Redmi Note 7 kosmosga chiqib, Yerni suratga olib qaytdi (+video)!

  •   DiMaX
  •  2511
  •  06.05.2019 12:45

Redmi Note 7 kosmosga chiqib, Yerni suratga olib qaytdi (+video)!

Xiaomi kompaniyasi Redmi Note 7 smartfonining mustahkamligini taqdimotdan avval rosa maqtagani esingizdadir? Bundan tashqari, ushbu model zamonaviy dizayni, kuchli kamerasi va arzonligi bilan ham e’tiborga loyiq.

O‘QING: Redmi Note 7 chindan ham «yong‘oqchaqar»mi? JerryRigEverything «jonli» videotestini tomosha qilamiz!

Mustahkamligi bois «Kichkina King-Kong» deb ham atalgan ushbu smartfonni turli videolarda yigitlar polga tashlab tepkilab, qiz nozik poshnasida ezg‘ilab, do‘mboq yigit ustiga sakrab o‘tirib va yana ekrani bilan yong‘oq chaqib, displeyi ustida turli mahsulotlarni oshpichoqda chopib, hatto suv tubida ham ishlatib ham ko‘rsatishgan. Shuningdek, Redmi Note 7’ning ichini ochib, qismlarga ajratib ko‘rsatilgan, yana mustahkamligi metall zo‘ldir va drel ostida, kalit to‘la quti ichida sinalgan videolarini ham chiqarganmiz.

Xiaomi undan keyin ham bir nechta modellarda yangi smartfonlar taqdim etgan bo‘lsa-da, hamon ushbu Redmi Note 7’ning marketing kampaniyasini davom ettirmoqda. Jumladan, kompaniya bosh direktori Ley Szyun (Lei Jun) kuni kecha Weibo tarmog‘ida e’lon qilgan ma’lumotga ko‘ra, uni havo shariga bog‘langan maxsus qurilmada fazoga jo‘natishgan!

O‘QING: Xiaomi’ning yangi rekordi: Redmi Note 7 bitta ko‘rsatkich bo‘yicha barcha iPhone’lardan oshib ketdi!

Mazkur tajriba davomida Redmi Note 7 smartfoni Yer yuzasidan 30 kilometr balandga ko‘tarilgan va selsiy shkalasi bo‘yicha -60 darajalik haroratda ham ish holatida bo‘lgan. Ley Szyun mazkur smartfon o‘sha yerdan turib suratga olgan tasvirlarni ham e’lon qilgan:

Oxiri sovuqqa chiday olmasdan havo shari yorilgan, smartfon esa yerga tushganida 3D-printerda tayyorlangan maxsus karkas sababli omon qolgan.

O‘QING: Sovuqdan qo‘rqmaydigan 9 smartfon

Xiaomi ushbu videosi bilan Redmi Note 7 modelining o‘z narx toifasidagi raqiblaridan ancha kuchli ekanini, ekstremal sharoitlarda ham ishlay olishini isbotlagan. Shuningdek, mazkur smartfonning reklamalarida qo‘llanayotgan «out of this world» – «g‘ayrizaminiy» tasviriy ifodasiga ham ishora qilgan.

Redmi Note 7 ustida o‘tkazilgan ushbu tajriba videosini birga ko‘ramiz:

Eslatib o‘tamiz, «g‘ayrizaminiy» Redmi Note 7 smartfonini Terashop.uz internet-do‘konimiz orqali 1 569 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: Arzonlashtirilgan flagman – Mi 9 SE ham Terashop.uz’ga keldi! Xiaomi smartfonlarining pasaygan narxlari bilan tanishing! (2019 yil 29 aprel)