AnTuTu rekordchisi – Lenovo Z5 Pro GT flagmani Geekbench’da sharmanda bo‘ldi!

Lenovo Z5 Pro GT yakka yadroli sinovda 3284 ball, ko‘p yadroli testda esa 10237 ball to‘plagan, xolos. Ayni shu Snapdragon 855 chipli Sony Xperia XZ4 smartfoni hozirda 12801 ochko bilan Geekbench’da yetakchi.

Galaxy S10 Lite taqdimotdan avval Geekbench’da test topshirdi. Uyat, Samsung, uyat!..

Ehtimol, Geekbench’da uning yakuniy namunasi emas, balki hali oxiriga yetmagan prototipi tekshirib ko‘rilgandir. Lekin baribir Snapdragon 855 chipli smartfon uchun yuqoridagi ko‘rsatkich o‘ta uyatlidir.

Xiaomi Cepheus – Snapdragon 855 va 6 GB «operativka»li smartfon Geekbench’da «qo‘lga tushdi»!

Qualcomm’ning eng so‘nggi va ilg‘or Snapdragon 855 chipi hamda Android 9.0 Pie tizim talqini bilan qurollanganiga qaraganda, bu Mi brendiga mansub kuchli flagman bo‘ladi.

Xiaomi allaqachon arzonroq smartfonida Android Q tizimini sinab ko‘rmoqda!

Modomiki kompaniya bu modelini Android Q talqinigacha yangilayotgan ekan, shunday xulosa qilish mumkin: mazkur apdeyt «xitoycha Apple»ning uncha qimmat bo‘lmagan boshqa smartfonlariga ham taqdim etiladi.

Snapdragon 8150 flagman protsessori AnTuTu’da mutlaq rekord o‘rnatdi!

Bu protsessor samaradorligi Geekbench hamda AnTuTu benchmarklarida sinab ko‘rildi va kutilganidan ham ortiq natija ko‘rsatdi. U avvalgi rekordsmen – Huawei Kirin 980 chipini tor-mor qildi!

Geekbench’da keyingi avlod – Snapdragon 8150 flagman protsessorini tekshirib ko‘rishdi!

Snapdragon 8150 chipi yangi avlod Kryo yadrolariga asoslanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Qualcomm bunda odatdagi 4 + 4 o‘rniga 2 + 2 + 4 ko‘rinishidagi yadrolar sxemasini tanlagan.

Eng qudratli yangi protsessor Geekbench’da o‘z kuchini ko‘rsatdi

Apple’ning ta’kidlashicha, A12X Bionic sharofati bilan yangi avlod planshetlari avvalgi iPad Pro’ga nisbatan yakka yadroli ish rejimida 35, ko‘p yadroli rejimda esa 90 foizga tezkor ishlaydi.

Android 9 Pie tizimli «flagmanlar kushandasi» – OnePlus 6T benchmarkda imtihon topshirdi

Snapdragon 845 va 8 gigabaytlik tezkor xotirali OnePlus 6T biryo‘la yangi – Android 9 Pie talqinidagi operatsion tizim bilan chiqariladi.

Eng kuchli protsessorli eng ilg‘or Android-smartfon ham tezkorlikda iPhone XS’ga bas kelolmadi!

Bu smartfonsoz yaqinda o‘zining yangi protsessori Apple A12 Bionic’dan, flagmani esa iPhone XS’lardan zo‘r ekanligini aytib maqtangan. Ammo Geekbench servisidagi test natijalari buning aksini ko‘rsatmoqda.

Razer Phone 2: orqa panelining rasmi paydo bo‘ldi

Razer 2 o‘yin smartfonining ikkinchi avlodi yaqinda AnTuTu va Geekbench’da testdan o‘tkazilgan edi, endi uning ajoyib surati ham namoyish etilmoqda

ZTE’ning eng baquvvat – Axon 9 Pro smartfoni Geekbench’da o‘z kuchini sinab ko‘rdi

Axon 9 Pro modeliga sakkiz yadroli va Adreno 630 videochipli Snapdragon 845 protsessori hamda 6 GBlik tezkor xotira o‘rnatilgan. U doimiy xotira hajmi 64, 128 va 256 gigabaytlik talqinlarda chiqariladi.

5G-smartfon va noutbuklarga mo‘ljallangan Snapdragon 850 ilk bor benchmarkda sinab ko‘rildi

Snapdragon 850 chipi noutbuklarga ham o‘rnatiladi va Windows 10 platformasi bilan muvofiqlashtiriladi. Lenovo’dan tashqari, bu protsessor bazasidagi gadjetlarni ASUS, HP hamda Samsung ham ishlab chiqarmoqchi.

Xiaomi’ning hamyonbop Pocophone F1 flagmani Geekbench’da OnePlus 6, Mi 8 va Galaxy S9+’larni ortda qoldirdi!

Pocophone F1 yakka yadroli rejimdagi sinovda ham 2467 ballik ko‘rsatkichni namoyon etgan, bu esa faqat Samsung Galaxy S9+ flagmanining natijasidangina pastdir.

Google Pixel 3 XL flagmani Geekbench’da: atigi 4 GB tezkor xotira! (+«jonli» suratlar)

10 GB «operativka»ga ega smartfonlar eshik qoqib turgan bir paytda Google bor-yo‘g‘i 4 GBlik va tag‘in yakka kamerali flagman tayyorlabdi!

Hammasi rejadagidek: Meizu 16 flagmani GeekBench testidan o‘tdi

Mashhur GeekBench benchmark ma’lumotlar bazasida hali ma’lum qilinmagan Meizu 16 smartfoni testdan o‘tgani haqda ma’lumot paydo bo‘ldi

Xiaomi Mi A2 Geekbench’da ham «ko‘rindi» – u ertagayoq namoyish etilishi mumkin!

Android 8.1 operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlovchi mazkur smartfon o‘zining apparat platformasiga ko‘ra yaqinda taqdim etilgan Mi 6X modelidan farqlanmaydi, ammo...

Samsung’ning yangi flagmani Geekbench’da rekord o‘rnatdi!

Exynos 9810 protsessorli Galaxy Note 9 yakka adroli testda 2737 ball, ko‘p yadroli sinovda esa 9064 ball olib, rekord natija ko‘rsatgan!

Xoh ishoning, xoh ishonmang – Xiaomi’ning yana bitta yangi smartfoni Geekbench’da «ko‘rindi»!

Xiaomi E6’ga 8 yadroli, 2,0 GGs takt chastotali Qualcomm protsessori o‘rnatilgan, bu Snapdragon 625 chipi bo‘lishi ehtimoli yuqori. 3 GB tezkor xotirali smartfon Android 8.1.0 Oreo bazasida ishlaydi.

Xiaomi Strakz: noma’lum arzon smartfon benchmarkda g‘alati natija ko‘rsatdi

Geekbench’dagi xususiyatlariga qaraganda, Xiaomi Strakz hamyonbop smartfon bo‘ladi, zero, uning protsessori sifatida yakka kristalli Snapdragon 625 tizimi tanlangan, tezkor xotirasi esa 4 gigabaytlik.

LG G7 ThinQ flagmani Geekbench’da yuqori ko‘rsatkich namoyon etdi

Geekbench servisining ma’lumotlar bazasida LG G7 ThinQ ko‘rsatkichlari paydo bo‘ldi. Mazkur qurilmaning bazasi sifatida yakka kristalli Qualcomm Snapdragon 845 tizimi xizmat qiladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш