Samsung hamyonbop Galaxy A turkumida to‘rtta modelini taqdim etdi – ikkitasi 5G-smartfon!

Kompaniya o‘rta narxli to‘rtta smartfonini shov-shuvlarsiz namoyish qildi. Aniqrog‘i – bulardan uchtasi avvalroq chiqqan modellarning boshqacha – global hamda 5G-versiyalari, bittasi tom ma’noda yangi telefondir.

Huawei uchta arzon 5G-flagman tayyorladi – taqdimot kuni va narxlari

Ushbu turkumga Huawei Nova 7, Nova 7 SE hamda Nova 7 Pro smartfonlari kiradi va ular turli protsessorlar bazasiga qurilgan. Bulardan ikkinchisi bozordagi eng arzon 5G-smartfon bo‘ladi.

Xiaomi Mi 10 Lite – kvadrokamerali hamyonbop 5G-flagman namoyish etildi!

Smartfonning akkumulyatori 4160 mA/soatlik, u 20 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvat oladi. Xiaomi unga kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC modulini ham o‘rnatgan.

Redmi Note 9 5G ham tayyor: atigi 140 dollarlik 5G-smartfon tezkor quvvatlana oladi!

Xiaomi o‘z yurtida Redmi K30 4G modelini savdodan olib tashlab, o‘rniga mana shu Redmi Note 9 5G modelini chiqaradi. U esa atigi 140 dan 210 dollargacha narxi bilan dunyodagi eng arzon 5G-smartfon bo‘ladi.

Redmi K30 Pro va uning Zoom Edition versiyasi chiqdi: eng zo‘r chipsetli arzon 5G-smartfonlar! (+video)

24 mart kuni Xiaomi onlayn taqdimot marosimini o‘tkazdi. Unda bir qator gadjetlar namoyish etilgan bo‘lsa-da, eng asosiysi – Redmi K30 Pro hamda Redmi K30 Pro Zoom Edition flagmanlari edi.

Redmi K30 Pro: rasmiy taqdimot vaqti, AnTuTu testi videosi, «Forsaj 9»dagi ishtiroki va ilg‘or jihatlari!

Bu flagman eng ilg‘or Snapdragon 865 chipseti va yangicha – LPDDR5 tezkor xotirasidan tashqari, avval taxmin qilinganidek UFS 3.0 emas, balki hozirda eng tezkor bo‘lgan UFS 3.1 turidagi doimiy xotiraga ega!

Xiaomi narxi 285 dollardan oshuvchi barcha 4G-smartfonlarini yo‘q qilmoqchi!

285 dollardan qimmat 4G-smartfonlar ro‘yxatida 108MP kamerali ilk modeli – Mi CC9 Pro ham bor. Uning global versiyasi – Mi Note 10 modeli esa «Xiaomi’ning eng mustahkam smartfoni», deya tan olingan.

Nubia Red Magic 5G sotuvga chiqdi: 144 Gs ekran va 16 GB «operativka»li ilk smartfon!

Bu o‘sha – Xiaomi korporatsiyasi «Sayyoramizdagi eng qudratli smartfon» deya maqtagan Black Shark 3 geymerofonini AnTuTu’da tor-mor etgan qurilmadir.

Kirin 990 5G chipli qimmat buklamafon – Huawei Mate Xs namoyish qilindi (+«jonli» video)

Mazkur smartfon 8 gigabaytlik tezkor va 512 gigabaytlik ichki xotira, 40 + 16 + 8 megapiksellik kamera hamda suratga olinayotgan sahna chuqurligini o‘lchovchi TOF-kamera bilan ta’minlangan.

Realme X50 Pro 5G sotuvda: Xiaomi Mi 10 raqibi undan arzon va atigi 35 daqiqada quvvatga to‘ladi!

Realme X50 Pro 5G old kamerasi qo‘shaloq – 32 va 8 megapiksellik datchiklardan iborat. Bosh kamera esa to‘rttalik bo‘lib, 20 karra zumga ega va asosiy moduli 64 MPlik sensordir.

Xiaomi Mi 10 Pro kamerasida olingan... Xiaomi Mi 10 Pro surati chiqdi!

Shuningdek, ushbu cmartfonning asosiy texnik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar batafsil aks ettirilgan ilk skrinshotini ham e’lon qilishgan.

Ilk «jonli» surati Galaxy S20+ 5G’ning antiqa jihatini fosh etdi

Darvoqe, standart flagman Galaxy S20 deb, uning «og‘a»si esa an’anaga ko‘ra Galaxy S20+ deb nomlanmoqda. Biroq ularning uchinchisi kutilganidek Galaxy S20e emas, balki Galaxy S20 Ultra deb atalyapti!

Xiaomi hali taqdim etmagan Mi 10 5G sotuvga chiqdi: narxi va jihatlari bilan tanishing!

«Xitoycha Apple» direktori avvalroq Xiaomi Mi 10 hamda Mi 10 Pro smartfonlarining muhim jihatlarini ochiqlagandi. Shuningdek, standart flagmanning AnTuTu benchmarkidagi rekord natijasi ham e’lon qilingan.

Bir yilda 500 foizga o‘sgan rekordchi brend birinchi bo‘lib 4G-smartfonlardan voz kechadi!

2018 yilning 3- choragida sotilayotgan smartfonlar soni bo‘yicha 47-o‘rinda bo‘lgan kompaniyasi 4-chorakdayoq 15-o‘ringa ko‘tarilib olgach, 2019 yil 2-chorakda eng muvaffaqiyatli smartfonsozlar o‘ntaligiga kirgan.

5G vasvasasi: Redmi K30 5G ikki soatdayoq talash bo‘ldi!

Haliyam uning eng qimmat – 375 dollarlik variantini taklif etishmoqda va shuyam talash bo‘lyapti. Yanada arzon – 285 va 330 dollarlik variantlari esa hali 14 yanvardagina sotuvga chiqadi.

Samsung 2019-yilda nechta 5G smartfon sotgani ma’lum bo‘ldi

Samsung 2019 yilda nechta 5G smartfon sotgani ma’lum bo‘ldi

Xiaomi’ning eng kutilayotgan flagmanini ishlayotgan holida ilk bor «jonli» ko‘ramiz!

Mi Mix Alpha modeliga o‘xshash Mi Mix 4 bosh kamerasi besh modulli, ammo ekranida old kamera uchun tirqish yoki kemtik yo‘q – aftidan, unda chindan ham «yashirin kamera texnologiyasi» qo‘llangan.

Dimensity 1000 protsessorli ilk 5G-smartfon – Oppo Reno 3 taqdim etildi

Chipset jamlanmasida 5G-modem ham mavjud. Smartfon taqdimot tadbirida uning qudratini ko‘rsatish uchun beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida o‘yin o‘ynab hamda Full HD formatida videoqo‘ng‘iroq qilib ko‘rsatishdi.

«Qualcomm, nariroq suril!» – MediaTek ikkinchi 5G-protsessorini taqdim etdi

Xususiyatlariga qaraganda, Dimensity 800 amerikalik chipsozning Snapdragon 765/765G protsessorlari bilan bellasha oladi; ammo hali uni benchmarklarda tekshirib, imkoniyatlarini baholab ko‘rsatishmagan.

Redmi K30 5G’ning munosib raqibini Samsung tayyorlayapti

Qualcomm Snapdragon 765G protsessori qo‘llanayotgani bois, ushbu smartfon nisbatan arzon bo‘ladi. Qolaversa, Samsung unga yaxshi kamera o‘rnatsa kerak – kamida Redmi K30 darajasida.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш