Uyingizda oq-qora suratlar bormi? Ularga bir zumda rang beramiz!

Eski rasmni suratga olib (yoki skaner yordamida raqamli shaklga o‘tkazib, keyin uning faylini yuklaysiz. Veb-servislar esa «sun’iy idrok» texnologiyalari asosida uni rangli qilib beradi.

Rossiyadagi yurtdoshlarimiz Telegram orqali o‘zlariga ish topishlari mumkin

2020 yil 15 martgacha Rossiya Federatsiyasi migratsiya qonunlariga rioya qilgan va mamlakatda qonuniy bo‘lib turgan chet el fuqarolari ushbu xizmatdan foydalangan holda ish bilan ta’minlanish imkoniyatiga ega.

Yer yuzidagi eng yirik muzeyga ham endi onlayn tashrif buyuring! (+video)

Jahondagi barcha onlayn muzeylarga o‘tish imkonini beruvchi sayt haqida yozgan edik. Endi to‘rt yarim milliondan oshiq eksponatga ega yirik muzeyga ham uydan chiqmasdan virtual sayohat qila olasiz.

O‘zbekistonda Yandex xizmatlariga yagona obuna – Yandex.Plus yo‘lga qo‘yildi

Obuna bo‘yicha 5000 dan ortiq film va seriallar, 60 milliondan ziyod musiqiy trek va podkastlar mavjud. Shuningdek, har bir obunachi Yandex.Disk’da qo‘shimcha joy va taksi xizmatida chegirmaga ega bo‘ladi.

Zoom’ning endi keragi yo‘q: Facebook’ning bepul Messenger Rooms servisini qarshi oling! (+video)

Messenger Rooms’dan foydalanish uchun Facebook akkaunti ham talab etilmaydi: tashkilotchi yuborgan havola orqali 50 nafargacha istalgan kishi vaqti cheklanmagan videosuhbatga qo‘shilib ketaveradi.

Karantin sharoitida barcha onlayn xizmatlarni jamlagan Uydaqoling.uz portali ishga tushdi

Unda onlayn tarzda nonushta, tushlik, kechki ovqatlarga buyurtmalar berish yoki mahsulotlarni buyurtma qilish, tibbiy maslahatlar, masofaviy ta’lim olish va hokazo xizmatlar joriy etilgan.

Hatto sartaroshlar ham onlayn ishlashga o‘tdi: veb-kamera orqali soch oldirasizmi?

Loyiha mualliflarining ta’kidlashlariga ko‘ra, ular butun dunyodagi tan olingan sartaroshlar bilangina ishlashadi. Ko‘sh, onlayn sartarosh qabuliga yozilasizmi?

Dunyodagi barcha virtual muzeylarga endi bitta saytdan kira olamiz!

Virtual Museums servisiga istagan odam yangi muzeyni qo‘shishi mumkin! Buning uchun saytda Submit Museum tugmachasi joylangan. Bunda muzey nomini hamda uning veb-saytini ko‘rsatish kerak bo‘ladi.

Koronavirusning «ovozi»ni yozib olishdi – klassik musiqaga o‘xshaydi!

Bu virus rasmlarini internetda ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Amerikalik biologlar esa shu SARS-CoV-2 oqsillarining tebranishlarini yozib olishdi va hosil bo‘lgan musiqani Soundcloud saytida e’lon qilishdi.

Zoom ishlatasiz-a? NASA va Ilon Mask esa uni taqiqlagan!

Kamida 15 mingta videomuloqot aks etgan videoyozuvlar internetga chiqib ketgan. Bundan tashqari, Zoombombing degan tushuncha paydo bo‘lgan; bu – begona birovning videokonferensiyaga qo‘shilib olishidir.

Nikon jami 250 dollarlik fotograflik videodarslarini vaqtincha bepul taqdim etyapti

Ekspertlar makros’yomka sirlarini ochishadi, bolalar va jonivorlarni, peyzajlarni suratga olishga o‘rgatishadi va hatto musiqiy kliplar suratga olish bo‘yicha ham maslahatlar berishadi.

Videolar va GIF’larda orqa fonni oson va bepul olib tashlaymiz!

Fotosuratlarda orqa fonni olib tashlash uchun ochilgan Remove.bg onlayn servisi haqida yozgandik. Endi esa uning dasturchilari videolardan orqa fonni yo‘qotuvchi yangi saytni ham ishga tushirishdi.

Inha universiteti talabasining ixtirosi – «O‘zbekiston ayollarining 100ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» g‘olibi!

«Sun Child» mobil loyihasi Daun sindromi bilan tugilgan bolalarning ota-onalari uchun yaratlgan bo‘lib, uning yordamida ota-onalar bolaning rivojlanish dinamikasini kuzatishlari mumkin.

PDF-faylni Word’ga o‘girishning 15 ta bepul usuli

PDF-faylni ikki xil tarzda – internet orqali (onlayn rejimda) hamda internetga ulanmasdan, kompyuterning o‘zida (offlayn rejimda) Word‑faylga konvertatsiya qilish mumkin.

«O‘zbektelekom» xizmatlariga ulanish uchun endi uydan chiqishingiz ham shart emas!

Arizalar bevosita «1084» qisqa raqami bo‘yicha Axborot markaziga qo‘ng‘iroq qilish, shuningdek Kompaniya rasmiy saytining «Onlayn dastur» bo‘limi orqali qabul qilinadi.

YouTube o‘n besh yoshda: eng yirik videoxosting haqida 10ta qiziq fakt (+video)

Dunyodagi eng ommabop videoxosting bo‘lgan YouTube kuni kecha – 2020 yilning 14 fevralida 15 yoshga to‘ldi. Shuning sharafiga loyiha dasturchilari u haqidagi ayrim statistik ma’lumotlarni ulashishgan.

Onlayn davlat xizmatlari yana 10 taga ko‘payadi

1 apreldan boshlab Toshkent shahrida bir qancha davlat xizmatlarini faqat YaIDXP hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy saytlari orqali olish mumkin.

«TezYoz» sayti ishga tushdi: bexato va tez yozishingizni sinab ko‘ring!

«TezYoz» platformasida tanlovlar ham tashkil etiladi. Tanlov muddati tugagach, ro‘yxat peshqadami e’lon qilinadi va taqdirlanadi (tanlovlar mukofoti e’lon qilib boriladi).

YouTube’dagi reklamadan qancha pul tushayotganini Google ilk bor e’lon qildi

YouTube reklamadan tashqari yo‘llar orqali ham daromad keltiradi: pulli Premium obunasi, pulli YouTube Music xizmati (lekin Telegram orqali bundan bepul foydalanish usuli topilgan!) kabilar.

«Mening fikrim» portalida «propiska»ga doir petitsiyalar qabul qilinmayapti (video)

Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev propiska rejimini bekor qilish bo‘yicha «propiska» so‘zini ishlatmasdan uchinchi marta petitsiya yuborganini ma’lum qildi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш