Xiaomi Mi 9 yana bir jihat bo‘yicha Galaxy S10’ga yetib oldi!

Mi 9 sakkiz yadroli Snapdragon 855 chipiga, Adreno 640 grafik tezlatgichiga va 6 GBlik tezkor xotiraga ega. Shunday ekan, uning samaradorlik bo‘yicha Galaxy S10 smartfoniga yetib olgani ajablanarli emas.

Dunyodagi eng zo‘r Android-smartfonlar o‘ntaligi (AnTuTu reytingi, 2019 yil aprel)

Eng zo‘r Huawei flagmani uning avvalgi modellaridan ham pastda – to‘qqizinchi o‘rinda joylashgan bo‘lib, hatto Snapdragon 845 chipli Xiaomi Mi Mix 3 ham samaradorlikda unga yetay-yetay deb qolgan!

Eng qudratli smartfonlar (2019 yil aprel): Xiaomi’ning yap-yangi flagmani AnTuTu reytingida Mi 9’dan ham ustun keldi!

Samsung flagmanlari atigi 4–5-o‘rinlarni band etgan, qolgan barcha o‘rinlarda – faqat xitoylik smartfonsozlarning mahsulotlari!

Google’ning «kambag‘albop» Pixel 3a smartfoni Snapdragon 855 chipli Mi 9 narxida sotiladi!

Pixel 3a modelining Qualcomm Snapdragon 670 protsessoriga va 4 GBlik tezkor xotiraga ega bo‘lishi aytilgan. Uning 5,56 dyuymlik ekrani Full HD formatida bo‘lib, batareyasi 2915 mA/soatlik.

AnTuTu rekordchisi Mi 9 va yap-yangi Redmi 7 ham Terashop.uz’ga keldi! Xiaomi smartfonlari yanada arzonlashdi! (2019 yil 26 mart)

Bugungi narxnomamizda biz uchun yangi ikkita model – AnTuTu rekordchisi Mi 9 flagmani hamda arzon Redmi 7 smartfoni ham bor. Umuman, Xiaomi smartfonlari narxlari pasaydi, ro‘yxatda naq 58 ta model bor!

Xiaomi arzon smartfonlariga ham Mi 9’dagi ilg‘or jihatlarni joriy etyapti – modellar va yangilanish grafigi bilan tanishing!

Xiaomi Internet bo‘limi rahbari Li Veysin (Li Weixing) boshqa modellardagi Xiaomi smartfonlariga hozircha Mi 9 uchun eksklyuziv bo‘lib turgan innovatsiyalarning joriy etilish grafigini e’lon qildi!

Eng zo‘r smartfonlar o‘ntaligi (AnTuTu reytingi, 2019 yil mart): yangi qirolni qarshi oling!

Ro‘yxatda Huawei’ning naq to‘rtta modeli bor, ammo eng zo‘r flagmani – Mate 20 ham atigi to‘rtinchi o‘rinda! Hatto nisbatan eski Snapdragon 845 chipli bitta smartfon ham undan yuqorida. Reyting g‘olibi esa...

Mi 9 flagmanidagi «Game Booster» o‘yin rejimini Xiaomi endi boshqa smartfonlariga ham qo‘shyapti!

Xiaomi dasturchilari «Game Booster» rejimiga ega MIUI 10 Global Beta 9.2.28 proshivkasining global beta-versiyasini tayyorlashdi va u allaqachon tarqatila boshlagan.

Galaxy S10 va S10+ benchmarklarda iPhone XS Max’ga qarshi: kutilmagan natijalar!

Bunisiyam mayli, GeekBench servisidagi ko‘p yadroli testda ulardan ikkitasini hatto Xiaomi Mi 9 ham ortda qoldirgan!

Arzonlashtirilgan, ammo daktiloskopli ekranga ega flagman – Xiaomi Mi 9 SE ham namoyish qilindi

Mi 9 SE texnik ta’minoti birmuncha kamtarroq – Snapdragon 712 protsessori, 6 gigabaytlik tezkor hamda 64 yoki 128 gigabaytlik doimiy xotira.

AnTuTu’ning yangi rekordchisi – Xiaomi Mi 9 taqdim etildi: 445 dollarlik texnologik mo‘’jiza!

Xiaomi Mi 9 uchun Snapdragon 855 protsessori tanlangan. AnTuTu benchmarkida ushbu devays naq 387 851 ball olib, hozirgacha taqdim etilgan Android-smartfonlar orasida mutlaq g‘olib bo‘lib turibdi!

Xiaomi ertagayoq arzon flagmanlar – Mi 9 SE va Mi 9 Lite smartfonlarini ham taqdim etadi!

Kompaniyaning vitse-prezidenti Tang Mu kecha Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z rasmiy sahifasida qiziq suratni e’lon qildi. Unda korporatsiyaning yangi mahsulotlari ataylab yashirib qo‘yilgan.

12 GB «operativka»li Mi 9 Explorer Edition rasmiy videorolik va «jonli» suratlarda – uni allaqachon sotishmoqda!

Narxi aniq bo‘lmasa-da, Jingdong internet-do‘koni rasman taqdim etilmagan Xiaomi Mi 9 smartfonlarini allaqachon sota boshlagan! Ya’ni, hozirgacha 90 mingtacha xaridor ular uchun oldindan buyurtma bergan.

Xiaomi ilk simsiz portativ akkumulyatorni chiqaryapti. Shu funksiyani Mi 9’ning o‘zi ham bajaradi!

Xiaomi Mi 9 flagmanlari nafaqat Samsung Galaxy S10 turkumi bilan bir kunda taqdim etiladi, balki ular bilan tom ma’noda raqobatga kirishadi!

Xiaomi rahbari AnTuTu’ning yangi rekordchisini e’lon qildi! (2019 yil 16 fevral)

387 851 ball – a’lo natija, u Lenovo Z5 Pro GT modelining ko‘rsatkichidan ham 15 000 ballga yuqori!

Xiaomi Mi 9’ni ilk «jonli» videoda tomosha qiling!

Xiaomi Mi 9 aks ettirilgan birinchi video ham internetga chiqdi. Uni kompaniyaning ijrochi direktori Ley Szyun (Lei Jun) o‘zining Weibo-akkaunti orqali e’lon qilgan.

740 dollarlik Mi 9 Explorer Edition to‘rt modulli bosh kameraga ega!

Ushbu premial flagman ham xuddi Mi 8 Explorer Edition kabi shaffof orqa panelga ega. Standart flagmandan yana bir farqi – uning barmoq izi skaneri displeyning butun yuzasida ishlaydigan bo‘lishi mumkin.

Ishlayotgan holdagi Xiaomi Mi 9’ning ilk sifatli «jonli» suratlari uning texnik jihatlarini oshkor etdi

Yoqiq holdagi Xiaomi Mi 9’ning har tomonlama olingan ilk sifatli suratlarini tomosha qiling. Smartfon sozlamalarida uning eng muhim texnik jihatlari haqidagi ma’lumotlar ham aks etgan.

Nihoyat, Mi 9 taqdimot kuni rasman e’lon qilindi – Xiaomi uni «jangovar farishta» deyapti!

Weibo ijtimoiy tarmog‘ida bugun tongda e’lon qilingan tizerda qo‘shimcha ma’lumot ham bor: Xiaomi o‘zining navbatdagi flagmanini «jangovar farishta» deya tavsiflagan.

Mi 9 dizayni Xiaomi’ning ikki yil avvalgi flagmaniga o‘xshashi mumkin

O‘sha flagman shisha va metalldan ishlangan korpusga ega, yana «ko‘zgusimon» – Silver Edition versiyasi ham mavjud. Aftidan, Mi 9 modelida ham shunga o‘xshashroq dizaynni ko‘ramiz.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш