Exynos 2100 protsessorli Galaxy S21+ hamda S21 Ultra flagmanlarini Geekbench’da taqqoslab ko‘rsatishdi!

Yangi chipset taqdimoti arafasida unda ishlovchi Galaxy S21+ hamda S21 Ultra modellarini Geekbench servisida tekshirib, test natijalarini va ayrim texnik jihatlarini bitta jadvalda taqqoslab ko‘rsatishgan.

Snapdragon 888 chipli ilk smartfon Xiaomi Mi 11 emas, balki... Xiaomi Mi 20 bo‘lishi mumkin!

Amerikalik chipsoz Snapdragon 888 5G protsessori bazasida qaysi kompaniyalar smartfon ishlab chiqarishini aytgan, xolos. Ulardan qay biri birinchi bo‘lishiga esa Xiaomi bosh direktori aniqlik kiritdi. Ammo...

Snapdragon 875’ni kutmang – o‘rniga Snapdragon 888 5G chiqyapti!

Qualcomm kompaniyasi 1 dekabrda Snapdragon Tech Summit Digital tadbirini boshladi. Unda navbatdagi flagman – Snapdragon 875 protsessorining taqdim etilishi kutilayotgan edi, lekin vaziyat o‘zgacha tus oldi...

Noma’lum Redmi smartfonidagi yangi MediaTek protsessori AnTuTu testida Snapdragon 865’ni mahv etdi!

AnTuTu’ning tasdiqlashicha, ushbu smartfon FullHD+ rezolyusiyali, 90 gerslik ekranga ega. Redmi unda 8 gigabaytlik tezkor va 256 gigabaytlik doimiy xotira qo‘llagan.

Snapdragon 875 chipli ilk smartfonlarni mana shu sakkizta kompaniya chiqaradi

Ishonchli insayder Digital Chat Station kelgusi yilning boshida qaysi smartfonsozlar Snapdragon 875 bazasida flagman telefonlar taqdim etishlarini aytdi.

Smartfonni «uchiruvchi» 5G-protsessor namoyish qilindi

Exynos 1080 chipli smartfonni 200 megapiksellikkacha bo‘lgan kamera datchigi bilan chiqarish mumkin – bunaqa sensor hali taqdim etilmagan ham!

Geekbench aniqlik kiritdi: Mi 11 eng zo‘rmi, Mate 40 Pro’mi yoki Galaxy S21?

Antutu’ning so‘nggi reytingida Mate 40 Pro eng yuqori o‘rinni zabt etgan. Biroq tez orada Samsung va Xiaomi ham eng kuchli flagmanlarini chiqaradi. Xo‘sh, ulardan qay biri eng qudratli ekan?

Xiaomi Mi 11 allaqachon Geekbench’da sinab ko‘rildi va u Snapdragon 875 sirlarini ham fosh etdi!

Mazkur flagmanning Geekbench’dagi natijalari aks etgan sahifa kodini «kavlashtirib» ko‘rgan dasturchilar Snapdragon 875 chipsetning ayrim xususiyatlarini ham aniqlab olishgan.

AnTuTu'da yangi rekord o‘rnatildi

Qayd qilingan yangi natija avvalgi rekorddan ko‘ra 25% yuqoriroqdir.

«Beli baquvvat» Realme smartfoni Qualcomm-versiyada, MediaTek chiplisidan ham arzon chiqdi!

Realme iyulning oxirida 6000 mA/soatlik batareyali ilk smartfonini namoyish etgan edi. Yanada tezkor protsessor bazasiga qurilgan bo‘lsa-da, Realme C15 Qualcomm Edition versiyasi unisidan arzon sotilyapti!

Snapdragon 865 chipli eng arzon flagman – Redmi K30S taqdim etildi!

Bungacha Snapdragon 865 chipli eng arzon smartfon iQOO Neo 3 5G edi – unisi 390 dollardan sotilmoqda. Flagman protsessor asosida yanada arzon smartfon chiqarish mumkinligini Xiaomi isbotladi!

iPhone 12 xaridorlarini Apple qanday aldayapti? (+video)

Apple ushbu qurilmalarning reklama roliklarida yolg‘on ishlatishdan ham toymayapti.

Apple’ning eski kasali qo‘zidi: u iPhone 12’larda protsessorni maxsus sekinlashtiryapti!

iPhone 12 hamda 12 Pro smartfonlari AnTuTu’da tegishlicha 564 899 va 572 133 ball olgan. Holbuki, sentyabr reytingida ENG OXIRGI O‘RINDAGI smartfon ham bulardan ancha yuqori – 602 584 ball olgandi!

AnTuTu’da mutlaq rekord: Exynos 1080 protsessorli sirli Orion smartfoni!

Android 11 operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlovchi Orion smartfoni 8 gigabaytlik LPDDR5 toifali tezkor xotiraga va 512 gigabaytlik UFS 3.1 standartidagi doimiy xotiraga ega.

Exynos 1080 anonsi berildi va u allaqachon Snapdragon 865+’ni ham yengib, AnTuTu’da rekord o‘rnatdi!

Qizig‘i – ushbu protsessor Samsung smartfonlaridan ham oldin Vivo X60 flagmanlarida bozorga chiqadi.

Qualcomm kelajak flagmanlarining protsessori taqdimotini e’lon qildi

Flagman chipsetdan tashqari, bu tadbirda Snapdragon 775G protsessorining, Windows 10 boshqaruvi ostida ishlovchi noutbuklar uchun yangi chipsetlarning ham namoyish etilishi kutilmoqda.

Qarshi oling: Geekbench servisida tezkorlik bo‘yicha yangi qirol!

Mazkur flagman oldingi rekordchilarning ko‘rsatkichlaridan salkam bir yarim baravarga yuqori natija namoyon etdi!

Mobil protsessorlar bozori: MediaTek allaqachon Qualcomm’ga yetay deb qoldi

Smartfonsozlar son-sanoqsiz, mobil chipsetlarni ishlab chiqarish bilan esa dunyo bo‘yicha bir nechtagina kompaniya shug‘ullanadi.

Xiaomi hali chiqmagan Snapdragon 875 bazasida allaqachon Mi 11 hamda Redmi K40 smartfonlarini tayyorlayapti!

Snapdragon 875 hali taqdim etilmay turib, Xiaomi vitse-prezidenti va Redmi brendi yetakchisi Lu Veybing allaqachon kompaniya uning bazasida ishlovchi smartfon tayyorlayotganini rasman e’lon qildi.

MediaTek endi noutbuk bozoriga «hujumga o‘tdi»

Tayvanlik chipsoz keyingi paytlarda ancha faollashib, flagman va o‘rta narxli smartfonlar uchun 5G-protsessorlar taqdim etmoqda. U endi xrombuklar bozoriga ham kirib kelishini rasman e’lon qildi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш