Xiaomi Mi 9 prototipi «jonli» suratda!

Biroq bu qurilma birmuncha farqli – uch modulli kamera tuzilishi sal boshqacharoq, fotochaqnoq ham ko‘rinmaydi. Eng asosiysi – orqa panelda barmoq izi skaneri bor!

Nihoyat, Xiaomi Mi 9 flagmanining birinchi «jonli» surati e’lon qilindi!

Weibo ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan «jonli» rasmda hali taqdim etilmagan Xiaomi Mi 9 flagmanini ushlab olgan kishi unda berilib video ko‘ryapti yoki o‘yin o‘ynayapti.

Mi 8 flagmaniga «sig‘may qolgan» muhim bir jihat Mi 9’da bo‘ladi!

Xiaomi yangi flagmanining dasturchilar jamoasi rahbari Van Ten Tomas kuni kecha Weibo ijtimoiy tarmog‘ida kompaniya fanatlari bilan yozishayotib, qiziq ma’lumotni aytib qo‘ygan.

Yashiradigan joyi qolmadi: Xiaomi Mi 9’ning barcha xususiyatlari bilan to‘liq tanishamiz!

Smartfon bosh kamerasi 48 va 12 MPlik datchiklardan tashqari, uch o‘lchamli skanerlovchi 3D ToF modulini ham o‘z ichiga oladi. Old kamera displey «kemtigi»da joylashgan 24 megapiksellik sensordan iborat.

Xiaomi Mi 9’ning ilk rasmiy tizeri e’lon qilindi – u fevraldayoq taqdim etilishi mumkin!

Tizerga ko‘ra, Mi 9 ekraniga barmoq izi skaneri integratsiya qilingan. Balki Xiaomi prezidenti Lin Bin «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatgan – displeyining hamma joyi daktiloskopikdan iborat model shu bo‘lar.

Xiaomi Mi 9’ning Antutu’dagi natijasi chiqdi – rekordchilikka u ham da’vogar!

Snapdragon 855 protsessorli Xiaomi Mi 9 mazkur sinovda 362570 ball olgan. Bu esa samaradorlik bo‘yicha rekord ko‘rsatkichlarga yaqin bo‘lib, Antutu reytinglarida yuqori o‘rinlarda turishi aniq.

Navbatdagi Xiaomi flagmanining taqdimot sanasi e’lon qilindi

Mashhur insayder Ben Geskin taxminicha, shu kuni Mi Mix 3 slayderining 5G-versiyasi namoyish etilishi mumkin. Lekin ayrim kuzatuvchilar buning Mi 9 flagmani bo‘lishini kutishmoqda.

Xiaomi Mi 9 flagmani kamida ikkita variantda chiqariladi va ular o‘zaro jiddiy farqlanadi

Har ikkala model uchun umumiy xususiyatlar – daktiloskopik skaner ularda bevosita displeyning o‘ziga integratsiya qilinadi va ikkalasi ham Android 9.0 Pie operatsion tizim talqini bilan taqdim etiladi.

Xiaomi prezidenti yangi rekordchi – 48 MPlik kamerali smartfonini ko‘rsatib, taqdimot vaqtini ham aytdi!

Aftidan, «xitoycha Apple» ushbu kamerofoni bilan Nokia brendining bu boradagi rekordini «sindirish»ni niyat qilgan: uning 808 PureView smartfoni eng yuqori aniqlikda – 41 megapiksellik kameraga ega.

Xiaomi Mi 9 yangi suratlarda: ekrani yarim doirasimon «kemtik»li!

Shuningdek, Mi 9 old kamerasi ikkita, asosiy kamerasi esa uchta ob’yektivga ega. Bosh kamera modullari orqa panelning o‘rtasida, tikkasiga joylashadi.

Xiaomi Mi 9 sertifikatlandi – 48 MPlik uch modulli kamera, Snapdragon 8150 chipi va boshqa ma’lumotlar

Sertifikatsiya Mi 9 modelining texnik jihatlarini tasdiqladi: Qualcomm hali rasman taqdim etmagan Snapdragon 8150 protsessori, uch ob’yektivli bosh kameradagi 48 megapikselli Sony IMX586 sensori va hokazo.

«Olti burchakli» Mi 9 flagmani Xiaomi’ning birorta smartfoniga o‘xshamaydi! (+surat)

Ehtimoliy Mi 9’ning asosiy kamera blogi Xiaomi smartfonlari dizaynida, selfi-kamera esa Meitu selfifonlariga o‘xshash. Shuningdek, unda barmoq izi skaneri ham displeyga integratsiya qilingan.

Xiaomi Mi 9 haqida ilk ma’lumotlar chiqdi: Snapdragon 8150 chipi, 48 MPlik kamera va 10 GB «operativka»!

Xiaomi Mi 9 uch xil: 6, 8 va 10 GB tezkor xotirali modifikatsiyada chiqishi kutilayotir. Bulardan tashqari, unda ekranga joylangan daktiloskop, simsiz quvvatlash hamda namdan himoya kabilar ham bo‘ladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш