4200 dollarlik 5G-smartfon savdoga chiqdi, VIP-xizmatlari bilan!

«Osmon osti saltanati»da unga yetarlicha xaridor chiqishi tayin; axir, kompaniyaning avvalgi – 2300 dollarlik smartfonini 5 daqiqadayoq talashib tugatishgandi!

Yilning eng zo‘r selfifoni sotuvga chiqdi: chegirma va muddatli to‘lov

Har ikkala smartfon Kirin 990 chipi, 4000 mA/soatlik akkumulyator bilan jihozlangan. Displeyga o‘yilgan old kamera 32 va 8 MPlik, bosh kamera esa 40, 8 va 8 MPlik datchiklarni o‘z ichiga olgan.

Rekordchi 5G-smartfonlarning ham namoyish kuni aniq (+video)

Reno 3 smartfoni MediaTek kompaniyasi yaqinda taqdim etgan Dimensity 1000 protsessoriga asoslangan. Yanada ilg‘or – Reno 3 Pro versiyasi bo‘lsa Qualcomm Snapdragon 765G chipseti bazasiga qurilgan.

Orziqib kutilgan Redmi K30 namoyish qilindi: 5G-versiyasi atigi 285 dollardan!

Redmi K30 smartfoni Qualcomm kompaniyasining 7 nanometrlik Snapdragon 765G protsessori bazasiga qurilgan. Uning ekrani diagonaliga 6,67 dyuymlik, tomonlari o‘zaro 20:9 nisbatda.

DxOMark’ning yangi reytingida Huawei hali taqdim etmagan 5G-smartfon rekord o‘rnatdi!

Yaqindagina DxOMark eng zo‘r selfifonlar reytingini taqdim etgan edi. Huawei Nova 6 5G esa undagi liderlar – Galaxy Note 10+ 5G, Huawei Mate 30 Pro hamda Google Pixel 4 flagmanlarini ham dog‘da qoldirdi!

Redmi K30 – ikkita jihatdan dunyoda birinchi smartfon! (+«jonli» surat)

10 dekabrdagi marosimda mazkur 5G-flagmandan tashqari, Redmi brendining ilk smart-kolonkasi hamda routeri, shuningdek, Mi Mix 4 hamda Pocophone F2 flagmanlarining ham namoyish qilinishi kutilmoqda.

Redmi K30 haqidagi yangi xabar hafsalani pir qildi!

Redmi K30 taaqdimot tadbirida yana brendning ilk smart-kolonkasi hamda routeri ko‘rsatilishi, shuningdek, Mi Mix 4 hamda Pocophone F2 flagmanlarining ham namoyish qilinishi kutilmoqda.

«Undan nimam kam!?» – Xiaomi ham 140 dollarlik 5G-smartfonlar va’da qilyapti

Kuni kecha Honor rahbari mazkur brend ostida 280, 210 va hatto 140 dollarlik 5G-smartfonlar tayyorlanishini aytgan edi. Hamyonbop smartfonlari bilan mashhur bo‘lgan Xiaomi ham bunga jim qarab tura olmadi.

Atigi 140 dollarga 5G-smartfon olasizmi?

Honor imkon qadar ko‘proq foydalanuvchilarni 5G tarmog‘iga jalb etmoqchi. Bu maqsadda u 280, 210 va hatto 140 dollarlik 5G-smartfonlar tayyorlaydi. Shulardan birinchisi bozorga kelasi yildayoq chiqariladi.

10 dekabrda Xiaomi nafaqat Redmi K30, balki Pocophone F2 va Mi Mix 4’ni ham taqdim etishi mumkin!

Redmi K30 ikki xil – 5G-modemli va usiz variantlarda 10 dekabrda taqdim etilishi ma’lum. Xiaomi ushbu matbuot anjumaniga bag‘ishlab tayyorlagan rasmiy reklama posterida esa boshqa gadjetlar nomlari ham bor!

Samsung’ning buyuk yolg‘oni: dekabrda chiqayotgan Galaxy S10 Lite – umuman yangi smartfon emas ekan!

FCC ma’lumotlar bazasida paydo bo‘lganiga qaraganda, Galaxy S10 Lite modelini uni dekabrdayoq namoyish etib, sotuvga ham chiqarishadi. Lekin taniqli insayder uning umuman yangi smartfon emasligini aytmoqda.

Honor V30 Pro flagmani taqdimotdan avval AnTuTu’da hayratga soldi!

To‘g‘ri, Honor V30 Pro to‘plagan 476 480 ballni rekord deb bo‘lmaydi, lekin bu baribir zo‘r natija. Mazkur devays samaradorligiga ko‘ra Huawei Mate 30 Pro flagmaniga teng/

Samsung W20 5G – kompaniyaning ikkinchi buklamafoni namoyish etildi

Ikkinchi buklamafon Snapdragon X50 modemli Snapdragon 855 Plus protsessori bazasida ishlaydi. Shuningdek, tashqi elementlarida ham farqlar bor – ular Galaxy Fold’ga nisbatan takomillashtirilgan.

Xiaomi rahbari Redmi K30 taqdimoti haqidagi bahslarga nuqta qo‘ydi

MIDC 2019 konferensiyasida ishtirok etayotgan Ley Szun kompaniyaning Redmi K30 smartfoni haqida ham ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, u Xiaomi kamida o‘nta 5G-smartfon chiqarishini ham tasdiqlagan.

Xitoyda standart iPhone 11’dan ham arzon iPhone 11 5G rasman sotilyapti!

Ushbu maxsus 5G-ayfon hatto oddiy iPhone 11’dan arzonroqqa sotilyapti! Qiziq-a: baribir 5G-modemi yo‘q bo‘lgan smartfon qanaqasiga beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ishlashi mumkin!?

Nihoyat, Huawei ham 5G-buklamafonini sota boshladi, lekin kutilganidan ham qimmat!

Mate X 5G’ning ushbu versiyasi Kirin 980 chipsetiga tayanadi, u Huawei’ning o‘z ishlanmasi bo‘lmish 5G-modem – Balong 5000 chipi bilan to‘ldirilgan.

«Bozorni portlatuvchi» 5G-smartfon va uning protsessori taqdimot kuni aytildi

MediaTek MT6885 protsessorli birinchi flagman Redmi K30 bo‘lishi ma’lum. Shundan kelib chiqsak, 26 noyabr kuni Xiaomi hamda MediaTek kompaniyalari qo‘shma anons o‘tkazishlari ehtimoli yuqori.

Barcha modellardagi Galaxy S11’larning ekran o‘lchamlari va yana ikkita zo‘r jihati ma’lum bo‘ldi

Taniqli insayder Evan Bless o‘zining Twitter akkaunti orqali Galaxy S11 smartfonlari haqida navbatdagi ma’lumotni e’lon qildi. Odatda uning prognozlari hamisha to‘g‘ri chiqadi, garchi norasmiy bo‘lsa-da.

Huawei Mate 30 5G flagmanlari savdoga chiqib, 1 daqiqadayoq 1 milliardlik sotildi!

Huawei Mate 30 turkumini Xitoyning o‘zida xaridorlar juda yaxshi qarshi olishgan. Mate 30 hamda Mate 30 Pro modellari savdoga chiqqanidan so‘ng bir haftaga yetmasdan, ular bir million donadan oshiq sotilgan.

Samsung yo‘l berdi: Exynos 980 protsessorli ilk 5G-smartfonni xitoyliklar chiqarishyapti! (+video)

Maxfiy tadbirdan olingan «jonli» suratlar ushbu 5G-smartfon xususiyatlari haqida ham ma’lumot beradi. Ularga ko‘ra, gadjetning bosh kamerasi uch modulli, old kamerasi esa korpus ichidan chiqadigan bo‘ladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш