Nokia 3310 qaysi jihatiga ko‘ra Google Pixel’dan o‘zib ketdi?

Marketing tadqiqotlari bo‘yicha jahonda yetakchi IDC kompaniyasi yaqinda 2017 yilgi telefon bozori bilan bog‘liq tadqiqotlari natijalarini e’lon qildi.

Uch modulli kameraga ega Huawei P20 Plus’ning ilk «jonli» surati chiqdi!

Surat aynan qayerda tushirilgani ma’lum qilinmagan, bu qanaqadir ko‘rgazmaga o‘xshaydi. Smartfonning xususiyatlari yozilgan varaqda esa iPhone X’dan keyin ilk «kemtik»li ekranni yaratgan BOE logotipi mavjud.

Orziqib kutilayotgan Nokia 9’ni «jonli» suratlarda ko‘ramiz!

SlashLeaks resursi mazkur smartfonning «jonli» fotosuratlarini tarqatdi. Ushbu tasvirlar Nokia 9 haqidagi avvalgi insayderlik ma’lumotlarini tasdiqlaydi.

Xiaomi smartfonlarining kredit bo‘yicha narxlari (2018 yil 13 fevral)

Kreditga olish mumkin bo‘lgan Xiaomi smartfonlari narxlari bilan tanishing. Narxlar so‘mda, to‘lovlarni esa plastik karta yoki onlayn to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish imkoni ham mavjud.

Xiaomi yana bitta – kamerasi iPhone X’dagidek bo‘lgan smartfon taqdim etyapti!

Redmi Note 5 Pro’ning bosh kamerasi 12 va 5 megapikselli sensorlardan iborat, ular o‘rtasida LED-chaqnoq o‘rin olgan. 20 megapikselli old kamerasi esa Selfie-light turiga mansub LED-chaqnoqqa ham ega.

Mate X – Huawei’ning yana bir flagman smartfoni!

Bu smartfon iPhone X superflagmaniga o‘ziga yarasha javob bo‘lishi ham mumkin. Uning taqdimoti Mobile World Congress 2018 ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazilishi ehtimoli yuqori.

YouTube-kanalimizga qo‘shiling – MDC Prime Lite videotavsifi joylandi!

MDC Prime Lite – o‘ziga xos dizayndagi metall va shisha korpusli, daktiloskopik skanerga va qo‘shaloq kameraga ega hamyonbop 4G-smartfonning videotavsifini YouTube-kanalimizda ko‘ring.

Xiaomi Mi 7 har tomonlama suratlar va videoda!

Ushbu flagman faqat tepa va past qismida ozgina romi bo‘lgan to‘liq ekranli dizaynga ega. AMOLED texnologiyasiga ko‘ra ishlangan displeyning o‘ziga barmoq izi skaneri integratsiya qilingan.

Meizu’ning yubiley smartfoni ham uch xil versiyada chiqadi!

Meizu 15 versiyasi 475, «plyusli»si esa 550 AQSh dollariga baholanishi kutilmoqda. Meizu 15 Lite versiyasi haqida esa hozircha mutlaqo hech nima ma’lum emas.

Redmi Note 5’ning rasmiy video-tizerini tomosha qilamiz

Videolavha «jonli» tizer tarzida ishlangan, Xiaomi unda Redmi Note 5 modelining 18:9 nisbatli romsiz ekraniga ahamiyat qaratgan va to‘liq ekranli telefonga ega bo‘lish qanchalik zo‘r ekaniga urg‘u bergan.

Romsiz Huawei P20 Lite’ning har tomonlama «jonli» suratlari va videosi tarqaldi

Turli manbalardan Huawei P20 Lite haqidagi ma’lumotlar, uning videosi va turli tomonlaridan olingan «jonli» suratlari ham «sizib» chiqdi. U iPhone X dizaynerlik yechimlaridan ayrimlarini o‘zlashtirgan.

Xiaomi tayyorlayotgan – skanerli displeyga ega, 256 GB xotirali smartfonni tomosha qilamiz!

Mi MIX 2S daktiloskopik datchikli Full Screen Dislay 3.0 displeyining burchagida kamera uchun «kemtik» ochilgan, u 8 yadroli protsessorga va 8/256 GB xotiraga ega.

Xiaomi smartfonlarining narxlari (2018 yil 9 fevral)

Ushbu smartfonlarning barchasiga bir yillik kafolat muddati beriladi. Mazkur xaridingizni O‘zbekiston hududi bo‘ylab yetkazib berish bo‘yicha qo‘shimcha xizmatimiz ham mavjud.

Artel telefonlarini qulay narxlarda oling! (2018 yil 9 fevral)

Mazkur Artel telefonlari bir yillik kafolat muddatiga ega. Ular uchun to‘lovlarni naqd pul vositasida, plastik kartochka yoki onlayn to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish imkoni bor.

Ikkita ekran nimasi!? LG uchta sensor ekranli buklama smartfon patentladi!

Gadjetni «yoyib», uning panellaridagi displeylarni bitta ulkan ekran sifatida birlashtirish mumkin. Shuningdek, ikkita qismini bittasining orqasiga buklab, faqat bitta displeydan foydalansa ham bo‘ladi.

Huawei P20’lar taqdimotiga taklifnoma tarqatyapti – unda P20’larning uch modulli ekaniga shama qilgan

Taklifnoma tasviri fonida yarim shaffof tusda uchta halqa tushirilgan. Shuningdek, uning matni ichida, «see mooore with AI» jumlasidagi ikkinchi so‘zda bitta yoki hatto ikkita ham emas, naq uchta «o» mavjud.

iPhone X bilan 99 foizga bir xil ilk smartfon 240 dollardan taqdim etildi

Android 7.0 Nougat tizimli OWWO X smartfoniga 2,5 GGs chastotada ishlovchi naq 10 yadroli, 64 bitlik MediaTek protsessori qo‘yilgan. Ushbu klon 3/32 GB xotira va 3180 mA/soatlik batareyaga ega.

Xiaomi smartfonlarida sifatli suratga olish uchun kamerani qanday sozlaymiz?

Rasm yaxshi chiqishi qurilma kamerasiga, texnik va dasturiy ta’minotiga, shuningdek, sozlamalariga ham bog‘liq. Ammo har qanday Xiaomi smartfonida ham sifatli suratga olish uchun kamerani to‘g‘ri sozlash muhim.

Taqdim etilmagan Galaxy C10 Plus xususiyatlari benchmarkda «ko‘rindi»!

Smartfon uchun Android 7.1.1 talqini tanlangan. Uning Adreno 512 grafik chipiga ega Snadragon 660 protsessori va 4/64 gigabaytlik xotirasi esa tizimni ham Oreo talqinigacha yangilash mumkinligini anglatadi.

iPhone X’ning chorak narxida uning ilk haqiqiy «kushanda»si namoyish etildi!

UMIDIGI Z2 naq 7000 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lib, unga tezkor quvvatlash funksiyasi ham tatbiq etilgan. Mazkur quvvat toshi evaziga u iPhone X’dan ko‘ra 2,5 karra uzoqroq avtonomlikka ega.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш