EKSKLYuZIV: taqdim etilmagan Galaxy A5 (2018) va Galaxy A7 (2018) suratlari hamda videosi chiqdi

Rasman taqdim etilmagan Samsung Galaxy A5 (2018) hamda Galaxy A7 (2018) modellarining 3D-grafika asosida yaratilgan render suratlari va videosi tarqaldi. Ularning ayrim texnik xususiyatlari ham ma’lum.

Xiaomi’ning «Malika»ga yangi kelgan smartfonlariga so‘mda belgilangan narxlar (2017 yil 16 oktyabr)

Xiaomi kompaniyasining «Malika» do‘konlariga yangi kelgan smartfonlariga so‘mda belgilangan narxlar bilan tanishing.

Hamyonbop, ammo kuchli Galaxy J7 Core taqdim etildi

Samsung Galaxy J7 Core ko‘proq, qimmatbaho smartfonlarni «cho‘ntagi ko‘tarmaydigan» mobil fotografiya ishqibozlariga mo‘ljallangan.

Galaxy J2 (2017): trafikni tejovchi hamyonbop 4G-smartfon taqdim etildi!

2017 yilgi Galaxy J2 modeliga diagonali 4,7 dyuymlik, 960x540 pikselli Super AMOLED-displey o‘rnatilgan. U Samsung’ning o‘z mahsuloti – to‘rt yadroli Exynos 3475 protsessori bazasida ishlaydi.

Xiaomi Mi 6C – flagmanning hamyonbop «qo‘shko‘z» talqini chiqariladi

Xiaomi protsessorining ikkinchi avlodi – Surge S2 bazasida ishlovchi Mi 6C modelining 5,15 dyuymlik Full HD-ekrani tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda, u 12 va 5 megapiksellik qo‘shaloq kameraga ega.

«Malika»da Xiaomi Mi smartfonlarining so‘mdagi narxlari (2017 yil 14 oktyabr)

«Malika» savdo markazida Xiaomi’ning Mi turkumiga mansub modellariga so‘mda qo‘yilayotgan narxlar bilan tanishamiz.

Xiaomi Redmi modellariga «Malika»da so‘mda belgilangan narxlar (2017 yil 14 oktyabr)

Xiaomi’ning Redmi turkumiga mansub modellari «Malika» savdo markazida qanday narxlarda taklif etilayotganligiga e’tiboringizni qaratmoqchimiz.

Samsung eng ko‘p sotilgan smartfonini yana chiqara boshladi

Samsung Galaxy J2 (2017) modelida xotirani avtomatik tozalab turish imkonini beruvchi Smart Manager ilovasi mavjud. Shuningdek, 4G / 3G tarmoqlarida trafikni tejovchi Ultra Mods rejimi ham joriy etilgan.

«Bo‘ydoqlar kuni»ga Xiaomi Mi6’ning «yengil» talqini chiqyapti

Original Mi6 modelining tezkor xotirasi 6 gigabayt hajmga ega bo‘lsa, yangi chiqariladigan «yengil» talqinida bu ko‘rsatkich «atigi» 4 gigabaytni tashkil etadi.

Xiaomi va iPhone «chatishmasi» bo‘lgan smartfon brendi yaratildi!

iMI X smartfoni diagonali 5.7 dyuymli displeyga ega, ekranning tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda. Uning protsessori qanaqa ekanligi aytilmagan, tezkor xotirasi 3/4 gigabayt hajmga ega.

Galaxy S9’ga boshqa smartfonlarda umuman bo‘lmagan bir datchik ham qo‘shiladi

Oldin bunday datchiklar yo aniq o‘lchashga imkon bermaydigan darajada kichik, yo smartfonga joylashmaydigan darajada katta bo‘lardi. Samsung oltin o‘rtalikni topdi – bu datchik smartfon korpusi ichiga joylanadi.

Mate 10 Pro – Huawei’ning ilk stilusli flagmani suratlari chiqdi

Bu flagmanini Huawei o‘zining eng ilg‘or Kirin 970 protsessori bilan jihozlaydi. Devaysning diagonali 5,99 dyuymga, aniqligi 1440x2880 pikselga teng IPS-displeyining tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda.

Razer 1 noyabrga «katta taqdimot» belgiladi: geymerlar smartfoni kutilmoqda

Keyingi oyning boshida biz ilg‘or o‘yin funksiyalariga ega bo‘lgan cho‘ntak mobil qurilmasining – «geymfon»ning yoki portativ o‘yin konsolining taqdimotiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Galaxy A5 (2018): o‘rta narxli «romsiz»ning ilk suratlari chiqdi

Samsung Galaxy A (2018) turkumi smartfonlar ilg‘or chipga hamda qo‘sh modulli kameraga ega bo‘ladi. Ularda Bixby ovozli yordamchisini chaqiruvchi mexanik tugmacha bor, barmoq izi skaneri orqa panelga joylangan.

Meizu top-menedjeri MX7 flagmanining chiqish vaqtiga aniqlik kiritdi

Meizu MX7 modeli 5,7 dyuymlik, Quad HD (2560 x 1440 pikselli) sifatga ega bo‘lgan displey bilan jihozlanadi. Uning asosiy kamerasi 21 megapikselli, old kamerasi esa 5 megapikselli modulga ega bo‘ladi.

Redmi 5 Plus va Redmi Note 5 – Xiaomi’ning ilk hamyonbop «qo‘shko‘z romsiz»lari

Romsiz ekranlaridan tashqari, bu qurilmalar yana qo‘shaloq modulli kameralari bilan ham e’tiborga loyiq. Ayni shu ikki xususiyat Xiaomi’ning faqat nisbatan qimmatbaho smartfonlaridagina uchrar edi.

Galaxy Note 9’da barmoq izi skaneri ekranning o‘ziga joylanadi

Apple ham shu funksiyani iPhone X modeliga tatbiq etmoqchi edi, biroq vaqt tig‘izligi sababli bundan voz kechishiga to‘g‘ri kelgandi. Buning o‘rniga esa yuzni tanib blokni ochuvchi Face ID tizimi joriy etilgan.

Bukiluvchan Samsung Galaxy X haqiqiy eksklyuziv bo‘ladi

Bukiluvchan tuzilishli Galaxy X, narxi balandligi bois, iPhone X’dan ham noyob smartfon bo‘ladi. Bu gadjet umumiy 100 ming donagina ishlab chiqariladi va faqat kam sonli mamlakatlardagina sotiladi.

Taqdimotdan 2 kun oldin Huawei Honor 7X xususiyatlari oshkor bo‘ldi

Honor 7X’ning qo‘shaloq kamerasi 13 va 2 megapikselli ob’yektivlarni o‘z ichiga olgan. Old kamerasi esa 8 megapikselli bittagina modulga ega.

Romsiz Xiaomi X1 yangi renderlarda ko‘rinish berdi

Bir necha oylik jimlikdan so‘ng Xiaomi’ning taqdim etilmagan yangi smartfoni – X1 modeli haqida yana gap-so‘zlar tarqala boshladi. Shuningdek, bu gal internetda uning yangi renderlarda ko‘rindi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш