali kanallarga «firibgarlik» yorlig‘i qo‘yila boshladi. Ro‘yxatda O‘zbekistonning kanali ham bor!

Firibgar deya e’tirof etilgan kanallarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki ichki havola orqali kirish mumkin. Ammo messenjerning qidiruv tizimi orqali topib bo‘lmaydi.

Endi Telegram’ni o‘rnatmasdan turib ham undagi kanallarni o‘qish mumkin!

Telegram-kanal veb-prevyusining tashqi ko‘rinishi Twitter interfeysini eslatadi, o‘ng blokda kanal haqidagi ma’lumotlar, chapda esa kanalning postlar tasmasi aks etadi.

Telegram asoschisi Durov: «Nima uchun WhatsApp hech qachon xavfsiz bo‘la olmaydi?»

Isroilning josuslik dasturlarini ishlab chiquvchi NSO Group kompaniyasi WhatsApp himoyasidagi «tuynuk»dan foydalanib kelayotgani ma’lum bo‘lgach, Durov ushbu messenjerni qattiq tanqid qilib chiqdi.

WhatsApp’dagi xatolik sababli isroilliklar barcha iPhone va Android-smartfonlarga kira olishgan!

Isroilning NSO Group kompaniyasi allaqachon WhatsApp himoyasidagi mazkur «tuynuk»dan foydalanib kelayotgan ekan. Mazkur kompaniya o‘zi aynan josuslik dasturlarini ishlab chiqarishi bilan mashhur.

Telegram’da yalpi yangilanish: yana qanday funksiya va qulayliklar bor?

Har bir operatsion tizim uchun ishlab chiqilgan Telegram dasturida foydalanuvchilar uchun qanday yangi funksiyalar, imkoniyatlar yo‘lga qo‘yilganini bitta-bitta ko‘rib chiqamiz.

RASMAN: O‘zbekistonda ekstremistik va terroristik profil, kanal va sahifalar ro‘yxati e’lon qilindi!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2019 yil 12 martdagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, ba’zi saytlar, ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim profil, kanal va sahifalar ekstremistik va terroristik deb topildi.

Hukumatni tanqid qiluvchi eng yirik Telegram-kanal muallifi fosh bo‘ldi, ammo u yo‘lidan qaytmoqchi emas!

BBC nashri bilan 2 may kuni bo‘lib o‘tgan intervyuda blogerning o‘zi tan olgan – 353 mingdan oshiq obunachiga ega shu kanalni chindan ham u yaratgan va yuritib kelayotgan ekan.

Telegram’da jiddiy xatolik: barcha shaxsiy ma’lumot va yozishmalaringizni SIM-kartaning yangi egasi ko‘ra oladi!

Yuliya yangi telefon raqami orqali Telegram-akkaunti ochgach, kutilmaganda «Hasan»ga aylanib qolgan! Ya’ni, shu raqamning avvalgi egasi – Hasanning akkaunti unda to‘lig‘icha, kontaktlariyu chatlarigacha tiklangan.

Barcha Android-qurilmalar uchun Telegram X ilovasida yirik yangilanish!

Telegram X messenjerining Android uchun ishlangan kliyenti nihoyat uzoq kutilgan yangilanishga ega bo‘ldi. Unda foydalanuvchilarga bir qator qulaylik va yangi imkoniyatlar mavjud.

Google Play’dan ham, foydalanuvchilar qurilmalaridan ham Talagram va Hotgram butkul o‘chirib tashlandi

Telegram ham bulardan foydalanmaslikni tavsiya etgan edi. Chunki ular barcha yozishmalarni o‘qishi, proksilar ro‘yxatini ko‘rishi va hatto avtorizatsiyadan o‘tish kodlarini ham ilib olishi mumkin ekan.

Afsonaviy Nokia 8110 «bananofon»ida endi WhatsApp va Facebook ham ishlaydi!

Nokia 8110 endi global miqyosda WhatsApp hamda Facebook ilovalarini qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘ldi. Avval mazkur dasturlar faqat Hindiston hududidagi «bananofon»lar uchungina amal qilar edi.

Terakt oqibatida Shri-Lankada messenjer va ijtimoiy tarmoqlar ishlamayapti

Ayni damda mazkur mamlakat aholisi WhatsApp, Viber, Facebook hamda Twitter servislariga kira olmayapti. Ularning qachon ishlab ketishi haqida hozircha ma’lumot berilmayapti ham.

YouTube’ning pulli funksiyasidan Telegram orqali bepul va reklamasiz foydalansa bo‘lar ekan!

Aslida ushbu imkoniyat pulli bo‘lib, YouTube Premium hamda YouTube Music Premium obunachilari uchungina amal qiladi. Lekin Telegram’dagi yashirin funksiya (yoki nuqson) sababli undan bepul foydalansa bo‘ladi!

Ehtiyot bo‘ling: WhatsApp’da yangicha firibgarlik tarqalmoqda!

Foydalanuvchiga yuborilgan tarqatmada WhatsApp interfeysini istalgan rangga almashtirishni taklif etishadi. Buning uchun kelgan havola orqali o‘tish va maxsus kengaytma yoki dasturni o‘rnatib olish kerak bo‘ladi.

Telegram’ni tinch qo‘yishmayapti: Durov noiloj kompaniyani yopdi!

2 aprelda Buyuk Britaniyaning yuridik shaxslar reyestridan Telegram Messenger LLP kompaniyasi o‘chirildi. Ayni shu kompaniya Roskomnadzor tomonidan Telegram messenjerining egasi sifatida qayd etilgan edi.

Barcha tizimlardagi Telegram dasturlari yangilandi! Ulardagi yangi imkoniyatlar bilan tanishing!

Telegram messenjerining Android hamda iOS kliyentlari 5.5-versiyada, macOS ilovasi 5.0 talqinida, Telegram Desktop esa 1.6.2-versiyada taqdim etildi. Ularning barchasida maxfiylik yanada kuchaytirilgan.

Telegram’da aqidaparastlik g‘oyalarini tarqatgan novvoyga hukm o‘qilib, telefoni ham musodara etildi

U aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, jihodga, shahidlikka da’vat etuvchi ma’ruzasini o‘z telefoni xotirasiga yuklab oladi, keyin esa boshqalarga tarqatadi...

WhatsApp asoschisi jiddiy sabab bilan Facebook’dan chiqib ketishga chaqirmoqda

Brayan Ekton messenjerning Facebook’ka sotilishidan juda xursand bo‘lmaganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, WhatsApp ustida ellik nafar kishi ishlagan va ularning har biri ushbu savdodan o‘z ulushini olgan.

WhatsApp uzoq kutilgan imkoniyatga ega bo‘lyapti!

Messenjer aynan bir xil yoki o‘xshash suratlarni internetda qidirish uchun Google rasmiy API’sini qo‘llaydi. Suratni Google’ga yuklagach, WhatsApp qidiruv natijalarini ko‘rsatish uchun brauzerni ochadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш