Apple va Microsoft – narxi $1,5 trln.ga yetgan ilk kompaniyalar!

Boshqa texnogigantlarning ham bozor bahosi ortib bormoqda. Hozirda Amazon kompaniyasining kapitallashuvi $1,3 trln.ga, Google’ga egalik qiladigan Alphabet shirkati kapitallashuvi $1 trln.ga yetdi.

Samsung loviyasimon simsiz quloqchini va yana bir devaysini Galaxy Note 20’lardan oldin chiqaradi (+video)

Quloqchin avgust boshida 150 dollardan pastroq narxda sotuvga chiqishini aytishyapti. Ehtimol, Galaxy Note 20 yoki Samsung buklamafonlaridan biriga oldindan buyurtma beruvchilarga undan qo‘shib ham berishar.

Xiaomi yana to‘rt xil smartfon egalarini global MIUI 12’ni o‘rnatib olishga chaqiryapti!

Ushbu smartfonlar egalari MIUI 12 Pilot Testing dasturida ishtirok etish uchun 16 iyungacha tegishli shaklni to‘ldirishlari va Telegram’dagi Mi Community Official guruhiga qo‘shilishlari lozim.

Android 11’ning ilk beta-talqini sakkizta smartfonga rasman taqdim etildi!

Bular – Android 11 Beta 1 operatsion tizim talqinigacha rasman yangilanadigan gadjetlardir. Tez orada dasturchilar uning asosida boshqa smartfonlar uchun ham norasmiy proshivkalar tayyorlashsa kerak.

Uzoq kutilgan Redmi 9 taqdim etildi – xususiyat va narxlari

Arzon bo‘lsa-da, unda kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC chipi, shuningdek, pult siftida qo‘llash uchun infraqizil port bor. MIUI 11 grafik qobig‘i ostidagi Android 10 operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi.

Samsung ikkita arzon smartfonini taqdimotdan avval Geekbench’da sinab ko‘rdi

Ikkala smartfonni ham eng so‘nggi – Android 10 operatsion tizimi bilan taqdim etishadi. Bulardan ikkinchisi shu oydayoq rasman namoyish qilinib, 300 dollar atrofidagi narxda sotilishi aytilmoqda.

Xakerlar butun dunyoda Honda zavodlarini to‘xtatib qo‘yishdi!

Markaziy serverlarga tushib, keyin esa butun korporativ tarmoq bo‘ylab tarqalib ketgan Snake/EKANS nomli tovlamachi dastur xodimlarning kompyuterlarini bloklab qo‘yib, ochish kaliti uchun to‘lov talab qilgan.

Zipcall orqali istalgan brauzerda videoqo‘ng‘iroq qila olasiz – SMS-tasdiqlash yoki registratsiya ham shartmas!

Undan foydalanish uchun smartfon yoki planshet, noutbuk yo kompyuterga biror dasturni yuklab olib o‘rnatish, unda ro‘yxatdan o‘tish, o‘z telefon raqamingizni taqdim etish kabi boshog‘riqlar umuman talab etilmaydi.

O‘tgan yili Google xitoylik kompaniyadan ko‘ra ko‘proq smartfon sotgan

IDC e’lon qilgan yangi hisobotga ko‘ra, qidiruv giganti uchun 2019 yil juda yaxshi kelgan.

Yer dumaloq, Galaxy Note 20 esa ...

Samsung o‘z strategiyasini qayta ishlab chiqishga qaror qilgani ko‘rinib turibdi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш