Meizu 17 taqdimotdan avval AnTuTu’da: lider emas, lekin TOP-o‘ntalikda!

Bu 5G-flagman Snapdragon 865 chipiga, tirqishli va 90 gerslik OLED-displeyga, LPDDR5 turidagi tezkor va UFS 3.0 toifali ichki xotiraga, Wi-Fi 6 hamda NFC moduliga, 4 (yoki besh) datchikli kameraga ega.

TOP-10: Dunyo bozoridagi eng zo‘r smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2020 yil mart)

Kuchli o‘ntalikdagi dastlabki to‘rtta, jami naq oltita o‘rinni bittagina smartfonsoz flagmanlari egallagan, tag‘in ularning aksariyati shu kompaniyaning o‘z protsessoriga asoslangan!

O‘rta narxli eng zo‘r o‘nta smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil mart)

Kechagina AnTuTu bo‘yicha eng kuchli smartfonlarning navbatdagi reytingini e’lon qilgan edik. Mazkur benchmark jamoasi yana o‘rta narx toifasiga mansub smartfonlarning ham TOP-o‘ntaligini taqdim etgan.

Eng qudratli flagmanlar o‘ntaligi (AnTuTu reytingi, 2020 yil mart)

Kuchli o‘ntalikdan faqat uchta kompaniyaga va ularning subbrendlariga mansub smartfonlar joy olgan. Ularning bari Snapdragon 865 protsessoriga hamda eng yangi – LPDDR5 toifasidagi tezkor xotira chipiga ega.

Geekbench hali chiqmagan SD865+ protsessorli Galaxy Note 20+ 5G’ni taqdimotdan avval fosh etdi

Snapdragon 865+ protsessori jamlanmasidagi yuksak samarador yadroning chastotasi 3.09 gigagersgacha oshiriladi. Qualcomm uni hali shu yilning uchinchi choragida taqdim etishi kutilmoqda.

Eng arzon Samsung smartfoni – Galaxy M01 haqida Geekbench xushxabar berdi!

Galaxy M01 smartfonida maksimal 2,02 gigagerslik takt chastotasida ishlovchi 8 yadroli Qualcomm protsessori qo‘llangani ma’lum. Aftidan, bu – Galaxy A01 modelidagi Snapdragon 439 bo‘lsa kerak.

Eng kuchli flagmanlar va o‘rta narxli eng zo‘r smartfonlar (AnTuTu global reytingi, 2020 yil fevral)

AnTuTu dasturchilari endi premial segmentdagi hamda o‘rta narx toifasidagi eng kuchli smartyonlarning global reytingini e’lon qilishdi.

Barchamizga kerakli benchmarkni Google Play’dan o‘chirib yuborishdi!

Smartfonlar samaradorligini sinovchi eng mashhur benchmarklardan birining ommabop ilovasi kutilmaganda Google Play katalogidan olib tashlandi.

O‘z egalarini rozi qilgan TOP-10 smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil fevral)

Qizig‘i shundaki, foydalanuvchilarga ko‘ra eng yaxshi smartfonlar ro‘yxatida eng ko‘p o‘rinni olgan kompaniya yetakchi yoki o‘ta mashhur smartfonsozlar qatoriga kirmaydi.

Galaxy A31 hattoki ommabop Galaxy A51’dan ham kuchli bo‘lyapti! Lekin...

Samsung unda o‘zining emas, balki MediaTek protsessorini qo‘llabdi. AnTuTu testlari natijalariga ko‘ra, bu chipset Galaxy A51 smartfonida qo‘llangan Exynos 9611 protsessoridan bir yarim baravarga tezkor!

Hali chiqmagan ikki hamyonbop – Redmi Note 9 Pro va Realme 6 Pro flagmanlarining ilk jangi!

Ikkala model ham Snapdragon 720G chipseti bazasida ishlaydi. Ammo benchmarkda tekshirib ko‘rilgan Realme 6 Pro tezkor xotirasi 8 gigabaytlik bo‘lsa, Redmi Note 9 Pro modeli 6 gigabaytlik «operativka»ga ega.

AnTuTu’da «Sayyoraning eng qudratli smartfoni»ni ham «yer tishlatgan» yangi qirol!

Tezkor xotirasining hajmiga ko‘ra rekordchi bo‘layotgan Black Shark 3 hali ertaga – 3 mart kuni rasman namoyish etiladi. Biroq u allaqachon samaradorlik bo‘yicha yetakchilikni qo‘ldan chiqarib ulgurdi...

«Sayyoramizdagi eng qudratli smartfon» AnTuTu’da salkam 621 000 ball oldi!

Realme X50 Pro 5G flagmani AnTuTu’da 603 871 ball bilan rekord o‘rnatganini kompaniya e’lon qilib ulgurgan. Biroq rekord hajmli «operativka»ga ega geymerofon allaqachon yetakchilikni undan tortib oldi.

Galaxy A41 benchmarkda: Samsung uni arzon qilish uchun kutilmagan ishga qo‘l uribdi!

Android 10 asosidagi One UI 2.0 proshivkali Galaxy A41 kamida 64 gigabaytlik xotira, 48 MPlik kamera, 3500 mA/soatlik akkumulyatorga ega. Lekin eng qizig‘i baribir boshqa...

Galaxy Note 10 «kushanda»si Geekbench’da: Burton protsessori va naq 12 GB «operativka»!

Motorola mazkur smartfonini fevral oyidagi Mobile World Congress 2020 (MWC 2020) tadbirida namoyish etishi mumkin.

AnTuTu’da yangi rekord, lekin bu Galaxy S20 ham, Mi 10 ham emas!

Xitoylik kompaniya ushbu rekordchi flagmanini fevraldagi MWC 2020 ko‘rgazmasi arafasida ko‘rsatishi mumkin. Balki uni birinchilik borasida talashayotgan raqiblaridan ham oldin taqdim etib yuborishar...

Xiaomi sir tutayotgan yana bir arzon flagmanni Geekbench fosh etdi!

Poco X2 yakka yadroli testda 547 ball, protsessorning barcha yadrolari ishtirokidagi sinovda esa 1767 ball olgan. Xiaomi uni qadog‘idanoq Android 10 operatsion tizimi bilan ta’minlab chiqaradi.

2019 yilning eng barqaror smartfonlari va proshivkalari (Master Lu reytingi)

Master Lu smartfonlarning bir tekis va barqaror ishlashi, shuningdek, eng barqaror proshivka bo‘yicha 2019 yil yakunlarini ham e’lon qildi. Har ikkala reytingda ham xitoylik kompaniyalar mahsulotlari yetakchi.

Samsung’ning yana bir arzon smartfoni Geekbench’da «qo‘lga tushdi»

Geekbench ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, Galaxy M31 modeli Android 10 operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi va uning tezkor xotirasi 6 gigabaytlik.

JIDDIY JANG: Snapdragon 865 vs Apple A13 Bionic! (+«jonli» video)

Snapdragon 865 protsessorini sinovdan o‘tkazgan AnTuTu uni rekordchi, deya e’lon qildi. Lekin Geekbench testi natijasi boshqacharoq; Speed Test GX 2.0 sinovi esa butkul o‘zgacha...

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш