Galaxy A60 namoyish qilindi: NFC, «gapiruvchi» va «teshik» ekran, 32 MPlik ikkita kamera va o‘rtacha narx!

Galaxy A60 batareyasi 3500 mA/soatlik bo‘lib, 15 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvatlana oladi. Smartfon kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC moduli bilan ham ta’minlangan.

Xiaomi smartfonlarining 4000 mA/soatlik akkumulyatorlari endi 17 daqiqadayoq butkul to‘ladi! (+«jonli» video)

100 vattlik Super Charge Turbo orqali 4000 mA/soatlik batareya atigi 17 daqiqada to‘liq quvvatlanib ulguradi. Taqqoslang: Xiaomi Mi 9 flagmani 27 vattlik simli hamda 20 vattlik simsiz quvvatlana oladi.

Nubia ulkan akkumulyatorli Red Magic 3 geymerofonining taqdimot kunini rasman aytdi

Eng ilg‘or Snapdragon 855 protsessori bazasida ishlovchi bu smartfon tezkor xotirasi 12 GBlik, ekranining yangilanish chastotasi esa aksariyat kompyuterlarnikidan ham yuqori bo‘ladi.

RASMAN: AnTuTu’da barcha flagmanlarni «yer tishlatgan» Meizu 16s taqdimoti ham Xiaomi’ning muhim namoyish kuniga belgilandi

Aftidan, Meizu o‘z tadbirini ataylab shu kunga belgilagan, chunki aynan smartfonlar borasida Xiaomi ikkalasi o‘zaro «teng kuchli» raqiblar hisoblanadi.

Apple bilan Qualcomm o‘zaro yarashib, Intel va Huawei’ni «o‘yindan chiqarishdi»

2020 yildan boshlab chiqariladigan ayfonlar Qualcomm kompaniyasining 5G-chiplari bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.

RASMIY RO‘YXAT: Android 9’gacha yangilanadigan va yangilangan Xiaomi smartfonlari

Insayderlar tarqatgan ro‘yxatdagi uchta ommabop model, afsuski, rasmiy ro‘yxatda yo‘q. Kompaniya yana allaqachon Android Pie’gacha va Android 8 Oreo talqinigacha yangilangan smartfonlar ro‘yxatini ham bergan.

«Kambag‘albop» Pixel smartfonlari taqdimotini Google rasman e’lon qildi

Google kecha e’lon qilgan yangi promo-posterda: «Pixel dunyosida kattaroq bir narsa yaqinlashib kelayotgani» ta’kidlanib, 7 may sanasi ko‘rsatilgan.

Navbatdagi hamyonbop – Galaxy A35 (yoki Galaxy A30e) smartfoni rekord darajali akkumulyatorga ega!

Tezkor xotirasi 4, 6 yoki 8 GBlik, doimiy xotirasi esa 64 yoxud 128 GBlik ushbu modelning bosh kamerasi 13+5+5 megapiksellik, old kamerasi esa 16 megapiksellik datchiklarni o‘z ichiga oladi.

32 MPlik selfi-kamerali Redmi Y3 taqdimot kunini Xiaomi rasman e’lon qildi

Rasmiy posterga qaraganda, Redmi Y3 displeyi tomchisimon «kemtik»li bo‘lib, u yerda 32 megapiksellik old kamera joylashadi. Xiaomi uni Hindistondan tashqariga Redmi S3 nomi ostida chiqarishi kutilmoqda.

AnTuTu testida iPhone XS Max, Galaxy S10+, Mi 9 va boshqalarni «yer tishlatgan» yangi flagman bilan tanishing!

Hali taqdim etilmagan bu flagman bir necha kun avval Geekbench’da Galaxy S10+ bilan kuch sinashgandi. Endi esa uning AnTuTu servisidagi yangi sinov natijasi chiqdi – hayratlanarli!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш