Bu ikkita o‘yinni 30 iyulgacha butunlay olib qo‘yib, keyin bir umr bepul o‘ynang! (+videolar)

Biri jangovar, ikkinchisi fantastik boshqotirma yo‘nalishidagi bu ikkala o‘yin ham 30 iyuldan so‘ng yana pulli bo‘lib qoladi; demak – shungacha ulguring va bu xabarni do‘stlaringizga ham yetkazing.

Civilization VI strategiya o‘yinini 27 iyulgacha bepul o‘ynab ulguring! (+video)

Aksiya 27 iyul kuni, Toshkent vaqti bilan soat 22:00 gacha davom etadi, shundan keyin o‘yin yana pulli bo‘lib qoladi.

PUBG ijodkorlari o‘yin voqealari haqida qisqa metrajli film ishlashdi

Ijodkorlar jamoasi otryadlardan birining nazoratini qo‘ldan chiqarib qo‘yishadi. Ular vahimaga tushib qolishganida, onlayn suhbatga notanish birov qo‘shiladi, bu shaxsan Playerunknown’ning o‘zi bo‘lishi mumkin.

Torchlight II o‘yinini 23 iyulgacha olib qo‘yib, keyin istagancha bepul o‘ynang! (+video)

Action/RPG janridagi bu sarguzasht o‘yinning tekin tarqatilishi 23 iyul kuni soat 20:00 da to‘xtatiladi, lekin shungacha olib ulgursangiz, keyin ham bemalol o‘ynayverasiz.

Counter-Strike: Global Offensive, DOTA 2, FIFA 20 va PUBG Mobile bo‘yicha «Adrenaline Cyber Cup» onlayn musobaqasiga marhamat!

Karantin paytida onlayn turnirda qatnashish va munosib sovrinlarni yutib olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Yutuqlar shunchalik munosibki, turnirning umumiy sovrin fondi 129 000 000 so‘mni tashkil qiladi!

2020 yilning birinchi yarmidagi eng zo‘r 20 ta o‘yin

Metacritic portali ma’muriyati ayni shu yo‘nalishga ixtisoslashgan ommaviy axborot vositalari taqrizlarida eng yuqori baholangan yigirmata o‘yin reytingini tuzdi.

PUBG Mobile milliardlab dollar daromadni qayerlardan olyapti o‘zi?

PlayerUnknown's Battlegrounds o‘yinining smartfonlarga mo‘ljallangan talqini chiqqaniga ikki yildan sal oshiqroq vaqt bo‘ldi. Shu muddat ichida u ishlab chiquvchilarga naq 3 milliard dollar daromad keltirdi!

2 iyulgacha ikkita o‘yinni butkul olib qo‘yib, keyin ham bepul o‘ynang! (+videolar)

Epic Games do‘koni koronavirus pandemiyasi paytida zaruratsiz uydan chiqmasligingizga hissa qo‘shish maqsadida ikkita o‘yinni 2 iyulgacha tekinga olib qo‘yish imkonini berdi.

Afsonaviy turkumning yangi o‘yininini butunlay bepul olib qo‘yishga ulguring! (+video)

Rayman Redemption’ni xabarda ko‘rsatilgan havola orqali butunlay bepul yuklab olish mumkin. Lekin shoshilganingiz ma’qul, chunki Ubisoft muallifni ko‘chirmakashlikda ayblab, bu o‘yinni oldirib tashlashi mumkin.

Superqahramonlar fayting-o‘yinini 25 iyungacha PS4, Xbox hamda kompyuterga butunlay va bepul olib qo‘ying (+video)

Injustice: Gods Among Us o‘yinini shu muddatda olib qo‘ygach, uyog‘iga bepul o‘ynayverish mumkin. Jamlanmaga qo‘shimcha xaritalar, DLC-personajlar va kostyumlar ham kiritilgan.

Indiana Jons izidan: bu sarguzasht o‘yinni 25 iyungacha olib qo‘yib, bir umr bepul o‘ynang!

Pathway – sarguzasht o‘yin bo‘lib, undagi voqealar o‘tgan asrning 30-yillarida kechadi. Artefaktlar, turli maxluqlar, sirli maqbaralar – xullas, bu o‘yinga Indiana Jons filmlari ruhini singdirishgan.

Assassin’s Creed Origins uch kunga bepul bo‘ldi: Kleopatra bilan yonma-yon jangga tayyormisiz? (+video)

Assassin’s Creed Origins voqealari Qadimgi Misrda bo‘lib o‘tadi – bosh qahramon unda Kleopatraga fuqarolar urushida yordam beradi. Ptolemeya XIII’ga qarshi jangda u ilk assasinlar jamoasini tuzishga intiladi.

PlayStation 5’ga tayyorlanayotgan oltmishdan oshiq o‘yin va chiqish vaqtlari uchta ro‘yxatda!

O‘ntasi PlayStation 5 uchun eksklyuziv o‘yinlar bo‘lib, boshqa pristavkalarga va kompyuterlarga umuman chiqmaydi. Ikkitasi vaqtinchalik eksklyuziv hisoblanadi, qolganlari esa boshqa platformalarga ham chiqadi.

Afsonaviy va qadrdon Counter-Strike’ni endi brauzerning o‘zidanoq o‘ynay olasiz!

Buning uchun xabarda ko‘rsatilgan havola orqali havaskorlar tayyorlagan loyihaning saytiga kirish va avtorizatsiyadan o‘tish, keyin esa mos keluvchi o‘yin rejimi va xaritaga ega serverni tanlash kifoya.

PlayStation 5 o‘yinlarining rasmiy ro‘yxati va qoyilmaqom treylerlari

Sony yangi avlod konsolining taqdimot tadbirida unga chiqadigan o‘yinlar ro‘yxatini ham aytgan. Ular orasida PlayStation 5 uchun eksklyuzivlari ham, hozirgi pristavkalarda o‘ynash mumkin bo‘lganlari ham bor.

18 iyungacha naq sakkizta o‘yinni butkul olib qo‘yib, keyin bir umr bepul o‘ynang! (+videolar)

Mazkur o‘yinlarning bepulligi 18 iyun soat 20:00 gacha davom etadi, so‘ng ular yana pulli bo‘lib qoladi. Demak – shungacha olib ulguring va birga o‘ynaydigan do‘stlaringizga ham bu xabarni ulashing!

Musulmonlar e’tirozi bois PUBG Mobile’dan butparastlik animatsiyasi olib tashlandi

Lekin ushbu mexanikani o‘yindan butunlay yo‘q qilishadimi yoki tanlangan holda ayrim hududlardagi geymerlar uchun o‘chirib qo‘yishadimi – bunisi hali aniq emas.

Bu o‘yinni 11 iyungacha olib qo‘yib, keyin bir umr bepul o‘ynang! (+video)

Ushbu o‘yinni yakka holda ham, uch nafar sherik bilan ham o‘ynash mumkin, qiziqarli syujeti ham bor. Shunday ekan, do‘stlaringizga ham bu xabarni ulashish esingizdan chiqmasin.

8 iyungacha PUBG bepul bo‘ldi, sotib oluvchilarga esa 50% chegirma ham bor! (+video)

Fursatdan foydalanib qolish uchun xabardagi havola orqali Steam sytining tegishli sahifasiga o‘tishingiz mumkin. Shuningdek, birga o‘ynaydigan do‘stlaringizga ham bu yangilikni ulashish esingizdan chiqmasin.

Sony aytadiyam, qaytadiyam: PlayStation 5 taqdimoti bekor qilindi!

PlayStation 5 o‘yin pristavkasining taqdimot kunini Sony kompaniyasi rasman e’lon qilgan edi. Endi esa, Android 11 operatsion tizimining namoyishi bekor qilingani kabi, bu onlayn tadbir ham qoldirildi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш