Arzon Galaxy A20e yangi avlod Samsung smartfonlari orasida eng ixchami ham bo‘lyapti!

Ushbu smartfon korpusi 147,4x69,7 millimetrlik ekan; bu esa hattoki ushbu turkumning eng «kichkina» vakili – Galaxy A10 o‘lchamlaridan ham ixchamroq.

Terashop.uz’ga yoshlarbop Mi Play ham keldi! Xiaomi smartfonlarining arzonlashgan narxlari bilan tanishing! (2019 yil 3 aprel)

Bu galgi narxnomamizda ikkita yangi model – yoshlarbop Mi Play hamda 32 gigabaytlik, global versiyadagi Redmi Note 7 ham bor. Umuman, Xiaomi smartfonlari narxlari pasaydi, ro‘yxatda naq 63 ta gadjet bor!

«Jonli» rasmlar: Hali taqdim etilmagan Meizu 16S benchmarkda Galaxy S10’dan ustun keldi!

Meizu 16S flagmanining Geekbench’dagi natijasi aks etgan «jonli» rasm tarqaldi. Uning samaradorligini hozirgi zamonning eng kuchli smartfonlaridan biri sanalmish Galaxy S10 bilan taqqoslab ko‘rsatishgan.

AnTuTu reytingi (2019 yil aprel): g‘olib – bulturgi iPad Pro, eng zo‘r iPhone esa – atigi beshinchi o‘rinda!

Android-gadjetlar reytingida faqatgina smartfonlar bo‘lsa, iOS bazasida ishlovchi qurilmalarning AnTuTu reytingida planshetlar ham bor. Nafaqat bor, balki ular eng yuqori to‘rtta o‘rinni egallagan ham!

«Xuddi Galaxy S10 kabi, faqat ikki karra arzon»: Nokia X71 taqdim qilindi

O‘rta narxli Nokia X71’ning 6,39 dyuymlik FHD+ displeyida 16 MPlik selfi-kamera uchun «teshik» ochilgan. Shishadan ishlangan orqa panelida uch (48+8+5 MP) modulli va Zeiss brendli bosh kamera joylashgan.

Terashop.uz’da Meizu smartfonlari arzonlashdi (2019 yil 2 aprel) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab yetkaziladi!

Buyurtma Toshkentda 12 ish soati, viloyat markazlariga esa ikki ish kunida bepul yetib boradi! Terashop.uz’da qulay to‘lov shakllari (naqd pul, terminal, Click, Payme) mavjud!

Eng qudratli smartfonlar (2019 yil aprel): Xiaomi’ning yap-yangi flagmani AnTuTu reytingida Mi 9’dan ham ustun keldi!

Samsung flagmanlari atigi 4–5-o‘rinlarni band etgan, qolgan barcha o‘rinlarda – faqat xitoylik smartfonsozlarning mahsulotlari!

Galaxy Note 10 ikki versiyada chiqyapti – bittasi ixchamroq va arzonroq!

Yana keyingi paytlarda tarqalgan xabarlarga qaraganda, Galaxy Note 10 modelida umuman birorta ham moddiy tugmacha bo‘lmas, ammo tegishli portlarga ega bo‘lar emish.

«Qotib» ishlayotgan iPhone yoki iPad tezkor xotirasini tozalashning eng oddiy va samarali usuli

iPhone yoki iPad’ning sekinlashib qolishiga ko‘pincha tezkor xotiraning o‘ta band qilib tashlanganligi sababchi bo‘ladi. Bunda esa uni o‘chirib-yoqish shartmas, tezkor xotirani tozalash ham kifoya.

«Jonli» foto: Xiaomi rahbari Snapdragon 855 chipli Redmi flagmani bilan «qo‘lga tushdi»!

Yana bir muhim ma’lumot: ushbu rasmni taqdim etgan manbaning ta’kidlashicha, mazkur Redmi flagmanining old kamerasi korpus ichidan chiqadigan bo‘ladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш