Afsonaviy Nokia 8110 «bananofon»ida endi WhatsApp va Facebook ham ishlaydi!

Nokia 8110 endi global miqyosda WhatsApp hamda Facebook ilovalarini qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘ldi. Avval mazkur dasturlar faqat Hindiston hududidagi «bananofon»lar uchungina amal qilar edi.

Terakt oqibatida Shri-Lankada messenjer va ijtimoiy tarmoqlar ishlamayapti

Ayni damda mazkur mamlakat aholisi WhatsApp, Viber, Facebook hamda Twitter servislariga kira olmayapti. Ularning qachon ishlab ketishi haqida hozircha ma’lumot berilmayapti ham.

Facebook’da tarqalgan tuhmatga Davlat soliq qo‘mitasi oydinlik kiritdi

DSQ fuqarolarning taklif, mulohaza va fikrlarini qadrlaydi hamda islohotlar samaradorligini ta’minlashda jamoatchilik bilan hamkorlik qilishga doim tayyor, lekin faqat tuhmat bilan emas!

Facebook gadjetlaridagi sirli «Masonlar bitiklari» foydalanuvchilarni cho‘chitib yubordi

Keyinroq Facebook matbuot kotibi Joana Pis chiqish qilib, bu borada kompaniyada ichki tekshiruv o‘tkazilganini va xatolik tuzatilganini, garnituralarning keyingi partiyalarida qaytarilmasligini aytgan.

Facebook va Twitter jarimaga tortildi, ularni yana bloklashlari ham mumkin!

Bugun – 12 aprel kuni bo‘lib o‘tgan sud yig‘ilishida Facebook kompaniyasiga jarima jazosi qo‘llandi. Bundan bir hafta avval, ayni shunday sabab bilan Twitter ham xuddi shunaqa jarimaga tortilgan edi.

Masjiddagi terakt videosi sababli Facebook jonli efirlarni cheklayapti

Facebook ma’muriyati Krayschyorchdagi masjidga qilingan hujumning onlayn translyasiyasini to‘xtatish uchun juda ko‘p vaqt sarflagan, lekin keyin ham o‘sha videoyozuv tarqalib ketishining oldini ololmagan.

WhatsApp asoschisi jiddiy sabab bilan Facebook’dan chiqib ketishga chaqirmoqda

Brayan Ekton messenjerning Facebook’ka sotilishidan juda xursand bo‘lmaganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, WhatsApp ustida ellik nafar kishi ishlagan va ularning har biri ushbu savdodan o‘z ulushini olgan.

AQSh prezidentligiga nomzod Facebook, Google va Amazon’ni parchalab tashlashga so‘z berdi!

Uorren xonim o‘z postida Facebook, Google va Amazon kabi internet-kompaniyalarni nega parchalab yubormoqchi ekanligiga oydinlik kiritgan.

Facebook ilovasi endi oq-qora bo‘ladi!

Bu turishida Facebook ko‘proq Instagram ilovasini eslatib yuboradi. Bundan tashqari, kompaniya dasturchilari uning bosh sahifasiga ikkita yangi varaqa qo‘shishgan: profil hamda videolar bo‘limi.

O‘zbekistonda VPN ilovalarini yuklab olish kamaydi

Ayrim saytlarga kirishda muammolar o‘tgan yilning kuzida boshlangan edi. Foydalanuvchilar servislarni VPN’dan foydalangan holda ishlatish mumkinligini bilgach, ular ommalasha boshlagan.

Facebook Messenger’da endi egasiga yetib borgan xabarlarni ham o‘chirish mumkin!

Yuborilgan xabarni o‘chirish funksiyasi Android hamda iOS uchun taqdim etilgan Facebook Messenger kliyentlarida, shuningdek ijtimoiy tarmoq saytida ishlaydi.

O‘zbekistonda ilk bor: internet-provayder Facebook va YouTube’ni VPN’siz ochuvchi xizmat taklif etmoqda!

Kutilmaganda internet-provayderlardan biri o‘z mijozlari uchun Facebook va YouTube’ni ochishga yordam beruvchi «Ochqich», ya’ni «Otkriv@shka» xizmatini ishga tushirayotganini e’lon qildi!

Facebook o‘z ilovasini ishlatganlarga oyiga 20 dollardan pul to‘layapti, lekin evaziga...

Facebook ushbu ilovasini o‘rnatganligi va ishlatayotganligi uchun foydalanuvchilarga oyiga 20 dollardan berib keladi. Ammo buning evaziga ularning juda ko‘p maxfiy ma’lumotlarini oladi.

Tsukerberg endi WhatsApp, Instagram va Facebook’ni birlashtirmoqchi

Servislar alohida-alohida ilovalarda ishlayveradi, lekin ularning xabarlashuv tizimi umumiy bo‘ladi. Masalan, faqatgina WhatsApp profili bor kishiga Facebook ilovasidan ham xabar yozish mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston Facebook ma’muriyati bilan aloqa o‘rnatmoqda

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi vakili esa ayni paytda yirik ijtimoiy tarmoqlar – Facebook va Youtube videoxostingiga kirishda hech qanday to‘siq yo‘qligini bildirgan.

Facebook va Youtube bir kun bloklanishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga qancha zarar yetkazadi?

Dunyoda tashriflar soni bo‘yicha oldingi o‘rinlarda turuvchi Facebook va Youtube saytlari mana to‘rt oydirki, O‘zbekistonda to‘sib qo‘yilgan.

Nihoyat, O‘zbekistonda to‘rt oy deganda Facebook va YouTube ishlab ketdi!

Bugun – 2019 yilning 15 yanvaridan ushbu ikkala sayt ham O‘zbekistonda bemalol ishlay boshladi. Endi Facebook’ka ham, YouTube’ga ham VPN servislarisiz kirishingiz mumkin!

Dunyoni boshqarish Mark Zukerbergga o‘tadimi?

Marksizm kim ishlab chiqarishni nazorat qilsa, hokimiyat ham unga tegishli bo‘lishini uqtiradi.

Jurnalistning "qilmishi" dunyoning eng boy odamlaridan biriga juda qimmatga tushdi!

Shu yilning 20 dekabr New York Times gazetasida Facebook ijtimoiy tarmog‘i haqida chop etilgan maqola ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Hattoki, bu xabar mashhur ijtimoiy tarmoq qimmatbaho qog‘ozlarining 7,2 % pasayishiga olib keldi.

Va nihoyat Facebook’ka “jon” kirayotganga o‘xshaydi!

O‘zbekistonda Facebook VPN’larsiz ham sekin-sekin ishlamoqda. Ammo ko‘ngildagidek emas. Respublikadagi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bir qancha vaqtdan buyon Facebook ishlamayotganidan norozi edilar. Ammo kecha tush vaqtidan keyin ijtimoiy tarmoq

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш