Apple ham, Microsoft ham emas: Tramp boshqa kompaniya TikTok’ni xarid qilishini ma’qulladi

  •   DiMaX
  •  607
  •  19.08.2020 15:39

Apple ham, Microsoft ham emas: Tramp boshqa kompaniya TikTok’ni xarid qilishini ma’qulladi

TikTok servisini sotib olish uchun Microsoft korporatsiyasi muzokara boshlagan, lekin unga Apple ham talabgor. Bu ikkalasidan tashqari, Hindistonning eng qimmat kompaniyasi ham uni xarid qilish uchun kurashga qo‘shilgan edi, shu orada...

O‘QING: TikTok’ning keragiyam yo‘q – hindlar uning analogini chiqarishdi!

Donald Tramp dastlab mazkur servisni agar Microsoft yoki boshqa bir kompaniya 15 sentyabrgacha sotib olmasa, TikTok «ketadi», deb aytgan edi. AQSh prezidentining keyingi qarorida esa uning muhlatini 12 noyabrgacha cho‘zgan, lekin yanada qattiq talablar qo‘ygan.

Keyingi kunlarda TikTok’ni xarid qilishga da’vogarlar safiga Oracle kompaniyasi ham qo‘shilgan edi. Tramp navbatdagi chiqishida uni «yaxshi kompaniya» degan va AQShda TikTok ilovasini aynan Oracle xarid qilishi mumkinligini aytgan.

Korporativ dasturiy ta’minot bozorining giganti bo‘lgan Oracle kompaniyasi TikTok uchun kurashga kirishgani haqida dastlab Financial Times nashri yozgan edi. Garchi AQSh prezidenti TikTok’ni aynan u sotib olishini istayotgan bo‘lsa-da, ByteDance internet-kompaniyasi hali mazkur biznesini kimga sotish borasida bir qarorga kelgani yo‘q.

O‘QING: Forbes ilk bor eng serdaromad TikTok yulduzlarini e’lon qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!