Rekord hajmli – 16 GB «operativka»li ilk smartfon tayyor, xususiyatlari bilan tanishing!

Mazkur flagman allaqachon MIIT regulyatori ma’lumotlar bazasida paydo bo‘lgan. Avvalroq kompaniya vakili, ushbu geymerofonlarning 5G tarmog‘ini qo‘llovchi navbatdagi vakili allaqachon tayyor ekanini aytgandi.

TEST: 2019 yilgi smartfonlardan qay birining ovozi eng zo‘r?

Eng qizig‘i shundaki, «ko‘r-ko‘rona» test g‘olibi DxOMark professional baholash servisining ovoz sifati bo‘yicha reytingida atigi beshinchi o‘rinni olgan edi!

Tanlovda qatnashing – ayfonda tushirgan suratlaringizni Apple sotib olmoqchi!

G‘olib bo‘lgan rasmlarni keyinchalik kompaniya reklama maqsadlarida bilbordlarda, turli nashrlarda va boshqa joylarda qo‘llashi mumkin. Shu sababli korporatsiya surat muallifiga litsenziya haqini to‘laydi.

Xiaomi hali taqdim etmagan Mi 10 5G sotuvga chiqdi: narxi va jihatlari bilan tanishing!

«Xitoycha Apple» direktori avvalroq Xiaomi Mi 10 hamda Mi 10 Pro smartfonlarining muhim jihatlarini ochiqlagandi. Shuningdek, standart flagmanning AnTuTu benchmarkidagi rekord natijasi ham e’lon qilingan.

Realme to‘rttalik kamerali arzon smartfonini va Xiaomi’ning uch xil gadjeti «kushanda»larini namoyish etdi

Oppo aynan Xiaomi korporatsiyasining Redmi turkumidagi mahsulotlari bilan raqobatlashish uchun RealMe brendini tashkil etgan edi. Uning faolligidan ko‘rish mumkinki, «Xitoycha Apple» cho‘chisa arziydi...

«Beli baquvvat» iPhone SE 2’ni videoda batafsil ko‘ramiz!

iPhone 8 korpusining qalinligi 7,3 millimetrga teng bo‘lsa, yangi ayfon undan yarim millimetrga qalin – 7,8 millimetrlik bo‘ladi. Sababi – uning akkumulyatori yanada sig‘imdor va gabariti ham yirikroq.

Ikkita hamyonbop Redmi bestselleri yangi versiyalarda sotila boshladi

Bulardan biri «g‘ishtga aylanib» qolayotgan bo‘lsa-da, yaxshi sotilayotgan Redmi Note 8 Pro smartfoni; ikkinchisi esa yanada arzon Redmi 8 modellaridir.

Samsung yangi «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon taqdim etdi

Ekstremal sharoitlarda uzoq muddatli ishlatishga mo‘ljallangan Galaxy Xcover Pro ham AQShning MIL-STD-810G harbiy standartiga mos keladi. Shuningdek, u IP68 standartiga ko‘ra suv va changdan ham himoyalangan.

Bir yilda 500 foizga o‘sgan rekordchi brend birinchi bo‘lib 4G-smartfonlardan voz kechadi!

2018 yilning 3- choragida sotilayotgan smartfonlar soni bo‘yicha 47-o‘rinda bo‘lgan kompaniyasi 4-chorakdayoq 15-o‘ringa ko‘tarilib olgach, 2019 yil 2-chorakda eng muvaffaqiyatli smartfonsozlar o‘ntaligiga kirgan.

Samsung tan oldi: uning BARChA smartfon va planshetlarida josuslik dasturi bor ekan!

Device Care utilitasida Qihoo 360 kompaniyasining dasturiy ta’minoti qo‘llanishini Samsung ham inkor etmayapti. Biroq u Xitoydagi serverlar bilan bog‘lanib turishi sababini negadir smartfonsoz izohlamagan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш