Kutilmagan xavf: Xiaomi smartfonlarida barmoq izi skanerini ham kamera qilib ishlatsa bo‘lar ekan! («jonli» video)

XDA Developers bosh muharririning qo‘shimcha qilishicha, bu – datchikning xavfsizligi bilan bog‘liq muammo emas, balki gap smartfonning proshivkasida. Xiaomi esa hozircha bu borada biror rasmiy izoh bermayapti.

Xiaomi allaqachon ikkita smartfoniga global barqaror MIUI 12 tarqatyapti!

MIUI 12 global proshivkasi tarqalishining ilk bosqichi iyun oyidayoq boshlanib, unda beshta rusumdagi smartfon yangilanadi. Shulardan ikkitasiga esa allaqachon apdeyt kela boshladi!

Beshta rusumdagi Xiaomi hamda Redmi smartfonlari egalarini global MIUI 12 testlariga rasman taklif etishyapti!

«Xitoycha Apple» endi Xiaomi hamda Redmi brendi smartfonlarining xalqaro foydalanuvchilarini ham MIUI 12 grafik qobig‘ini sinab ko‘rishga rasman taklif etmoqda.

Yurtimizda xaridorgir ikkita Xiaomi smartfoniga Android 10 bazasidagi barqaror MIUI 11 kela boshladi

MIUI V11.0.1.0.QFJEUXM versiya raqamli apdeyt hajmi taxminan 2,2 gigabaytga teng bo‘lib, Android operatsion tizimining dekabrdagi xavfsizlik patchlarini ham o‘z ichiga olgan.

Redmi K20: yaxshi yangilik!

Aytilishicha, maydan buyon Redmi K20 va K20 Pro smartfonlari butun dunyo bo‘ylab 4.5 million donadan ortiq sotilgan.

Siz qiziqqan smartfonga MIUI 11 keldi

MIUI 11'da foydalanuvchi interfeysining qator jihatlari yangilangan, lekin bu proshivka baribir Android 9 asosida ishlaydi.

Xiaomi smartfonlaridan oltitasiga barqaror MIUI 11 proshivkasi tarqatilmoqda, orasida arzon modellar ham bor!

Kompaniya MIUI 11 grafik qobiq talqiniga asoslangan proshivkalarni turli smartfonlariga tezkorlik bilan tarqatmoqda. Ular orasida O‘zbekistonda ommabop bo‘lgan hamyonbop modellar ham borligi quvonarlidir.

Uchta modeldagi Redmi smartfoni rasman arzonlashdi!

Xiaomi yangi smartfonlar taqdimoti arafasida eskilarining narxini pasaytirishiga ko‘nikib ham qoldik. 9 oktyabrda u o‘zining Redmi 8 rusumli arzon telefonini namoyish qilyapti, shuning uchunmi...

Redmi K20 Pro Exclusive Edition'ning ba’zi jihatlari rasman tasdiqlandi

Redmi Weibo'dagi rasmiy sahifasida devays yangi Snapdragon 855+ chipida ishlab, 12GB RAM va 512GB ROM'ga ega bo‘lishini ma’lum qildi.

Xiaomi’ning naq oltita smartfoni rasman arzonlashtirildi!

Xiaomi Mi 9 hamda Redmi K20 Pro modellariga eng ko‘p chegirma e’lon qilingan – ular naq 42 dollarga arzonlashtirilgan!

Redmi K20 qanchalik chidamliligini ko‘rsatdi (+video)

JerryRigEverything nomi bilan tanilgan YouTube'chi Zek Nelson smartfonni o‘zining mashhur chidamlilik sinovidan o‘tkazdi.

16-avgust kuni Redmi K20 bilan bog‘liq qandaydir voqea yuz beradi...

16-avgust sanasida texnoolamda yangi bir voqea sodir bo‘lishi mumkin.

Uchta modeldagi Xiaomi smartfonlariga zo‘r funksiya qo‘shilyapti!

«Xitoycha Apple» o‘z smartfonlarida ovoz orqali qulfdan chiqarish funksiyasini joriy etayotganligi haqida bahordayoq mish-mishlar tarqalgandi.

Xiaomi Mi 9T namoyish etildi – barcha xususiyat va narxlari bilan tanishing!

MIUI 10 qobig‘idagi Android 9 Pie tizimli Mi 9T ekranosti barmoq izi skaneriga, NFC chipiga ega. Snapdragon 730 chipi, 6+64/128 GBlik xotira, 48 MPlik uchtalik bosh va korpusdan chiquvchi old kameralari bor.

RASMAN: Xiaomi Mi 9T va Mi 9T Pro keyingi haftadayoq chiqyapti, lekin ular Redmi K20 va K20 Pro kabi arzon emas!

Garchi bular – Redmi K20 va Redmi K20 Pro smartfonlarining global versiyasi bo‘lsa-da, dizaynida ozroq farqlanishi mumkin. Shuningdek, ularning xotira variantlarida va narxlarida ham farqlar bor ekan.

«Katta iblis»ning global talqini – Xiaomi Mi 9T ilk «jonli» suratlarda!

Qadog‘ida ham ushbu smartfonning barcha xususiyatlari aniq-tiniq aks etgan; uning rangi «ko‘mirsimon qora» – Carbon Black deb ko‘rsatilgan, Redmi K20 esa ko‘k va qizil ranglarda taqdim qilingan edi.

Xiaomi yana bitta smartfon taqdim etyapti: orqasidan – Mi 9, oldidan – Redmi K20!

Kompaniya chiqargan tizerga ko‘ra, tez kunlarda Mi turkumida ham yangi modellar paydo bo‘ladi! Bular – Redmi K20’larning global versiyalari, ammo dizayni boshqacha, nomlanishi borasida ham uch xil taxmin bor.

Nihoyat, Redmi K20 va K20 Pro taqdim etildi: narx va jihatlari

Shuningdek, yettinchi avlod Redmi smartfonlarining eng arzoni bo‘lgan Redmi 7A narxi ham ushbu marosimda ma’lum qilindi.

Ertaga taqdim etilayotgan Redmi K20 rasmiy promo-rolik va yangi jonli rasmlarda!

Xiaomi va Redmi kompaniyalari ertaga taqdim qilinishi rejalashtirilgan Redmi K20 smartfoni atrofida chinakamiga yirik marketing kampaniyasini avjiga chiqarishdi.

Xiaomi'ning Redmi Note 7 smartfonlari 129 kun ichida 10 millionlik dovonni zabt etdi!

Bugun “Xitoycha Apple” va uning bosh direktori Ley Szun (Lei Jun) Redmi Note 7 turkumidagi smartfonlar dunyo bo‘ylab 10 milliondan ortiq sotilganini ma’lum qildi. Ushbu natijaga erishish uchun kompaniyaga atigi 129 kun yetarli bo‘ldi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш