Facebook Dating – tanishuvlarga mo‘ljallangan maxsus ijtimoiy tarmoqni qarshi oling!

Sukerbergga ko‘ra, Facebook Dating uzoq muddatli munosabatlar o‘rnatish va oila qurish istagida bo‘lganlarga mo‘ljallangan. Bunda allaqachon jufti mavjud bo‘lganlar yangi tizimdan foydalana olmaydilar.

Telegram’da telefon raqamingizni butkul yashirish yo‘lini o‘rganib oling

Telegram’da xavfsizlik yanada kuchaytirildi: endi kontaktlaringiz ro‘yxatida bo‘lgan va sizniyam o‘z kontaktlariga qo‘shib qo‘ygan kishidan ham telefon raqamingizni yashirishingiz mumkin. Qanday qilib, deysizmi?

Barcha smartfonlar va kompyuterlar uchun Telegram yangilandi – zo‘r imkoniyatlarni qarshi oling!

Ushbu messenjerning Android hamda iOS kliyentlari Telegram 5.11 versiyasigacha, kompyuterlarda ishlatiladigan Telegram Desktop dasturi esa 1.8.3 talqinigacha yangilandi.

Telegram dasturchilari Xiaomi va Huawei smartfonlari egalariga zo‘r maslahat berishdi

Butun dunyo bo‘ylab Huawei hamda Xiaomi smartfonlari foydalanuvchilari Telegram texnik ko‘mak xizmatining boshini qotirib yubordilar – mazkur qurilmalarda ushbu messenjerdan bildirishnomalar kelmay qo‘ygan...

Telegram, WhatsApp va Viber’dagi o‘z profillarimizni yangi telefon raqamimizga qanday o‘tkazamiz?

Telefon raqamingiz – sizning messenjerlardagi login va parolingizdir; shu boisdan, yangi raqam olganingizda, messenjerlarda avvalgi raqamingizga ochilgan profilingizni yangisiga o‘tkazib qo‘yish kerak.

Telegram kriptovalyutasi: chiqish kunigacha aniq bo‘ldi!

Kompaniya ko‘rsatilgan sanagacha kriptovalyutani ishga tushira olmasa, uning uchun to‘plangan 1,7 milliard dollaridan mosuvo bo‘ladi – bu esa hatto Pavel Durov uchun ham, Telegram uchun ham juda katta pul!

WhatsApp hamda Instagram’da rebrending: nimalari o‘zgaryapti?

Ushbu servislar endilikda tegishlicha «WhatsApp from Facebook» hamda «Instagram from Facebook» deb nomlanadi.

Markaziy Osiyo: qayerda qaysi messenjer ommalashgan?

Geografik jihatdan bir-biriga yaqin joylashganiga qaramay, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston aloqa uchun turli mobil dasturlardan foydalanadi.

Telegram’ga tez orada qo‘shiladigan ajoyib imkoniyatlar ro‘yxati – ularni hoziroq sinab ko‘rishingiz mumkin!

Yaqin orada amalga oshiriladigan yirik apdeyt bilan Telegram messenjeri foydalanuvchilariga taqdim etiladigan yangi imkoniyatlar allaqachon uning beta-talqinlarida sinab ko‘rilmoqda.

O‘zbekistondagi Telegram-kanallar soxta obunachilardan tozalanmoqda

Soxta akkauntlar hisobiga kanal obunachilarini ko‘paytirish avj olgan va O‘zbekistondagi ayrim «ko‘ngilochar» Telegram-kanallar o‘z obunachilari sonini millionlik ko‘rsatkichlarga yaqinlashtirib olishgan edi...

Ijtimoiy tarmoqlarni bir soatga bloklash qanchaga tushadi?

Qo‘shni mamlakatda ham ijtimoiy tarmoqlarda faol fuqarolik jurnalistika (citizen journalizm) rivojlanmoqda. Ayniqsa saylov oldi va saylovlar jarayonida fuqaroviy jurnalistika faollashgani yaqqol sezilgan.

SMS-xabar yoki @HUMOcardbot orqali xabar olishni o‘zingiz tanlaysiz

Botning afzalliklari: uy va roumingdagi foydasi – kiruvchi SMS uchun haq to‘lanmaydi; Telegram messenjerning barcha qulayliklaridan foydalaniladi; sinov davri doirasida xizmat bepul ko‘rsatiladi.

iPhone va Android-smartfonlardagi barcha ma’lumotlaringizni o‘g‘irlovchi virus chiqdi!

U sizning kontaktlaringiz ro‘yxati, joylashuvingiz, sayt va ilovalardagi parollaringiz, elektron pochta va messenjerlardagi yozishmalar matnlari va boshqa ma’lumotlaringizni firibgarlarga jo‘nata oladi.

WhatsApp’ga yashirinib olgan «Agent Smit» virusi 25 millionta Android-smartfonni zararlagan!

Ayni paytda bu virusni tarqatayotganlar faqat chet ilovalar do‘konlaridan foydalanishmoqda. Biroq Check Point ekspertlari Google Play katalogida ham shunga o‘xshash 11 ta ilovani aniqlashgan.

Telegram yangilandi – animatsiyali stikerlarni yuklab oling!

Animatsion stiker atigi 20-30 Kb, ya’ni unga oddiy suratdan ham 6 baravar kam trafik ketadi! Shu bois ular hatto o‘ta past tezlikdagi internetda ham bemalol ishlaydi. O‘zingiz ham shunaqasini yasay olasiz!

Telegram 5.8 talqinida geochatlar va boshqa yangi imkoniyatlarni qarshi oling!

Shuningdek, endi guruh va kanallarga egalik huquqini, to‘liq ma’mur (administrator) sifatidagi barcha vakolatlarni to‘laligicha boshqa foydalanuvchiga topshirishingiz mumkin.

Telegram’da ikki bosqichli autentifikatsiya himoyasini buzib bo‘ladimi?

Bunda ushbu profil egasi aynan siz ekanligingizni Telegram ikki bosqichda tekshiradi: u avval kodni, keyin esa parolingizni so‘raydi. Shuning uchun ham bu «ikki bosqichli autentifikatsiya» deb nomlanadi.

Parolingiz o‘g‘irlanganini yangi Telegram-bot orqali tekshirib ko‘ring!

MailSearchBot deb nomlanuvchi mazkur bot elektron pochta akkauntlarining parollarini «sizib chiqqan» ma’lumotlar bazalaridan izlab ko‘radi. Undan foydalanish judayam oson...

Pavel Durov: Telegram’ga qilingan DDoS-hujumlar ortida shu davlat turibdi!

Norozilik namoyishlari Telegram orqali boshqarilib turganini hukumat sezib qolgan, lekin messenjerni bloklay olmagan (xuddi Roskomnadzor kabi) va unga nisbatan juda kuchli DDoS-hujum uyushtirgan.

Telegram’dagi barcha o‘qilmagan xabarlarni bittada «o‘qilgan»ga aylantiramiz

Xabarlarning aksariyati allaqachon dolzarbligini yo‘qotgan bo‘ladi, ammo har bir kanal, guruh yoki chatga kirib ularni o‘qib chiqishga hafsalangiz yetmasligi mumkin. Shunday paytda bu usul juda qo‘l keladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш