Adliya vaziri ham O‘zbekistondagi internet narxi va sifatini tanqid qildi

«Axborot arzon bo‘lishi kerak, uni eltib beruvchi vositalar ham arzonlashtirilishi zarur», deydi vazir.

Ilon Mask samolyot, kema va hatto furgonlarga ham «fazoviy» internet yetkazib bermoqchi!

SpaceX allaqachon shu turlardagi transport vositalariga Starlink terminallarini o‘rnatishga ruxsat so‘rab Federal aloqa komissiyasiga ariza topshirgan.

Ilon Mask internet tezligini 2021 yildayoq ikki baravar oshirishga va’da berdi!

«Yer yuzining katta qismini qoplash shu yilning oxirigacha, to‘liq qamrab olish esa keyingi yilda amalga oshiriladi. Shundan keyingina tarmoq qamrovini zichlashtirish haqida gapirish mumkin», – deydi u.

O‘zbekistonda simli internet tezligi 3 baravarga o‘sdi (Speedtest reytingi)

Yanvar oyida simli internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston umumiy reytingida ikkita pozitsiyaga ko‘tarilib, 94-pog‘onani egallamoqda. Mobil internet tezligi bo‘yicha ham ijobiy ko‘rsatkich qayd etildi.

Bosh vazir va’da berdi: internet tezligi kamida 10 Mbit/soniyaga yetkaziladi! (+video)

Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha bog‘chalar, tibbiyot muassasalari hamda 8 mingdan ziyod maktablarda optik tolali aloqa liniyalari tortilgan va yuqori tezlikdagi Internetga ulanish uchun barcha shart-sharoitlar bor.

Dunyo bo‘yicha simsiz 5G-internet tezligi reytingi: Nyu-Yorkda o‘ta past...

Mazkur tadqiqot uchun iPhone 12 smartfonidan foydalanilgan – unga o‘rnatilgan Ookla Speedtest ilovasi orqali 15 ta yirik shaharda 5G-internet tezligi o‘lchangan.

Raqamli islohotlarning texnologik poydevori

Internetga ulanish o‘tkazuvchanligi 10 baravar o‘sib, 1 200 Gbit/s.gacha yetdi. Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining o‘tkazuvchanligi viloyat markazlari darajasida 2 barobarga, tuman markazlarida esa 4 barobar oshdi.

O‘zbekistonda internet naq 29 foizga arzonlashdi! (+video)

Mavjud texnik quvvatlarimizni keskin oshirish hisobiga o‘tgan yil dekabr oyidan aloqa kanallari ijarasi tariflari 2 barobarga arzonlashtirilishiga erishildi.

Yangi yilni yangilangan UNLIM tariflari bilan kutib olamiz!

Ilk bor aholi uchun chindan 300 Mbit/s tezlikdagi cheksiz tarif rejalari, 1 000 Mbit/s tezlikka ega «gigabit tezlik» joriy etildi. Ko‘plab tariflar ikki karra cheksiz tarifga aylandi, ayrimlari arzonlashdi.

Butun dunyo bo‘yicha mobil internet tezligi reytingi bilan tanishamiz (2020 yil, noyabr)

MDH davlatlari orasida O‘zbekiston eng so‘nggi o‘rinda turibdi.

Internet tezligi bo‘yicha Speedtest dunyo reytingida O‘zbekiston yana ko‘tarildi

Bir yil ichida aniqlangan Internet tezligi 10 Mbit/s.dan yuqori ko‘rsatkichlarga o‘sdi va respublikamiz 18 pozitsiyaga ko‘tarildi.

UZTELECOM internetni naq ikki barobarga arzonlashtirmoqda!

Shuningdek, joriy yilda transport tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyat markazlarigacha 2 barobarga (400 Gbit/s.gacha), tuman markazlarigacha esa 4 barobarga (40 Gbit/s.gacha) oshirilgan.

Ilon Mask xursand: Starlink interneti endi o‘z kuchini ko‘rsatdi!

Starlink kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh orqali taqdim qilayotgan internet xizmatlarini 27 oktyabrdan AQSh va Kanadada ochiq test qilish boshlandi.

TOP-10: mobil va simli interneti eng tezkor mamlakatlar (Speedtest reytingi)

Mazkur reytingda O‘zbekiston ko‘rsatkichlari: mobil internet bo‘yicha 125-o‘rinda bo‘lsa, simli internet tezligiga ko‘ra 96-pog‘onani egallab turibdi.

Speedtest: jahon internet tezligi reytingida O‘zbekiston pozitsiyasi yaxshilandi

Shu muddatda internet tezligi 10 Mbit/soniyadan yuqori ko‘rsatkichlarga o‘sdi va respublikamiz 16 pozitsiyaga ko‘tarildi. Mobil internet tezligi bo‘yicha ham 6 ta pog‘onaga ko‘tarildi – 131-o‘rindan 125-o‘ringacha.

O‘zbekiston internet erkinligi reytingida so‘nggi o‘nlikdan joy oldi

Freedom House O‘zbekistonda onlayn resurslar bloklanishi yoki kontent o‘chirib tashlanishi shaffof emasligi, bu jarayonlar norasmiy tarzda hal etilishi vajidan, bu band bo‘yicha mamlakatga nol ball bergan.

Prezident farmoni: Har bir aholi punkti kamida 10 Mbit/s.lik internetga ulanadi!

«Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–6079-son, 05.10.2020 y.) qabul qilindi.

Internet tezligi bo‘yicha Speedtest reytingida O‘zbekiston yana yuqoriladi

Ookla kompaniyasiga qarashli Speedtest.net servisi 2020 yil avgust oyi natijalariga ko‘ra yangi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Starlink fazoviy internetining tezligi ancha oshdi

Hozir o‘ta past ping holatida tezlik 100 Mbit/soniyani tashkil etmoqda; bu esa bir vaqtning o‘zida har qanday onlayn o‘yinni o‘ynashga va yuqori sifatli bir nechta filmni translyasiya qilishga bemalol yetadi.

O‘quvchilar internetdan foydalanishi uchun imtiyozli «Maktab» tarif rejasi joriy etiladi

Shuningdek, AKT vazirligiga joylarda raqamli televideniye signali va internet tezligini ta’minlash, chekka hududlardagi kommunikatsiya tizimlarini to‘liq testdan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш