Ilon Mask hattoki McLaren P1 superkarini yenggan – dunyodagi eng tezkor avtomobilning sotuvga chiqish kunini aytdi

Ushbu elektrokar hozir seriyali ishlab chiqarilayotgan avtomobillar orasida eng tezkori ekanligini Mask yana bir bor ta’kidlagan. Avvalroq esa biz buning amaldagi isboti bo‘lgan «jonli» videoni ulashgan edik.

Samsung hamyonbop, 120Hz ekranli va 64MP kamerali 5G-smartfon taqdim etdi

Smartfonda zamonaviy USB-C porti bilan birga an’anaviy quloqchin tirqishi, yon qirrasida daktiloskopi mavjud. 4500 mA/soatlik akkumulyatorini 25 vattlik texnologiya asosida tezkor zaryadlash mumkin.

Quvvati ikki kunga yetuvchi POCO M3 Pro 5G chiqdi: brendning birorta Xiaomi yoki Redmi smartfoniga o‘xshamagan ilk modeli!

AnTuTu benchmarkida bu smartfon 329 072 ballik natija ko‘rsatgan. Ishlab chiqaruvchi uning muhim jihatlaridan biri sifatida 1 terabaytgacha hajmli microSD-karta qo‘yish imkonini aytib o‘tgan.

Yangicha Galaxy S21 5G chiqdi, lekin Samsung bu gal ancha ehtiyotkor!

Samsung bulturgi Galaxy S20+ 5G Olympic Edition talqinining orqa paneliga Tokyo 2020 logotipini tushirgan edi. Biroq pandemiya tufayli olimpiya o‘yinlari tadbiri o‘tkazilmay qoldi, shunga bu gal…

ID-kartali haydovchi YPX xodimiga ushbu hujjatlarni ko‘rsatishi shart emas! (+video)

«e-Protokol» tizimi takomillashtirilib, yo‘l patrul xodimlariga xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan planshetlar yordamida ID-kartani o‘qish orqali fuqaroning ma’lumotlardan foydalanish imkoni yaratildi.

Elektron hukumat loyihalari samarali natija bermoqda

Tizimning ishga tushishiga qisqa vaqt bo‘lganiga qaramasdan, bugungi kunda uning foydalanuvchilari soni 220 mingtaga ortib, 820 mingtaga yetdi.

Galaxy F52 5G sotuvga chiqyapti: eng chaqqon xaridorlarga sovg‘a bor!

20 may sanasidan bu smartfon uchun oldindan buyurtma ochiladi. Keyingi oyning boshida – 1–3 iyun kunlari uning ochiq savdolari ham boshlanadi.

O‘zbekistonda yana bir operator 5G texnologiyalarini tatbiq etdi!

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, 2019 yilda 5G baza stansiyalarining birinchi sinovlari paytida 1,9 Gbit/s.gacha bo‘lgan ma’lumotlar uzatishning eng yuqori tezligi qayd etilgan edi.

Apple eplay olmagan ishni Xiaomi qoyillatdi!

Xiaomi Multi-Coil Wireless Charging innovatsion quvvatlagichi kupertinolik korporatsiya bir necha yildan beri taqdim eta olmayotgan Apple AirPower qurilmasini eslatadi.

Kutilmagan Galaxy F52 5G: ilk «jonli» suratlari va texnik xususiyatlari

Yoqiq ekranida aks etgan texnik xususiyatlariga ko‘ra, ushbu qurilma SM-E5260 model raqamiga ega. Uning yassi displeyida old kamera uchun tirqish, plastik korpusida USB-C porti hamda quloqchin tirqishi mavjud.

Tesla hali ishlab chiqarilmagan elektrokarlarini ham allaqachon sotib tugatdi!

Kompaniya Model S, Model 3, Model X, Model Y mashinalarini bozorga taqdim etgan. Lekin barchasidan arzon bo‘lishi kutilayotgan Model 2 yoki Model H elektromobilini 2022 yildayoq ommaviy ishlab chiqara boshlaydi.

AKT vaziri: «E’tibor va e’tirof – eng yaxshi motivatsiya» (+video)

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari va kommunikatsiya yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabda videokonferensaloqa tarzida tadbir o‘tkazildi.

Fantastik kinolardan reallikka: xotirani o‘chiruvchi skaner ixtiro qilindi!

DecNef texnologiyasining asl maqsadi post-travmatik sindrom bilan kasallangan odamlarni davolashdir. Olimlar uning yordamida inson xotirasidan hayotida bo‘lib o‘tgan «baxtsiz lahzalar»ni o‘chira olishadi!

Samsung’ning eng oshkor siri: insayderlar allaqachon Galaxy A82 5G rasmiy videosini ham tarqatishdi!

Garchi Samsung kompaniyasining o‘zi uni rasman e’lon qilmagan ham bo‘lsa-da, biz allaqachon uning anboksing videosini ham namoyish etganmiz.

Ilon Maskdan avval Jeff Bezos fazoga chipta sotyapti – parvoz shu yil 20 iyulga belgilandi! (+video)

Kosmik chipta kimoshdi savdosiga qo‘yilgan, arizalar 19 maygacha Blue Origin rasmiy saytida qabul qilinmoqda. Istagan kishi birinchi fazoviy sayohat uchun chiptalar auksionida qatnashishi mumkin.

AKT vazirligi: internet narxi 30 foizga pasaydi, kanallar hajmi 30 barobarga oshirildi...

7 may – Aloqachilar kasb bayrami munosabati bilan vazirlik shu soha xodimlarini tabriklab, bu borada keyingi yillarda erishilgan yutuqlarni e’lon qildi.

VIDEO: Ilon Maskning fazoviy kemasi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi

Starship prototipini uchirish bo‘yicha oldingi urinishlarning barchasi omadsiz tugagan edi. Ilon Mask yaqinda bir intervyusida, Marsga uchadigan ilk fazogirlarning mash’um taqdirini prognoz qilgan.

«Forbes» eng yosh kriptomilliarderni e’lon qildi

Ethereum — bozor qiymati bo‘yicha jahondagi ikkkinchi yirik kriptovalyuta, jami tokenlar yig‘ilsa $389 mlrd.ni tashkil etadi.

Google o‘zining Fuchsia operatsion tizimli ilk gadjetini ro‘yxatdan o‘tkazdi

Fuchsia tizimli ilk devaysni dastlab sinovchilar uchun chiqarishi mumkin. Yangi dasturiy ta’minotni real gadjetda sinab ko‘rib, kamchiliklar aniqlansa tuzatib, keyin tijorat versiyasini taqdim etishsa kerak.

Galaxy A82 5G rasman e’lon qilinmay turib Samsung saytiga chiqdi

O‘tgan oyda kvant himoyali Galaxy Quantum 2 smartfoni chiqqan edi. Galaxy A82 5G shu modelning tashqi bozorga mo‘ljallangan va kvant himoyasini ta’minlovchi QRNG chipidan mahrum etilgan versiyasi bo‘ladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш