Hali taqdim etilmagan Android Q tizimidagi yangi imkoniyatlar bilan tanishamiz!

Android Q Developer Preview birinchi versiyasi bahorning boshlarida chiqadi. Foydalanuvchilar uchun ushbu tizimning taqdimoti esa dasturchilarga mo‘ljallangan Google I/O 2019 ko‘rgazmasida namoyish etiladi.

205 dollarlik Redmi Note 7 Pro fevraldan sotuvga chiqadi!

Redmi Note 7 Pro ham xuddi «yong‘oqchaqar» Redmi Note 7 singari 48 megapiksellik qo‘sh kamera bilan jihozlanadi, ammo yangi modelda Samsung GM1 emas, balki Sony IMX586 optik sensori qo‘llanadi.

Hali taqdim etilmagan Galaxy S10 Plus’ni ishlayotgan holida «jonli» tomosha qilamiz!

Samsung kompaniyasi Galaxy S10 turkumidagi smartfonlarni hali taqdim etgani yo‘q. 24 fevraldan sotuvga chiqadigan bu qurilmalarni allaqachon ayrimlar ishlatib yurishibdi!

«JONLI» VIDEO: Oppo 10 karralik optik zum va yaxlit ekranga joylangan daktiloskopli smartfonini ishlatib ko‘rsatdi!

Aftidan, ikkala kompaniya ham bu borada ayni bitta yetkazib beruvchining displeylarini qo‘llashgan. Nima bo‘lganda ham, Oppo har taraflama Xiaomi’dan qolishmasligini isbotlashga harakat qilmoqda.

Qayishqoq ekranli Motorola RAZR V3 fevraldayoq sotuvga chiqadi, narxi ham ma’lum!

Ayni damda Motorola brendiga egalik qilayotgan Lenovo kompaniyasi AQShning Verizon uyali aloqa operatori bilan hamkorlik qilmoqda.

Galaxy S10 E (yoki S10 Lite) modelidan tashqari, yana bitta hamyonbop flagman – Galaxy S10 Mini ham bor ekan!

Galaxy S10 E – yaqinlargacha turli xabarlarda Galaxy S10 Lite deb kelingan modelning nomi. Ammo Azuri ro‘yxatida undan tashqari yana Galaxy S10 Mini smartfoni ham borligi g‘alati...

«JONLI» VIDEO: Xiaomi displeyning hamma joyi skanerli smartfon tayyorladi!

Xiaomi prezidentining ta’kidlashicha, ular mazkur texnologiya ustida yarim yildan oshiq ishlab kelmoqda. Ehtimol, uni namoyish kuni allaqachon ma’lum bo‘lgan yangi flagmanda ko‘rarmiz.

Google Play’da yirik tozalash: qo‘ng‘iroq va xabarlaringizni «ko‘ruvchi» ilovalar o‘chiriladi!

Bundan uch oy avval Google vakillari Google Play’ga o‘z ilovalarini joylagan dasturchilarga maktub yo‘llab, dasturlarini to‘g‘rilashlari uchun 90 kun muhlat bergan. Mana, belgilangan muddat keldi...

«Homilador» g‘iloflar: Apple ayfonlar uchun Smart Battery Case – g‘ilof-batareya sota boshladi!

Apple avval iPhone 7 va iPhone 6/6s uchun ham «ikkiqat» g‘iloflar chiqargan edi. Yangilari 2018 yilgi modellarga mos, Qi simsiz quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘lib, ikki xil: oq va qora ranglarda.

Terashop.uz’da iPhone narxlari (2019 yil 16 yanvar) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab eltib beriladi!

Buyurtma Toshkent shahrida 12 ish soati, viloyat markazlariga esa ikki ish kunida yetib boradi! Terashop.uz’da qulay to‘lov shakllari (naqd pul, terminal, Payme tizimi orqali elektron to‘lovlar) joriy etilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш