PlayStation 5’ga chiqadigan barcha 38 ta o‘yin rasmiy ro‘yxatda!

Official PlayStation Magazine jurnalining hali chiqib ulgurmagan 176-sonini internetga chiqarib yuborishdi. Uning sahifalarida esa PlayStation 5 konsoliga taqdim etiladigan 38 ta o‘yinning ro‘yxati mavjud.

Nihoyat, PlayStation 5 taqdimot kunini Sony rasman e’lon qildi! (+video)

Sony ushbu marosimning o‘zini «videoo‘yinlar kelajagi», deb atamoqda. Taqdimotni onlayn formatda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilish uchun u boshlanganida xabarda berilgan havola orqali o‘tishingiz mumkin bo‘ladi.

Ikki qismli luter-shuter o‘yinni 4 iyungacha bepul olib qo‘ying! (+video)

O‘yin jamlanmasini kompyuter yoki noutbukingizga 4 iyungacha bepul ko‘chirib olish uchun xabarda berilgan havola orqali Epic Games Store’ning tegishli sahifasiga o‘tishingiz mumkin.

2019 yili eng ko‘p sotilgan o‘yinlardan birini bepul payti butkul olib qo‘ying! (+video)

Civilization VI’ning bepul berilishi 28 maygacha davom etadi, shu paytda kutubxonaga qo‘shib qo‘ysangiz, o‘yin sizda doimiy bo‘lib qoladi – o‘rnatish va ishga tushirishni keyinroq qilsangiz ham bo‘laveradi.

Ommabop rolli o‘yin – «Jodugar»ni bepul va butunlay olib qo‘ying!

Ruscha nomi – «Vedmak» bilan tanilgan ushbu o‘yinni polyak dasturchilari yaratishgan (inglizchada – «The Witcher»). Uning ikkinchi va uchinchi talqinlari ham chiqqan, GOG do‘koni esa birinchisini bepul beryapti.

PUBG’da uzoq kutilgan yangilanish: Martaba rejimi va boshqalar (+video)

Dasturchilarning ta’kidlashlariga ko‘ra, Martaba rejimini ular o‘yindagi jiddiy olishuvlarni istovchi va o‘z mahoratini boshqalarga ko‘z-ko‘z qilishga ishtiyoqmand geymerlar uchun yaratishgan.

GTA V’dan ham o‘zib ketgan bu o‘yin yangi rekord o‘rnatdi!

Terraria’ning original versiyasi kompyuterlarga 2011 yildayoq chiqqan, keyinroq uni PlayStation 4, Xbox One, Nintendo Switch va boshqa konsollarga ham taqdim etishgan.

Epic Games Store tekinga tarqatgan o‘yinlarning asl narxini bilasizmi?

O‘yinsozlar o‘z mahsulotlarini bepul berishdan manfatdor emaslar; shunday ekan, kompaniya ular bilan qandaydir hamkorlik shartnomasi tuzgan. Lekin o‘yin industriyasi hali bunaqa saxovatga guvoh bo‘lgan emas!

Ubisoft biryo‘la Apple va Google’ni sudga berdi, lekin bosh aybdor – Alibaba! (+video)

Alibaba’ning Qookka Games studiyasi Area F2 o‘yinini chiqargan. Ubisoft da’vosiga ko‘ra, bu – uning Rainbow Six Siege o‘yinidan ko‘chirma ekan! Lekin o‘yinsoz buning uchun nega Google va Apple’ni sudga bergan?

Vaqtincha bepul tarqatilayotgan GTA V o‘yinini o‘ta realistik versiyada chiqarishdi! (video va havola)

GTA 5 o‘yinining NaturalVision Evolved nomli versiyasi realistik grafikaga ega bo‘lgani uchun, originalidagi kabi multfilmga emas, balki yuqori byudjetli sifatli filmga o‘xshab chiqqan.

Ikkita sarguzasht o‘yinni 18 maygacha bepul o‘ynashingiz mumkin!

Steam servisi ham dam olish kunlarida ikkita – Conan Exiles hamda Fallout 76 o‘yinlarini geymerlarga vaqtincha bepul taqdim etyapti. Shundan keyin ham 25 may sanasigacha ularga chegirmalar mavjud.

GTA 5 fanatlari, davringiz keldi – uni butkul bepul olib qo‘ying! (+video)

Ta’kidlab o‘tish kerakki, Metacritic agregatoriga ko‘ra oxirgi o‘n yillikning eng yaxshi o‘yinlarining ikkita reytingga ham Grand Theft Auto 5 kirgan.

90 yoshli geymer onaxon Ginnessning rekordlar kitobiga kirdi! (+video)

Xamako Mori nafaqat sayyoramizdagi eng keksa geymer, balki shu bilan birga eng yoshi katta videobloger ham hisoblanadi. Onaxon o‘z o‘yinlarini e’lon qilish uchun YouTube servisida o‘ziga kanal ham ochib olgan.

Rebellion yovuz daho haqidagi o‘yinni tekinga tarqatyapti! (+video)

Yovuz daho haqidagi Evil Genius o‘yini 2004 yili taqdim etilgan bo‘lsa-da, u hozirgacha ommabop. Rebellion kompaniyasi uning Steam-versiyasini bepul berishga qaror qildi.

Amazon bepul shuter o‘yin chiqaryapti: xususiyatlari, taqdimot kuni va videosi

Crucible o‘yinchilariga o‘nta betakror personaj taklif etiladi, lekin jang oldidan ular uchun qurollar va qobiliyatlarni geymerning o‘zi tanlay oladi. Bu esa jarayonga tasodif effektini qo‘shadi.

Barcha smartfonlar uchun Forza Street chiqdi, lekin Samsung’chilarga alohida imtiyozlar bor! (+video)

5 iyungacha ro‘yxatdan o‘tgan barcha ishtirokchilarga bonus sifatida poyga simulyatori ichida 2017 Ford GT avtomobili beriladi. Samsung smartfon va planshetlari egalariga berilgan imtiyozlar esa havasga loyiq!

Ubisoft’dan uchta sarguzasht o‘yinni 5 maygacha bepul olib qo‘yishga ulguring! (+videolar)

Ushbu uchala o‘yin ham 5 maydan keyin yana pulli bo‘lib qoladi, shungacha olib ulgurishingiz kerak. Birga o‘ynaydigan do‘stlaringiz, o‘yinlarga qiziquvchi yaqinlaringizga ham bu xabarni yetkazib qo‘yganingiz ma’qul.

Eng kutilayotgan o‘yin – Assassin’s Creed: Valhalla’ning ilk rasmiy treylerini tomosha qiling!

Mazkur ekshen o‘yin ustida naq 14 ta studiya ishlamoqda, bu esa Ubisoft uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Taqqoslash uchun, Assassin's Creed: Odyssey o‘yinini «atigi» yettita studiya birgalikda tayyorlagan.

Epic Games ikkita – xorror va ekshen o‘yinni 7 maygacha tekin tarqatyapti (+video)

Daniel eski qasrda uyg‘onib, hech nimani xotirlay olmaydi. Yonidagi nomada esa uning qasr yerto‘lasiga tushib, kimnidir o‘ldirishi kerakligi yozilgan. Biroq uni allaqanday Sharpa ham ta’qib etib yuradi...

Hitman’ning birinchi mavsumini bepul va butunlay olib qo‘yishga shoshiling! (+video)

IO Interactive bu aksiyani rasman e’lon qilmagan ham, uning qancha muddat davom etishiyam noma’lum. Ya’ni, o‘yinni olib qo‘yishga shoshilmasangiz bo‘lmaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш