5G-smartfonlar bozorida Samsung birdaniga 4-o‘ringa tushdi! (2021 yil 1-chorak)

5G-smartfonlar savdosida janubiy koreyalik texnogigantga allaqachon Xiaomi yetay deb qolgan. Xo‘sh, unda Samsung’ni ham dog‘da qoldirgan uchta smartfonsoz qaysilari?

Yangi smart-soat qon bosimini ham, qondagi shakar va alkogol miqdorini ham ayta oladi!

Uchta yangi ko‘rsatkich sensorlari salomatlikni monitoring qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Ular yordamida diabet, gipertoniya va boshqa xastaliklar rivojlanishining oldini olish mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonda kripto-birjalarda savdo qilishga ruxsat berilishi kutilmoqda

Qaror loyihasiga ko‘ra, amaldagi qonun o‘zgartirilib, O‘zbekiston rezidentlari va norezidentlari tomonidan emissiya qilingan tokenlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, chiqarish yoki aylantirishga ruxsat beriladi.

Yozda chiqayotgan Galaxy Z Flip 3 birinchi «jonli» va sifatli suratlarda!

Samsung yaqinda Galaxy Z Flip buklamafonini atigi 200 dollardan sotayotgani haqida yozgan edik. Ushbu saxiylik sabablaridan biri shundaki, kompaniya tez orada ushbu turkumning yangi vakilini taqdim etadi.

Apple’ning eng yangi gadjetiga g‘ilof olish shartmas – bittagina drel bo‘lsa bas!

Devaysning qadoq jamlanmasida g‘ilof yo‘q – uni alohida xarid qilishga to‘g‘ri keladi va oddiy g‘iloflar ham uncha arzon emas. Biroq foydalanuvchilar uning uchun alohida xarajat qilmaslik yo‘lini topishdi.

Tesla’ni tark etgan dizayner Cybertruck elektropikapining «maxfiy» interfeysini videoda ko‘rsatdi

Ilon Mask kompaniyasi uchta rusumdagi mahsulotini rasman namoyish qilgan, lekin savdosini boshlamagan. Bular – Cybertruck pikapi hamda Roadster sport elektromobili, shuningdek Semi elektrik yuk mashinasidir.

Galaxy S21 FE allaqachon surati bilan Samsung rasmiy saytiga chiqdi!

Standart Galaxy S21 hamda Galaxy S21+ flagmanlarida selfi uchun 10 megapiksellik sensor qo‘llangan bo‘lsa, Galaxy S21 FE modeli 32 megapiksellik old kameraga ega bo‘ladi.

«Fikrlarni o‘qishga» qodir quloqchin yaratildi

Neurable bosh direktori va neyrobiologiya sohasidagi fan doktori Ramzes Alkaydning ma’lum qilishicha, uni yaratishga uni avtohalokatda oyog‘idan ayrilib, o‘rniga protez yasagan amakisi ilhomlantirgan.

Ilon Mask bir kunda $7 milliardga boyidi – u yana eng badavlat kishiga aylanishi mumkin!

Hozirda u 182 milliard dollar bilan eng boylar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda turibdi. Birinchi pog‘onani esa 202 milliard dollarlik sarmoyasi bilan Jeff Bezos band etgan.

5 maygacha Xiaomi eng qimmat smartfonidan naq 60 tasini teppa-tekinga tarqatyapti!

Narxi 1540 dollarlik smartfonning jami 60 donasi (kuniga 12 tadan) mutlaqo bepul ulashiladi. Ya’ni, kompaniya ushbu aksiya doirasida taxminan 100 000 dollarlik saxovat ko‘rsatmoqda.

Yil oxirigacha tezkor internet kirib bormagan maktab qolmaydi!

Shuningdek, kelgusida barcha maktablarni va ulardagi kompyuterlarni bog‘lovchi yagona «Elektron ta’lim» korporativ tarmog‘i yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Video: SpaceX butun sayyoraga internet ulashish uchun yana 60 ta sun’iy yo‘ldosh uchirdi

Ilon Mask kompaniyasining Falcon 9 raketasi Yerga yaqin past orbitaga 60 ta sun’iy yo‘ldoshni olib chiqdi. Ular Starlink tizimi internet-qoplamasi global tarmog‘ini yaratishni davom ettirishga mo‘ljallangan.

Harbiy himoya va NFC modulli «o‘lmas» smartfon atigi 170 dollardan sotuvga chiqdi (video)

Korpusi IP69K darajasida va AQShning MIL-STD-810G harbiy standartiga ko‘ra himoyalangan smartfon suv, chang va zarbaga chidamli. U na qattiq yerga tushib ketishdan, na suv, na muz va na loydan qo‘rqmaydi.

Sinmas va bukilmas yagona o‘yin smartfoni global bozorda: videosi va narxlari

Avvaldan buyurtma qilgan dastlabki 100 nafar xaridorga Black Shark 4 FunCase g‘ilofi hamda Black Shark FunCooler kuleri sovg‘a sifatida qo‘shib beriladi.

Yo‘lga radar va kamera o‘rnatgan tadbirkor YHQ buzilishini aniqlaganligi uchun qancha oladi?

Tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus vositalarning texnik ekspluatatsiyasi va uzluksiz ishlashini mustaqil ravishda ta’minlanadi. Elektr energiyasi va aloqa kanallarining xarajatlari qoplanadi.

iOS 14.5 proshivkasi iPhone 12’larning muhim imkoniyatini ochib berdi

Apple o‘z smartfonlari uchun iOS 14.5, planshetlariga iPadOS 14.5 va aqlli soatlariga watchOS 7.4 tizimlarini chiqardi. Yangi proshivka o‘n ikkinchi avlod iPhone’larning avval ochilmagan qirrasini namoyon etdi.

Xiaomi raqibi hali chiqmagan Snapdragon 888 Pro asosida flagman tayyorlayapti! (+«jonli» surat)

Hozircha bu chipset haqida Qualcomm’ning o‘zi ham rasman ma’lumot bergani yo‘q. Ammo insayderlar shu protsessor joriy yilning uchinchi choragida taqdim etilajak flagman smartfonlarda qo‘llanishini aytishmoqda.

Ilon Mask: «Marsga uchadigan ilk fazogirlar halok bo‘lishadi» (video)

«To‘g‘risini aytganda, ayrim fazogirlar sayohatning boshidayoq jon berishlari mumkin», – dedi Mask va, bu baribir ajoyib sarguzasht bo‘lishini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

AQSh allaqachon 3G tarmoqlarini ham yopyapti

O‘zbekistonda 2G, 3G, 4G va 5G texnologiyalari asosida tezkor internetga ulash qanday ketayotganligi haqida ham ma’lumot berganmiz.

Samsung o‘yindan chiqqan yo‘nalishda uning yordami bilan Xiaomi birinchi bo‘ladi!

Texnik jihatdan bu smartfon kamera datchigi 16K formatida video yozib olishga qodir bo‘ladi, ammo unga ishlov berishga qodir protsessor hozircha yaratilmagan!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш