ASUS’ning 18 GB «operativka»li yangi geymerofoni tayyor: ROG Phone 5’dan farqlari

ASUS geymerofonlari hamisha AnTuTu servisining eng qudratli Android-flagmanlar reytinglarida yuqori o‘rinlarni olib keladi.

Har daqiqada 1733 dollar ishlab topayotgan yetti yillik bu o‘yin sizni ham qiziqtiradi!

Tarixdagi eng muvaffaqiyatli ko‘ngilochar loyihaga aylangan bu o‘yinni 2020 yilning o‘zidayoq 20 millionlik tirajda sotishgan. Taqdim etilganidan buyon sotilgan jami nusxalari esa 140 milliondan oshib ketgan.

Tiktokerlarni o‘ziga og‘dirish uchun YouTube ularning har biriga oyiga o‘n ming dollargacha to‘lamoqchi!

Foydalanuvchilar unga ko‘proq qiziqarli kontent joylashlari va o‘z auditoriyalarini shu servisga jalb etishlari uchun YouTube naq 100 million AQSh dollari miqdorida jamg‘arma ajratdi.

Allaqachon do‘konga chiqqan Mi Mix 4’ning ishlayotgan holdagi qayishqoq ekranini «jonli» videoda ko‘rsatishdi!

Weibo ijtimoiy tarmog‘ida ishlayotgan holdagi Xiaomi Mi Mix 4 ekranining «jonli» videosi tarqaldi. JD.com saytida allaqachon bu flagman uchun oldindan buyurtma ochildi.

Taniqli TikTok-blogerni va yonidagi qizni kinoteatrda otib ketishdi

Fojia qurbonlarini film seansi tugagach aniqlashgan: blogerning yonidagi qiz-do‘sti otib o‘ldirilgan, o‘zi esa, o‘q yegan esa-da, hali tirik bo‘lgan. Yarador holida kasalxonaga yetkazilgach, u ham jon bergan.

Xiaomi ikkita flagmaniga global MIUI 12.5 proshivkasini tarqatmoqda

Har ikkala smartfon uchun yangi apdeyt Android 11 operatsion tizim talqini bazasida tayyorlangan bo‘lib, v12.5.1.0 RJDMIXM raqami ostida tarqatilmoqda.

Axon 30 5G chiqdi: umuman ko‘rinmas selfi-kamerali smartfon 340 dollardan!

Snapdragon 870 chipli Axon 30 5G modeli 64 MPlik kvadrokamera, UFS3.1 toifali doimiy xotira, NFC moduli hamda tezkor xotirani kengaytiruvchi Memory Fusion Technology texnologiyasi bilan ham ta’minlangan.

Barcha davrlarning eng nufuzli 10 ta telefoni bilan tanishamiz

Siz bu telefonlarning qaysi birini ishlatgansiz?

TikTok’dagi yangi chellenjdan bolalar halok bo‘lmoqda!

Yaqinda o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, TikTok bolalar uchun eng xavfli ijtimoiy tarmoq deb topilgan edi. Unda tarqalgan yangi chellenj qurbonlari esa buning bejiz emasligini isbotladi.

Google 500 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

Jarima Google va Facebook singari onlayn platformalarga xalqaro bosim kuchayib borayotgan bir paytda amalga oshirildi.

Xiaomi blogerni sudga berib, jarimaga torttirdi

Sud erkakni 5,000 dollarga yaqin tovon puli to‘lashga va omma oldida kechirim so‘rashga majbur qildi.

4 000 dollargacha grantlar, FoBot roboti – Moskvadagi yosh robototexnik bilan suhbat

«Jahon standartidagi FoBot robotlardan tashqari, imkoniyati cheklangan bolalarga aqlli ko‘zoynak, protez qo‘llar, soqov va karlar uchun maxsus mimikani taniy oladigan qurilmalar ishlab chiqarish niyatim bor».

«Hidoyat sari» ilmiy-ma’rifiy onlayn telekanali ish boshladi

Bu haqda MTRK rahbari Alisher Xadjayev o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Internetda rasm sotib pul ishlashni o‘rganamiz! (1-qism)

Ushbu maqolalar turkumida fotolaringizni onlayn sotishda bilishingiz kerak bo‘lgan bir qator jihatlarni ko‘rib chiqamiz, fotografiyaga ixtisoslashgan biznesingizni reallikka aylantirishda kerak bo‘ladigan manbalar va biznes g‘oyalar taqdim qilamiz.

5 nanometrlik Snapdragon 888 Plus namoyish etildi – flagmanlar uchun eng zo‘r protsessor!

Qualcomm’ning yangi flagman platformasi 5 nanometrlik texnologik jarayon asosida tayyorlangan. Uning bazasidagi flagmanlarni Asus, Honor, Motorola, Vivo hamda Xiaomi allaqachon tayyorlashmoqda.

Gigant akkumulyatorli Galaxy M52 5G benchmarkda: hamyonbop smartfonda Snapdragon 888 flagmani?

Samsung uning bosh kamerasida 64 megapikellik asosiy modul hamda keng burchakli ob’yektivga ega bo‘lgan 12 megapiksellik datchik, selfi uchun esa 32 megapiksellik sensor qo‘llaydi.

Eng birinchi ayfon tezligini iPhone 12 bilan taqqoslab ko‘ramiz! («Jonli» test videosi)

O‘n to‘rt yilcha avval ilk iPhone nafaqat telefonlar industriyasini, balki butun dunyoni o‘zgartirgan edi. Hozirgi smartfonlarga nisbatan u judayam eski tuyulishi aniq, lekin amalda uning ishlash tezligi qanaqa?

4G chipli, videoqo‘ng‘iroq funksiyali smart-soat 58 dollardan sotuvga chiqdi!

Qurilma namlikdan himoyalangan, akkumulyator sig‘imi 900 mA/soat. Shuningdek, u o‘z egasiga turgan joyni aniq kuzatish va XiaoAI ovozli yordamchisidan foydalanish imkoniyatini beradi.

Jahon banki eksperti: «Markaziy Osiyoda internet qimmat va sifatsiz!»

Mintaqadagi beshta mamlakatdan uchtasida internetning tarqalish darajasi global o‘rtacha ko‘rsatkichdan past. Zamonaviy dunyoda esa internetga kirish endi shunchaki zaruriyat emas, balki inson huquqidir.

Maqtovli o‘yin, nihoyat, Android-qurilmalarga ham chiqdi: boshida bepul o‘ynang!

Yaxshi tomoni shundaki, geymerlar uni kompyuter yoki konsollarda o‘ynab kelayotgan bo‘lsalar, saqlab qo‘yilgan o‘yinlarini mobil variantga ko‘chira oladilar.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш