Samsung Galaxy S8’ning uchta romsiz raqibi – katta chegirmada!

Koreyalik gigantning Galaxy S8 smartfoni bilan bellasha oladigan uchta model ham kuni kecha boshlangan aksiya doirasida 31 oktyabrgacha yirik chegirmalar bilan sotuvga qo‘yilgan.

Taqdimotidan avval OnePlus 5T’ni sotuvga qo‘ygan sotuvchi uning sirlarini ham «sotib qo‘ydi»

6 dyuymli, Full HD+ sifatli Optic AMOLED-displeyga ega OnePlus 5T’ga Sony IMX398 va IMX350 sensorlari bazasidagi 20+16 MPlik qo‘shaloq asosiy kamera va Sony IMX371 bazasidagi MPlik old kamera o‘rnatilgan.

Google allaqachon Pixel 3 smartfonlarini tayyorlamoqda

Google Pixel 3 turkumidagi qurilmalar Crosshatch, Albacore va Blueline kodli nomlari ostida tayyorlanmoqda: ikkitasi 2018 yilning flagmanlari, uchinchisi esa o‘rta narx toifasiga mansub smartfon bo‘ladi.

Samsung Galaxy S9 «sun’iy idrok»li protsessorga ega bo‘ladi

Bu texnologiya sharofati bilan smartfonlar xuddi insonlardek o‘rgana oladigan, o‘ylaydigan va ko‘radigan bo‘ladi.

«Malika»da Xiaomi smartfonlarining so‘mdagi narxlari (2017 yil 23 oktyabr)

«Xitoycha Apple»ning Mi hamda Redmi turkumlariga oid modellariga «Malika» savdo markazi do‘konlaridagi so‘mda belgilangan narxlarni ma’lum qilmoqdamiz.

Xiaomi Redmi Note 5 sirlari ochildi, suratlari sochildi!

Smartfonning asosiy kamerasi 12, old kamerasi esa 5 megapiksel sig‘imga ega. Akkumulyatori ham chakki emas – sig‘imi 4 000 mA/soat. Uning operatsion tizimi sifatida Android 7.1.2 Nougat ko‘rsatilgan.

Dumaloq displeyli ilk smartfon – Meizu X2 suratlari tarqaldi

Kuni kecha internetga «sizib chiqqan» ma’lumotlar – Meizu X2 suratlari bizga shu paytgacha ko‘rilmagan qiyofadagi smartfonni namoyon etadi.

18:9 ekranli Xiaomi Redmi 5 (Plus)’ning haqiqiy suratlari tarqaldi

Redmi 5 va Redmi 5 Plus smartfonlarining narxlari 150 AQSh dollaridan boshlanishi taxmin qilinmoqda. Xususiyatlari shunga yaqin bo‘lgan raqobatchi – Honor 7x devaysining narxi esa 198 dollardan boshlanadi.

Huawei allaqachon buklama smartfon prototipini yaratibdi!

Ayni damda tayyor bo‘lgan prototip o‘rtasida ozgina chegarasi mavjud bo‘lgan ikkita displeyga ega. Bu esa ishlab chiqaruvchini qoniqtirmayapti va Huawei shu chegaradan ham butkul qutulib, bitta yaxlit buklama ekranni yaratmoqchi.

Atigi 80 dollarga Android’da ishlovchi to‘rt kamerali iPhone X chiqyapti!

Hotwav Symbol S3 smartfoni Android 8.0 Oreo tizimida ishlaydi va original iPhone X’dan naq 16 baravar arzon turadi!

Samsung smartfonlari ham arzonlashyapti, «Malika»dagi so‘mdagi narxlar bilan tanishing! (2017 yil 21 oktyabr)

Bugungi narxnomamizda sizni quvontiruvchi bitta jihat – Samsung’ning smartfonlari narxlari birmuncha tushayotgani bo‘lsa, ikkinchi quvonarli holat – bir qator yangi modellari ham ro‘yxatga qo‘shilganligidir.

Xiaomi Redmi Note 5 benchmarkda testdan o‘tdi, lekin natijalar shubhali...

Geekbench benchmarkida aks ettirilgan ushbu test natijalari qanaqadir g‘alati, ishonarsizroq. Nomuvofiqliklar asosan Xiaomi Redmi Note 5’ning protsessori bilan bog‘liq.

ZEISS kamerali Nokia 7 taqdim etildi: ajoyib dizayn qulay narxda! (+video)

Nokia 7 asosiy va old kameralarni baravar qo‘llagan holda foto va video tasvirga ola biladi. OZO texnologiyasi esa «360-darajali» ovoz yozish imkonini beradi.

LG V30 smartfoni tig‘ va olov sinovida! (video)

LG V30 mustahkamligi chakkimas – shishasi tirnalishlarga chidamliligi ko‘pchilik smartfonlardan qolishmaydi. Uni qo‘l bilan qiyshaytirish ham qiyin – korpusi ancha baquvvat chiqdi. Lekin yondirib ko‘rilganida...

Samsung smartfonlariga «Malika»da so‘mda belgilangan narxlar (2017 yil 19 oktyabr)

Samsung’ning ayrim smartfonlariga «Malika» savdo majmuasi do‘konlarida so‘mda belgilangan narxlar bilan tanishamiz.

Nokia 9’ning yangi videosi chiqdi

2018 yilning boshida taqdim etilishi kutilayotgan bu modelning dizaynini mazkur videoda batafsil tomosha qilishingiz mumkin.

Samsung inqilobiy smartfonini bilakka taqiladigan qilmoqchi

Chizmalarni ko‘rsatishicha, taqiluvchi gadjetning displeyi nafaqat qiyshayishi, balki buralishi ham mumkin! Bular Samsung o‘zining inqilobiy smartfonini bilakka taqishga moslashtirayotganidan darak beradi.

Nokia ertagayoq yangi smartfonini namoyish etmoqchi!

Ushbu tadbir Nokia brendining hozirgi sohibi vatani – Xitoyda bo‘lib o‘tadi. Unda taqdim etiladigan Nokia smartfonini esa Xitoydagi yirik chakana savdo tizimlaridan biri orqali xarid qilish mumkin bo‘ladi.

Birinchi buklama smartfon – ZTE Axon M taqdim etildi! (+video)

Smartfon-transformer ikkita 5,2 dyuymli, Full HD-displeyga ega. Uni ikki tomonga – ekranlarni ichkarida yoki tashqarida qoldirib ham buklasa bo‘ladi. Ochilganida u 6,75 dyuymlik ekranli planshetga aylanadi.

HTC’ning sirli taklifnomasi: romsiz U11 Plus taqdim etiladi

Reklama tizeridagi yozuvlar va sanalar, shuningdek, ulkan U harfi shundan darak bermoqdaki, HTC kompaniyasi 2 noyabrdayoq o‘zining yangi – U11 Plus smartfonini taqdim etadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш