Lenovo «haqiqiy romsiz» smartfonni ko‘rsatdi (+video)

Lenovo vitse-prezidenti aniqlik kiritgan: kompaniya tayyorlayotgan flagman displeyi hoshiyalardan xoli, chinakamiga to‘liq ekranli smartfon bo‘ladi.

Android P beta-versiyasi chiqdi. Qaysi smartfonlarga uni hoziroq o‘rnatish mumkin?

Agar siz ham shu ro‘yxatdagi modellardan biriga mansub smartfon ishlatayotgan bo‘lsangiz, u holda Android P beta-sinov dasturida ishtirok etishingiz mumkin.

Google Play Awards 2018: yilning eng zo‘r o‘yin va ilovalari taqdirlandi

Har yili Google kompaniyasi to‘qqizta toifa bo‘yicha o‘tgan bir yil davomidagi eng yaxshi o‘yinlari hamda ilovalarini aniqlab, maxsus taqdirlaydi. Bu yilgi eng zo‘rlari bilan tanishing va yuklab oling!

Innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlari tashkil etiladi

Prezident qaroriga muvofiq, davlat-xususiy sheriklik shartlarida Innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlari tashkil etiladi.

Bulturgi Samsung flagmanining eksklyuziv talqini tayyor!

Galaxy S8 Lite smartfoni ekran o‘lchamiga ko‘ra original Galaxy S8 bilan bir xil, kamera jihatidan esa ustunroq ham – u naq 16 megapikselli datchikka ega (original Galaxy S8 kamerasi esa 12 megapikselli).

Xiaomi Valentino – sirli Snapdragon protsessoriga ega yana bir smartfon benchmarkda «qo‘lga tushdi»

Xiaomi Valentino shu paytgacha biror joyda uchramagan protsessor – Snapdragon 638 chipi bazasida ishlaydi. Bu protsessor 1,44 GGs takt chastotasida ishlovchi sakkizta yadroni o‘zida jamlagan.

Uch kamerali iPhone besh karrali gibrid zumga ega bo‘ladi

iPhone datchiklaridan biri 12 megapikselli bo‘lib, ob’yektivda oltita linza qo‘llanadi. Uchinchi modul uch karrali optik zumga, ammo umumiy hisobda esa kamera besh karrali gibrid zumga ega bo‘ladi.

Samsung hamyonbop, ammo flagmancha ekranli Galaxy J6 smartfonini e’lon qildi

Shu paytgacha Samsung romsiz Infinity Display dizaynini faqat flagmanlarida va o‘rta narxli Galaxy A turkumidagi ayrim modellaridagina qo‘llagan edi.

Ogoh bo‘ling: «Qora nuqta» Android-messenjerlarni ishdan chiqarmoqda (2 ta video)

Android-smartfonlardagi WhatsApp va boshqa messenjerlarni ishdan chiqaradigan bitta xabar tarqalayotir. Uning ustiga bosilganida, ilova «qotib» qoladi va teginishlarni qabul qilmay qo‘yadi.

Huawei'ning birinchi raqamli raqobatchisi kim?

–Huaweining qimmat modellari – P20 va P20 Pro. Umuman, Huawei smartfonlari kimlarga mo‘ljallangan

Samsung smartfonlari narxlari – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL yetkazib beriladi (2018 yil 7 may)

Samsung smartfonlariga endi O‘zbekistonning istalgan joyidan buyurtma berishingiz mumkin! Plastik kartocha va onlayn to‘lov vositalari orqali ham ayni shu narxlarga xarid qila olasiz.

Metall korpusli, lekin arzon Xiaomi Redmi S2: texnik xususiyatlari, rasmiy suratlari va narxi

Face Unlock bilan ham ta’minlangan ushbu metall korpusli «qo‘shko‘z» smartfonda birato‘la ikkita SIM-kartadan tashqari yana microSD formatli xotira kartasini ham o‘rnatish mumkin bo‘lgan to‘laqonli slot mavjud.

Paynet baribir aholidan to‘lovlarni qabul qilaverishini aytdi

UzPaynet kompaniyasi o‘z faoliyati to‘xtatilishi haqida 6 may kuni paydo bo‘lgan xabarlarga munosabat bildirdi. Kompaniya bayonoti bilan quyida to‘liq tanishish mumkin.

iPhone’lardagi ishkal sababli yana Apple’ning boshi egildi

O‘z ayfonlariga yangi proshivkani o‘rnatib olgan ko‘plab foydalanuvchilar jiddiy nuqson – mikrofonning ishlamasligidan shikoyat qila boshlashdi.

«Uzpaynet» MChJ tugatiladi

Xalq banki va «Mikrokreditbank»ning moliyaviy holatini yaxshilash hamda faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Mi 7 narxi, rasmiy surati va boshqa ma’lumotlari Xiaomi saytiga chiqib ketdi

Mi 7’ning barcha ma’lumotlari ehtiyotsizlik sababli Xiaomi saytiga chiqib ketgan. Kompaniya buni payqab qolib, tezda ma’lumotni yashirgan, ammo veb-sahifadan olingan skrinshotlar tarqalib ulgurgan.

Eng arzon Xiaomi smartfoni eng qimmat Samsung flagmanidan qaysi ko‘rsatkichda o‘zib ketdi?

Strategy Analytics kompaniyasi joriy yilning birinchi choragi bo‘yicha dunyo smartfon bozori holatini o‘rganib chiqib, bir-biridan qiziq ma’lumotlarni e’lon qildi.

Galaxy S10 doimgidan ertaroq chiqadi. Bunga jiddiy va quvonchli bir sabab bor!

Samsung o‘zining Galaxy S turkumi modellarini har yilgi MWC ko‘rgazmalarida taqdim etib kelmoqda. Ammo navbatdagi – Galaxy S10 flagmani kelgusi yil yanvaridagi CES 2019 tadbirida namoyish qilinadi.

iPhone X kushandasi, naq to‘rtta kamerali “topishmoq” smartfon – HTC U12+ taqdimot sanasi ma’lum!

Agarda HTC U12+ ichidagi sirli detallar – apparat ta’minoti darajasidagi yuzni tanish tizimining maxsus qismlari bo‘lsa, iPhone X’ning biryo‘la ikkita raqibi shu kuni dunyo yuzini ko‘radi.

Mi Max 3’ning taqdimot vaqti, narxi va xususiyatlarini aytishdi

Bu fablet 6,99 dyuymlik, keng formatli ekranga ega bo‘lib, displey tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatida bo‘ladi. Uning akkumulyatori 5500 yoki hatto 6000 mA/soatlik tok sig‘imiga ega bo‘lishi aytilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш