Atigi 289 dollarlik 5G-smartfon iyundayoq chiqadi va keyin u 145 dollargacha arzonlashadi!

China Mobile keng xalq ommasi uchun eng arzon 5G-smartfonni tayyorlamoqda. O‘ziyam uning taqdimoti yaqin – keyingi oydayoq bo‘lib o‘tadi!

Qualcomm ham «damini olsin»: hamyonbop MediaTek Helio M70 5G protsessori taqdim etildi!

MediaTek Helio M70 5G yetakchi chipsoz – Qualcomm’ning ayni damdagi barcha protsessorlaridan ham kuchlidir! Uning tarkibiga kirgan 5G-modem 6 GGs.dan past diapazonlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

«Galaktika olov ichida»: Galaxy S10 5G o‘z-o‘zidan portlab ketdi, Samsung esa jim!

Foydalanuvchining aytishicha, Galaxy S10 5G uning qo‘lidan tushib ketib, tezda alanga olgan. Samsung esa mijozga uni almashtirib berish yoki kompensatsiya taklif etmagan.

AnTuTu’da yangi rekord: ZTE Axon 10 Pro 5G bunga qanday erishdi?

Axon 10 Pro 5G o‘zining eng tezkor smartfon bo‘layotganini namoyish etgan – u hatto kuni kecha mazkur benchmarkda barcha flagmanlarni yenggan yurtdoshidan ham yuqori natija ko‘rsatgan!

Apple bilan Qualcomm o‘zaro yarashib, Intel va Huawei’ni «o‘yindan chiqarishdi»

2020 yildan boshlab chiqariladigan ayfonlar Qualcomm kompaniyasining 5G-chiplari bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.

«Jonli» video: Galaxy S10 5G tezligi va boshqa xususiyatlarini iPhone XS Max bilan solishtirib ko‘rsatishdi!

Testda internet tezkorligi, Fortnite va PUBG o‘yinlarining ishlash, Geekbench, Chrome va boshqa ilovalarning ochilish tezligi, asosiy va old kameralarining ishlashi, autentifikatsiya tizimi kabilar tekshirilgan.

Apple kelajak iPhone’lari uchun 5G-modemlarni AQShning dushmanidan olmoqchi!

Apple bilan sudlashib yurgan Qualcomm unga Snapdragon X55 chipini sotmasligi ma’lum, Samsung esa modemlarini o‘zining Galaxy S10 5G superflagmanidan orttira olmasligini aytgan.

Eng katta va tezkor flagman, ammo eng qimmati emas: Galaxy S10 5G narxi aniq bo‘ldi!

Janubiy Koreya nashrlari Galaxy S10 5G superflagmanining aniq narxlarini aytishdi. U birinchi bo‘lib o‘z vatanida, 5 aprelda sotuvga chiqadi, 26 aprelda esa uni AQSh bozoriga ham taqdim etishadi.

Galaxy S10 5G o‘z kuchini ko‘rsatdi: atigi 30 soniyada 10 GB kontent!

Testlar jarayonida Samsung Galaxy S10 5G yuksak tezlikda – soniyasiga 2,63 Gbit ma’lumot almasha olishini namoyon etdi.

«Jonli» video: bitta Mate X narxiga uchta buklama 5G-smartfon – Energizer Power Max P8100S olish mumkin!

Android 9.0 Pie tizimli bu 5G-smartfon Snapdragon 855 chipi, 8/256 GB xotira, 48+12 MPlik bosh va 24 MPlik old kameraga ega. Akkumulyatori esa buklama gadjetlar uchun rekord darajada – 10 000 mA/soatlik!

Samsung’ning ilk 5G-smartfoni – 6 kamerali Galaxy S10 X narxi, savdoga chiqish kuni va jihatlari e’lon qilindi!

Galaxy S10 X nomidagi «X» qismi Galaxy turkumidagi smartfonlarning o‘n yilligini anglatadi. Shuningdek, u «eXperience» («tajriba») hamda «eXpand» («kengayish, kengaytma») so‘zlariga ham ishora qiladi.

OnePlus 7 yangi va «jonli» rasmlarda: 5G modulli, romsiz ekranli slayder!

OnePlus 7 eng kuchli – Snapdragon 855 protsessoriga, 10/512 GB xotiraga ega. Uning simsiz quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘lishi, modifikatsiyalaridan biri 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashi ham aytilgan.

«To‘rtko‘z» OnePlus 7: sirli 5G-smartfonning ilk «jonli» rasmi va texnik xususiyatlari!

E’lon qilingan fotosurat OnePlus kompaniyasining allaqanday yopiq yig‘ilishida olingani ko‘rinib turibdi.

SYuRPRIZ: Mi Mix 3 taqdimotida Xiaomi aytmagan yoqimli sir fosh bo‘ldi!

Snapdragon 855 chipi kuni kecha rasman namoyish etilgach, uning bazasidagi ilk smartfon ham darrov e’lon qilindi. Eng qizig‘i, bu – allaqachon rasman taqdim etilgan Mi Mix 3 flagmani bo‘lib chiqdi!

Xiaomi Mi Mix 3s: suratlari, taqdimot vaqti, narxi va texnik jihatlari

Romsiz ekrani daktiloskopli Mi Mix 3s flagmanining tezkor xotirasi 8 dan 12 gigabaytgacha, doimiy xotirasi esa 128 gigabaytdan naq 1 terabaytgacha hajmli bo‘ladi!

Nihoyat, ilk 5G-smartfon – Xiaomi Mi Mix 3 taqdim qilindi: atigi 475 dollardan boshlanuvchi, rekord «operativka»li flagman!

Xiaomi Mi Mix 3 – dunyodagi ilk 5G-smartfon, yana u rekord darajadagi tezkor xotirasi, butkul romsiz ekrani, kuchli to‘rtta kamerasi va boshqa jihatlari hamda arzon narxi bilan ham maqtansa arziydi!

Xiaomi Mi Mix 3 chindan ham Snapdragon 855 (Snapdragon 8150) protsessorli bo‘ladi!

Elektronika mahsulotlari do‘koni «menyu»sida ko‘rsatilgan hafta «taom»i – Mi Mix 3’ning eng qiziqarli «masallig‘i» – Qualcomm kompaniyasining eng zo‘r, yangi avlod Snapdragon 855 protsessoridir.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш