Samsung bexosdan Galaxy A8 va A8+ sirlarini rasmiy saytida «sotib qo‘ydi»

Foydalanuvchi qo‘llanmasida ko‘rsatilishicha, bu ikki smartfon Android 7.1.1 Nougat operatsion tizim boshqaruvi ostida ishlaydi. Ular Samsung Pay hamda Bixby ovozli yordamchisini qo‘llab-quvvatlaydi.

Hamyonbop Nokia 5 (2018) – suratlari, xususiyatlari, narxi va taqdimot vaqti

Metall korpusli Nokia 5 (2018) barmoq izi skaneriga, ikkita SIM-karta slotiga ega bo‘lib, to‘rtinchi avlod LTE 4G tarmoqlarini to‘laligicha qo‘llab-quvvatlaydi.

Romsiz Oukitel K10 eng sig‘imdor – naq 11000 mA/soatlik akkumulyatorga ega! (+video)

Oukitel K10 tashqi qiyofasi ham hashamdor: 6 dyuymlik romsiz Full HD+ ekrani old panelni deyarli butunlay egallagan. Korpusining orqa paneliga haqiqiy charm qoplangan, romi esa magniy qotishmasidan ishlangan.

O‘rta narxli Nokia 6 (2018)ning hayratga loyiq texnik xususiyatlari fosh bo‘ldi

Nokia 7 uslubidagi, metall korpusli Nokia 6 (2018)dagi ikkita SIM-karta ham LTE 4G uyali aloqa tarmog‘ida ishlay oladi. Unga so‘nggi talqindagi Android 8.1 Oreo operatsion tizimi o‘rnatib chiqariladi.

Xiaomi Mi Mix 3 – haqiqiy romsiz flagman sirlari oshkor bo‘ldi

Xiaomi Mi Mix 3 qo‘sh kamera va romsiz AMOLED-ekrandan tashqari, sakkiz yadroli Snapdragon 845 protsessoriga, Qi standarti bo‘yicha simsiz quvvatlash texnologiyasiga va yuzni skanerlash tizimiga ham ega bo‘ladi.

To‘liq ekranli Galaxy A8+’ning ilk videoroligini tomosha qiling!

Galaxy A turkumi flagman narxidagi chala flagmanlarga aylantirilmoqda. To‘g‘ri, Samsung Galaxy A8+ (2018) dizayni va xususiyatlari bilan xursand qilishi aniq, ammo narxi baribir kishini o‘ylantiradi.

Ucell aksiya doirasida Xiaomi smartfonlariga chegirmalar taqdim etmoqda

Yangi yil aksiyasi doirasida Xiaomi smartfonlarini 45 foizgacha chegirmalar bilan xarid qilish mumkin. Bunda Ucell smartfon xarid qilgan har bir abonentga 100 megabaytlik bonus ham taqdim etadi.

LG kompaniyasi iPhone X’dan ham qimmat premium-smartfon chiqardi

LG V30 Signature Edition premium-smartfoni Janubiy Koreya hududida taxminan 27 dekabrdan savdoga chiqariladi. Bu modeldan atigi 300 dona chiqarilganligi uning eksklyuzivligini yanada oshiradi.

Samsung smartfonlarini aksiya bo‘yicha xarid qilib, hadyaga ega bo‘ling!

2017 yilgi Galaxy J yoki A smartfonlaridan birini 2017 yil 1 dekabrdan 2018 yil 31 yanvargacha bo‘lgan muddatda xarid qilganlarga original g‘ilof yoki AKG quloqchinlari sovg‘a sifatida taqdim etiladi.

Qo‘shaloq kamera nimasi!? Uchta modulga ega 40 MP kamerali smartfonni qarshi olamiz!

Smartfon uch modulli Leica kamerasi bilan jihozlanib, 40 megapikselli surat olishga qodir bo‘ladi. 24 megapikselli old kamera ham yorug‘lik kamligidan «qo‘rqmaydi» va mayda detallargacha aniq chiqara oladi.

Xiaomi o‘z smartfonlarini yaxshilash uchun Nokia bilan o‘zaro manfaatli bitim tuzdi

Nokia kompaniyasi o‘zining yangi smartfonlariga Android 8.1 Oreo asosida ishlangan MIUI 10 operatsion tizimini o‘rnatib chiqarishi ham mumkin.

Mutlaqo romsiz Samsung Galaxy X’ning ilk videosi va suratlarini tomosha qiling!

Bir qarashda bu qurilma Samsung Galaxy S8 modelining yaxshilangan versiyasiga o‘xshab ketadi. Ammo romlardan mutlaqo xoli ekranga, qo‘sh modulli asosiy kameraga va yuz skaneriga ega.

Samsung: «Galaxy S9 smartfonlarini CES 2018’da kutmay qo‘yavering!»

Flagmanlarning Galaxy S8’dan oldingi «avlod»lari an’anaviy Mobile World Congress ko‘rgazmalarida namoyish qilingan. Demak, Galaxy S9’ning rasmiy taqdimoti ham MWC 2018 doirasida bo‘lib o‘tishi mumkin.

8 GB «operativka»li premium Xiaomi Mi Mix 2 sotuvga chiqdi

Xiaomi Mi Mix 2 premium-modelining o‘ziga xosligi – u to‘liq keramik korpusga ega, asosiy kameraning gardishi esa sof oltindan qilingan.

Aliexpress’dagi sotuvchi taqdimotdan avval Redmi 5 hamda Redmi 5 Plus narxini «sotib qo‘ydi»

Aliexpress’dagi mazkur riteyler «Xiaomi Online Store» deya belgilangan bo‘lib, u turli ranglardagi qurilmalar uchun har xil narxlarni belgilab, oldindan buyurtma olishini e’lon qilgan.

Xiaomi’ning yangi smartfonlari sun’iy idrokka va fantastik imkoniyatlarga ega bo‘ladi

Xiaomi yaqin 10 yil ichida o‘zining mutlaqo barcha qurilmalariga sun’iy aqlni tatbiq etishni, shuningdek, sun’iy ongning barcha imkoniyatlarini imkon qadar to‘lig‘icha kashf etishga harakat qilishni rejalashtirgan.

Xiaomi Redmi 5 va Redmi 5 Plus: rasmiy suratlari va videosi

Har ikki modelda displeylarning burchaklari dumaloqlangan, romlari yupqa bo‘ladi. Korpus metalldan ishlangan bo‘lib, tasvirlarga ko‘ra, qurilmalar qora, moviy, tillarang va pushti ranglarda taqdim etiladi.

Xiaomi Mi 7 yangi suratlarda: 4 karrali optik zum va boshqa xususiyatlar

Yakkakristalli Snapdragon 845 tizimi bilan jihozlangan ilk Xitoy smartfoni bo‘lishi kutilayotgan Mi 7 modelining suratlari va u haqdagi navbatdagi ma’lumotlar tarqaldi.

«Salkam flagman»: Galaxy A8+ (2018)ning «jonli» suratlari chiqdi

Galaxy A5 hamda Galaxy A7 modellarining navbatdagi avlodi tegishlicha Galaxy A8 va Galaxy A8+ deb nomlanishi sababi – xaridorlar bu nom ostida Galaxy S8 flagmaniga yaqinlikni his etishlari ko‘zda tutilgan.

Nihoyat, Nokia 9 va Nokia 8 (2018) taqdimot sanasi hamda narxlari ma’lum!

Nokia brendi huquqini sotib olgan HMD Global bir yillik yubileyini keyingi oyda ikkita yangi smartfoni taqdimoti bilan nishonlamoqchi. Nihoyat, Nokia 9 modeli bu kompaniyaning «haqiqiy» flagmani bo‘layotir.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш