«Revolver» kamerali Nokia 9 PureView hamda «teshik» ekranli ilk smartfonining namoyish kunini HMD Global rasman ma’lum qildi

HMD Global kompaniyasi MWC 2019 doirasida kamida ikkita yangi modelini ko‘rsatadi: Nokia 9 PureView flagmani va old kamerasi displeydagi «tirqish»ga joylangan birinchi Nokia smartfoni!

Xiaomi Mi 9’ning ilk rasmiy tizeri e’lon qilindi – u fevraldayoq taqdim etilishi mumkin!

Tizerga ko‘ra, Mi 9 ekraniga barmoq izi skaneri integratsiya qilingan. Balki Xiaomi prezidenti Lin Bin «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatgan – displeyining hamma joyi daktiloskopikdan iborat model shu bo‘lar.

EKSKLYuZIV: Galaxy S10+’ning eng sifatli «jonli» surati internetda ilk bor Terabayt.uz’da!

Yangi «jonli» suratlardan birida yoqiq Galaxy S10+ ekrani aks etgan, ikkinchisini esa Terabayt.uz saytining o‘z manbasi taqdim etgan va ushbu insayderlik surati umuman internetda ilk bor e’lon qilinmoqda!

DxOMark zamonamizning eng zo‘r kamerofonini e’lon qildi

Xiaomi provokatsiyasiga javoban Huawei: «Bizdan faqat o‘zimizgina o‘zib keta olamiz!» degan edi. Navbatdagi flagmani uning shu so‘zlari haqiqat ekanini isbotladi!

Google rahbari Android 10 Q taqdimot kunini rasman e’lon qildi

I/O 2019 konferensiyasi Kaliforniya shtatidagi Mauntin-Vyu shahrida joylashgan Shorlayn amfiteatrida bo‘lib o‘tadi va unda Android 10 Q operatsion tizim talqini rasman taqdim etiladi.

RASMAN: Huawei buklama 5G-smartfonini MWC 2019’da ko‘rsatadi! (+video)

Huawei buklama 5G-smartfonining texnik jihatlari va dizayni hozircha ma’lum emas. ammo uning kuni kecha taqdim etilgan Balong 5000 rusumli 5G-modemli Kirin 980 protsessoriga ega bo‘lishini aytilmoqda.

MWC 2019 ko‘rgazmasida Energizer naq 26 modelda yangi telefon namoyish etmoqchi!

Energizer dunyoni gadjetlar soni bilangina hayratga solmoqchi emas. Ular orasida naq 18 000 mA/soatlik batareyali smartfon va qayishqoq ekranli, kamerasi korpus ichidan chiquvchi buklama smartfon ham bor.

Tanqidlar ish berdi – Apple g‘oliblarni taqdirlaydigan bo‘ldi. Fototanlovda siz ham qatnashing!

Tanlov qoidalaridagi «Mukofot pul qiymatiga ega emas» degan qismi yangi – «...g‘oliblar o‘z ishlaridan reklamalarda foydalanilganlik uchun litsenziyaga ko‘ra haq oladilar» so‘zlari bilan almashtirilgan.

Ehtiyot bo‘ling: Yanvardagi yangilanish Xiaomi smartfonlarini ishdan chiqarmoqda!

Afsuski, bu muammoning universal yechimi ham topilganicha yo‘q. Ayrimlar smartfon sozlamalarini dastlabki holatga qaytarish yo‘li bilan hal etishmoqda, lekin ba’zilarda bu ham yordam bermayotgan ekan.

Nokia yangi smartfonlarining taqdimot kunini rasman e’lon qildi

MWC 2019 doirasida, uning nolinchi kuni HMD Global taqdimot marosimini o‘tkazadi. Unda Nokia 9 PureView flagmanidan tashqari, yana Nokia 8.1 Plus hamda Nokia 6.2 modellari ham namoyish etilishi kutilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш